• 1.9.Auditorlik faoliyatining rivojlanish bosqichlari. Tasdiqlovchi audit. Maqsadli sistemali audit. Tavakkalchilikka asoslangan
  • Buxgalteriya hisobi va audit




    Download 3,45 Mb.
    bet12/303
    Sana14.12.2023
    Hajmi3,45 Mb.
    #118994
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   303
    Bog'liq
    Аудит УМК 2023-2024 (3)

    1.8.Audit maqsadi va vazifalari.
    “Audit” fanining asosiy maqsadi – talabalarda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyatini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish, moliyaviy hisobot bo’yicha auditorlik xulosasi hamda hisobotini rasmiylashtirish, auditning professional xizmatlarini ko’rsatishni tashkil qilish bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat.
    Fanning vazifasi – talabalarga O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini tashkil qilishning huquqiy asoslari va tashkiliy asoslari; auditorlik kasbiga malakaviy va axloqiy talablari; auditda muhimlik tushunchasi va auditorlik riski; auditorlik tekshirishni rejalashtirish; auditorlik tekshirish vaqtida buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini o’rganish hamda baholash; auditorlik dalillar; ekspert ishlaridan va boshqa auditorlik tashkiloti ma’lumotlaridan foydalanish; auditorlik tanlash; auditorlik hisoboti va xulosasi; ichki audit asoslari; uzoq muddatli aktivlar auditi; joriy aktivlar auditi; majburiyatlar auditi; xususiy kapital auditi haqida nazariy-amaliy bilimlarni o’rgatishdan iborat.


    1.9.Auditorlik faoliyatining rivojlanish bosqichlari. Tasdiqlovchi audit. Maqsadli sistemali audit. Tavakkalchilikka asoslangan audit.
    Auditor atamasi birinchi marta dunyoda uchrashi 14-asrlarga borib taqaladi. Bunda hisob-kitob hujjatlari sudda dalil, isbot vazifasini o’tab boshlagan.
    Luka Pacholi degan olim o’zining buxgalteriya hisobiga bag’ishlangan va buxgalteriya hisobi nazariyasiga asos solgan olim, o’zining birinchi “Schyotlar va buxgalteriya yozuvlari” to’g’risidagi asarida buxgalteriya hisobini yuritishda uni nazorat qilib borish zarurligi haqida yozadi.
    Birinchi marta auditning tarixi SHotlandiyaning edinburg shahrida boshlangan, desak bo’ladi. CHunki yuridik jihatdan ilk bor 1853 yilda rasmiy ravishda SHotlandiyaning edinburg shahrida edinburg auditorlar instituti ochildi.
    Auditorlarga talab kuchayishining sababi 1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy krizisi va boshqa turli faktorlar sabab bo’ldi. Katta-katta korporatsiyalar o’z ishini tashkil etishida ular boshqa-boshqa shaharlarda o’z faoliyatini kengaytirib borishar edi. Ular ishini joylarda nazorat qilib turish uchun esa mustaqil shaxs, ya’ni auditor kerak ei. CHunki aktsiyadorlar o’z ulushlarini aniq qiymatlarda olishi kerak edi.
    1940-1948 yillar (birinchi bosqich)
    Audit rivojlanishining birinchi bosqichi 1940 yillarga borib taqaladi. Bunda audit o’tkazish hisob-kitob hujjatlarini tekshirish va ularni moliyaviy hisobotlarda to’g’ri guruhlangan holda aks ettirish kerakligini talab etgan. Bunda uning nomi tasdiqlovchi audit, deb nom olgan.
    Ushbu jarayon rivojlanib borib, bozor infratuzilmasining o’zgarib borishi natijasida ichki auditga talab paydo bo’la boshladi. CHunki assotsiatsiya, korporatsiya, kompaniyalar, firmalarda ichki nazorat tizimi ham yaxshi yo’lga qo’yilishi kerak edi. Natijada 1941 yilda Amerika ichki auditorlar (revizorlar) instituti tashkil etildi. SHundan so’ng 1948 yilda Amerika buxgalterlar instituti auditning umumiy standartlarini qabul qildilar, ichki auditorlar instituti esa ichki auditorlar majburiyatlarini nashr qila boshladi.
    1949-1969 yillar (ikkinchi bosqich)
    Audit rivojlanishining ikkinchi bosqichi 1949 yildan boshlanadi. Bunda ichki nazorat tizimini yaxshi yo’lga qo’yib boryotgan ichki auditorlar roli katta ahamiyatga ega. CHunki bunda xo’jalik yurituvchi katta katta sub’ektlar hisob-kitob ishlari ishonchliligi darajasi oshib bordi. SHundan so’ng auditorlar konsultatsiya yoki maslahat xizmatlarini ham yo’lga qo’ya boshlashdi, shuningdek to’g’ridan-to’g’ri auditorlik faoliyati bilan ham shug’ullanib borishdi. Bu auditning nomi tizimli orientirlangan audit deb nom oldi.
    Audit rivojlanishining uchinchi bosqichi 1970 yildan boshlanadi. Bunda uning nomi risklarni kamaytirib borishga asoslangan (tavakkalchilikka asoslangan audit) audit deb nom oladi. Bunda shuni aytib o’tish kerakki, auditorlar risklarni kamaytirish uchun maxsus formulalardan foydalanishadi. Auditorlik tekshiruvi xo’jalik yurituvchi sub’ektning barcha tomonlarini 100 foiz tekshirib, tubiga yetib borishi juda qiyin. SHuning uchun auditorlar moliyaviy hisobotlardan ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun eng xato yuqori bo’lishi mumkin bo’lgan tomonlarini to’liq o’rganib chiqadi, to’g’rirog’i tanlab tekshirish yo’lidan foydalanadi.
    Ob’ektni o’rganish bo’yicha audit 3 ta turga bo’linadi: Moliyaviy, muvofiqlik va operatsion audit.
    Moliyaviy audit bu mustaqil auditor tomonidan korxonaning moliyaviy hujjatlarini tekshirishga asoslanadi.
    Muvofiqlik yoki moslikni tekshirish bo’yicha audit. Bunda xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyati qonuniyligi, ish haqi hisob-kitoblari to’g’riligi, boshqa tomonlar bilan shartnomalarda majburiyatlar bajarilishi, soliq to’lovlari hisoblanishi to’g’ri yoki noto’g’riligi tekshirib chiqiladi.
    Operatsion audit. Buni biz korxona ishlash samaradorligini tekshirish yoki boshqaruv personali faoliyatini tekshirish, deb ham atashimish mumkin. Bunda korxona biznes-planlarini, smetalarini maqsadli dasturlarni tekshirish nazarda tutiladi.



    Download 3,45 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   303




    Download 3,45 Mb.