|
Rossiyalik olimlardan V.I. Podolskiy va boshqalarning fikricha audit metodi va uning elementlari quyidagi ko’rinishga ega
|
bet | 6/303 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 3,45 Mb. | | #118994 |
Bog'liq Аудит УМК 2023-2024 (3)Rossiyalik olimlardan V.I. Podolskiy va boshqalarning fikricha audit metodi va uning elementlari quyidagi ko’rinishga ega:
Audit metodi – bu audit o’tkazish metodikasini shakllantiradigan elementlar majmuidir. Mazkur elementlarga quyidagilar kiradi:
Audit metodi – bu audit o’tkazish metodikasini shakllantiradigan elementlar majmuidir. Mazkur elementlarga quyidagilar kiradi:
auditorlik tanlash;
auditorlik dalillari;
auditorning ishchi hujjatlari;
nazorat testlari;
auditorlik taomillari.
1.4.“Audit” fanida xususiy usullarning qo’llanilishi.
Audit fanini o’rganishda auditorlik faoliyatida qo’llaniladigan bir qancha xususiy usullardan foydalanamiz. Jumladan, xususiy usullar sifatida auditor tekshirish jarayonida me’yorlashtirish, baholash, guruhlash usullaridan foydalaniladi. Audit usullari har bir hodisaning kelib chiqish sabablari, ularning oqibatlari, ho’jalik jarayonlarining qonun-qoidalarga (mezonlarga) muvofiqligini aniqlashga yordam berishi kerak. Auditorlik faoliyatining rivojlanishi tufayli uning uslubi, unda qo’llaniladigan usullar ham takomillashib boraveradi. Keyingi paytlarda maxsus adabiyotlarda auditning quyidagi usullariga katta e’tibor berilmoqda: xodimlar (yoki uchinchi shaxslar) bilan og’zaki so’rovlar o’tkazish, tekshirilayotgan korxona bo’yicha muqobil (alternativ) balans tuzish, audit ob’ektlari bo’yicha testlar anketalar o’tkazish, kompyuter axborotlari texnolgiyalaridan keng foydalanish kabi usullar. Shuni ham qayd qilish kerakki, auditorlar (auditorlik tashkilotlari) audit jarayonida qabul qilingan umumiy (an’anaviy) usullardan foydalanish bilan bir qatorda ular o’zlariga ma’qul bo’lgan yoki boshqalar uchun “tijorat siri” hisoblangan noan’anaviy (lokal) usullardan ham foydalanishlari mumkin. Audit o’tkazishda milliy va xalqaro audit standartlariga asoslanadi. Shunday qilib, auditda qo’llaniladigan usullar uning turi, maqsadi va vazifalariga bevosita bog’liq bo’ladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Rossiyalik olimlardan V.I. Podolskiy va boshqalarning fikricha audit metodi va uning elementlari quyidagi ko’rinishga ega
|