|
Turli mamlakatlarda auditning tashkiliy tavsiflari
|
bet | 9/303 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 3,45 Mb. | | #118994 |
Bog'liq Аудит УМК 2023-2024 (3)Turli mamlakatlarda auditning tashkiliy tavsiflari
Mam-la-
kat-lar
|
Ko’rsatkichlar
|
Auditning asosiy maqsadi
|
Auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi organlar
|
Auditor kadrlar tayyorlash tizimi
|
Angliya
|
Buxgalteriya hisobining haqqoniyligini nazoratqilish, hisobot tizimi va korxona moliyaviy hisoboti to’g’risida fikr bildirish
|
Diplomlangan buxgalter va auditorlar qo’mitasi
|
Diplomlangan buxgalter va auditorlar qo’mitasi
|
Frantsiya
|
Iqtisodning nodavlat sektorida moliyaviy hisobotlar haqqoniyligining tashqi moliyaviy nazorati
|
1.Buxgalter – ekspeditor organi
2.Taftishchilar milliy palatasi
|
1. Buxgalter- ekspeditor organi
2. Taftishchilar milliy palatasi
|
AQSh
|
Xolis auditorlar tomonidan moliyaviy hisobotni tekshirish va ekspert – konsultativ faoliyat
|
1.Auditorlar uyushmasi federatsiyasi
2.Ichki taftishchilar instituti
3.Buxgalterlar instituti
|
1.Diplomlangan auditorlar instituti
2.Ichki auditorlar instituti
|
Shvetsiya
|
Kompaniyalar, korxonalar, banklar, tashkilotlar moliyaviy hisobotini va xo’jalik muomalalarini buxgalteriya schyotlarida aks ettirilishini tekshirish
|
1.Auditorlik faoliyati komissiyasi
2.Auditorlarning Shvetsiya jamiyati (SRS)
|
1. Auditorlik faoliyati bo’yicha komissiya
2. Auditorlar malakasini oshirish instituti (UPEB)
3. Auditorlarning Shved jamoasi
|
Rossiya
|
Buxgalteriya hisobotlarini RF qonunchiligiga mosligini mustaqil buxgalteriya ekspertizasi orqali aniqlash
|
RF prezidenti qoshidagi auditorlik faoliyati bo’yicha kommisiya (SALAK) va RF MB, Rossiya auditorlar palatasi
|
SALAK MF va RF MB o’quv – metodik markazi
|
O’zbekiston
|
Moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborot to’g’riligi hamda qonun hujjatlariga mosligini aniqlash maqsadida xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotini va u bilan bog’liq moliyaviy axborotni tekshirish
|
1. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi.
2. Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi
3. O’zbekiston Respublikasi auditorlar palatasi
|
1. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
2.Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi
3.O’zbekiston Respublikasi auditorlar palatasi
|
Miqdoriy o’lchash mumkin bo’lgan ma’lumot turli shaklda bo’lishi mumkin. Masalan, moliyaviy hisobot xo’jalik mablag’lari va ularning ish jarayonidagi harakatlarni natura holda ifodalash, ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt birligi, alohida shaxsning soliq deklaratsiyasi, kontraktlarning summalari va hokazo.
Bu ma’lumotlarni baholash mezonlari ham turlicha bo’ladi.
Masalan, qayta ro’yxat qilish usuli bilan moddiy boyliklarning saqlanishini aniqlash yoki g’azna hisobotlar auditi yordamida pul mablag’larining o’z vaqtida kirim qilinishi, samarali va maqsadga muvofiq ishlatilishini tekshirish mumkin. Foydalaniladigan mezonlar auditning maqsadidan kelib chiqadi.
Xo’jalik tizimi – xo’jalik tizimiga ko’p hollarda yuridik shaxslar, ya’ni korporatsiya, davlat muassasasi, jamiyat – birlashma, xususiy korxonalar kiradi. ayrim hollarda xo’jalik tizimini bo’linma, sektor, sex va ayrim olingan shaxslar ham ifodalashi mumkin.
Auditorlar javobgarligi chegaralarini belgilashda xo’jalik tizimini aniqlash bilan birga audit davrini ham aniqlab olish zarur bo’ladi. Ko’p hollarada bu davr 1 yilga teng bo’lishi yoki undan ham oshishi mumkin. Tekshirish davrini belgilashda oxirgi o’tkazilgan xolis audit xulosasi berilgan hisobot davridan tekshirilishi kerak bo’lgan hisobot davrigacha oraliq olinadi.
Dalillarni yig’ish va baholash – dalillar bu son ko’rsatkichlari bilan ifodalangan ma’lumotni belgilangan mezonlarga mosligini aniqlash uchun auditor foydalanadigan manbalardir. Dalillar turli shaklda bo’lishi mumkin, jumladan mijozlarning og’zaki javoblari, kontraktlar, auditorning shaxsiy kuzatishlari. Muhimi audit oldidagi maqsadga erishish uchun dalillar sifatli va yetarli darajada to’planishi shart bo’lib, bu auditning asosiy qismlardan hisoblanadi..
Yetarli bilimga ega vakolatli shaxs – auditor belgilangan mezonlarni to’g’ri tushunishi uchun yetarli bilimga ega, dalillarning shakli va miqdorini bilish uchun vakolatli ma’sul shaxs bo’lishi kerak. Shu bilan birga auditor mustaqil bo’lmog’i darkor.
Mutloq mustaqillikka erishish qiyin, albatta, lekin unga harakat qilinadi. Hatto auditorning xizmatlari tekshirilayotgan kompaniya tomonidan to’lanayotganiga qaramay, u to’la mustaqilligini saqlab qoladi va tekshirish natijalariga ishonch hosil qilishi mumkin. lekin auditor shu kompaniyaning boshqaruv tizimiga kirsa yoki shu kompaniyaning xizmatchisi bo’lsa – bu ichki audit bo’lib, mustaqillik chegaralangan bo’ladi.
Fikrlar berish – tekshirish natijalari auditorlik xulosalarida o’z aksini topadi. Xulosalar turlicha bo’lishi mumkin, lekin doimo ular foydalanuvchiga miqdoriy ma’lumot belgilangan mezonlarga qay darajada mos kelishini yoritib berishi kerak. Xulosalar shakli jihatidan ham farq qiladi, ya’ni moliyaviy hisobot bilan bog’liq bo’lgan texnik xulosalardan tortib, ma’lum shaxslar uchun tayyorlangan oddiy og’zaki xulosalargacha. Auditorlik xulosalarini tayyorlash bu tekshirish jarayonining so’nggi bosqichidir.
Yuqorida keltirilgan tushunchalar audit nima degan savolga to’la javob beradi. buni aniqroq ochib berish uchun quyidagi 1.2-jadvalda umumlashtirib ko’rsatish mumkin.
1.2-jadval
|
| |