Buxgalteriya hisobi va audit




Download 3,45 Mb.
bet8/303
Sana14.12.2023
Hajmi3,45 Mb.
#118994
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   303
Bog'liq
Аудит УМК 2023-2024 (3)

1.6.Audit va auditorlik faoliyatining mohiyati.
Audit - bunga vakolati bo’lgan shaxslar - auditor (auditorlik tashkilot) lar tomonidan, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy hisobotining ishonchliligi hamda moliya-xo’jalik operatsiyalari O’zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi va boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq, ekanligini aniqlash maqsadida mustaqil ekspertiza va tahlil qilish, buxgalteriya hisobi va boshqa moliyaviy hisobotlarga qo’yiladigan talablarga muvofiqligini, ularning to’liqligi va aniqliligining tekshirish demakdir. Shuningdek, audit tarkibiga konsalting, ya’ni mijozlarga shartnomaga asosan xizmatlar ko’rsatish ham kiradi.
Har qanday tushuncha, ayniqsa ilmiy atama o’zining mohiyatini ifodalovchi ta’rifga ega bo’lishi kerak.
Auditorlik faoliyatining ta’rifi o’zining tarixiy taraqqiyot yo’lida turli manbalarda turlicha bayon qilingan. Masalan, prof. M.M. Tulaxodjaevaning ta’rifiga ko’ra, «audit-bu mustaqil malakali mutaxassislar tomonidan korxonaning moliyaviy hisobotini yoki u bilan bog’liq moliyaviy axborotni ushbu hisobot yoki axborotning qonun va boshqa normativ hujjatlarga muvofiqlik darajasi to’g’risida xulosa chiqarish maqsadida tadqiq etilishidir»3.
Prof. H.N. Musaevning yozishicha, «Iqtisodiy adabiyotlarda «audit» so’zining mazmuni turlicha talqin qilingan. Ayrimlar «audit» so’zining mazmuni lotin tilidan olingan bo’lib, «u eshitadi» ma’nosini bildiradi desalar, boshqalar esa ushbu so’z ingliz tilidan olingan bo’lib, «u yordam beradi» degen ma’noga ega deb ta’kidlaydilar. Audit – bu «tekshirish», «tergov qilish» degan fikrlar ham bor. AQSh ning nufuzli iqtisodiy universitetlarida o’qitiladigan «Audit» (auditing) – daxlsiz hodim tomonidan axborotlarning belgilangan mezonlarga mosligini aniqlash va xolisona xulosa berish maqsadida xo’jalik tizimi to’g’risidagi ma’lumotlarni to’plash va baholash jarayonidir. Bizning fikrimizcha, audit – bu muayyan vakolatlar berilgan shaxslar, ya’ni auditorlar tomonidan xo’jalik yuritayotgan sub’ektlar faoliyatlarining respublikada qabul qilingan qonun-qoidalarga muvofiqligini tekshirish yo’li bilan baholash va xolisona xulosalar berishdir»4.
Auditorlik faoliyati va auditorlik kasbining ta’rifi O’zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to’g’risida» gi qonunda quyidagicha ifodalangan, ««Auditorlik faoliyati deganda auditorlik tashkilotlarininig auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish va ushbu Qonunning 17-moddasida nazarda tutilgan professional xizmatlar ko’rsatish borasidagi tadbirkorlik faoliyati tushuniladi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga auditorlik faoliyatini amalga oshirish taqiqlanadi» (2-modda).
«Auditor - auditor malaka sertifikatiga ega bo’lgan jismoniy shaxsdir.
Agar, auditor auditorlik tashkilotining shtatida turgan bo’lsa yoki auditorlik tashkiloti u bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzgan bo’lsa, u auditorlik tekshiruvi o’tkazishga jalb etilishi mumkin.
Auditor auditorlik tekshiruvini sifatsiz o’tkazganligi, tijorat sirini oshkor etganligi hamda boshqa xatti-harakatlari oqibatida auditorlik tashkilotiga zarar yetkazganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq auditorlik tashkiloti oldida javobgar bo’ladi» (3-modda)»5. Shuningdek, qonunning 4-moddasiga muvofiq, «Auditorning yordamchisi auditor malaka sertifikatiga ega bo’lmagan va auditorlik hisobotida, auditorlik xulosasida auditorning ekspert xulosasida hamda auditorlik tekshiruvini o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan boshqa rasmiy hujjatda imzo chekish huquqiga ega bo’lmagan tarzda auditorning topshirig’iga binoan auditorlik tekshiruvida ishtirok etayotgan jismoniy shaxsdir.
Auditor yordamchisining mehnat shartlari qonun hujjatlarida qayd etilgan tartibda tuzilgan mehnat shartnomasi bilan belgilanadi.
Auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda olingan ma’lumotlarni oshkor etmaslik majburiyati auditorning yordamchisiga nisbatan tatbiq etiladi.
Auditorning yordamchisi sifatida ishlangan vaqt auditor malaka sertifikatini olish uchun zarur bo’ladigan ish stajiga qo’shiladi».
O’zbekistonda auditorlik faoliyati mustaqil yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan auditorlik tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Qonunning 5-moddasiga muvofiq, «Auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo’lgan yuridik shaxsdir.
Auditorlik tashkilotlari o’z faoliyatini amalga oshirishda mustaqildir.
Auditorlik tashkilotlari vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralari hamda boshqa davlat va xo’jalik boshqaruv organlari tomonidan tuzilishi mumkin emas.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishi taqiqlanadigan boshqa shaxslar auditorlik tashkilotlarining muassislari bo’la olmaydilar. (O’zR 13.12.2002 y. 447-II-son Qonuni taxriridagi qism)
O’zR 13.12.2002 y. 447-II-son Qonuniga muvofiq to’rtinchi - oltinchi qismlari tegishincha beshinchi - yettinchi qismlar deb hisoblansin
Auditorlik tashkilotlari ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyati ko’rinishidan tashqari, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan istalgan tashkiliy-huquqiy shaklda tuzilishi va o’z faoliyatini quyidagi majburiy shartlarga rioya etgan holda amalga oshirishi mumkin:
auditorlik tashkiloti ustav kapitalining kamida 51 foizi bir yoki bir necha auditorga tegishli bo’lishi kerak (chet el auditorlik tashkilotining filiali yoki sho’’ba korxonasi tuzilgan xolat bundan mustasno);
auditorlik tashkilotining shtat birligi kamida ikki auditordan iborat bo’lishi kerak;
auditorlik tashkilotining raxbari faqat auditor bo’lishi kerak;
auditor tashkilotining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ustav kapitali mavjud bo’lishi kerak.
Auditorlik tashkilotlari O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro’yxatidan o’tkazilishi kerak. Adliya vazirligi auditorlik tashkilotlarining davlat reestrini yuritadi. Ayditorlik tashkilotlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va audtorlik tashkilotlarining davlat reestrini yuritish tartibi qonun hujjatalari bilan belgilanadi.
Auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatini o’zining fuqarolik javobgarligi xususidagi sug’urta polisi mavjud bo’lgan taqdirda auditorlik xizmati ko’rsatish to’g’risidagi tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi»
Auditning maqsadi - amaldagi qonunchilik, auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga soluvchi tizim, auditor va mijoz o’rtasidagi o’zaro shartnoma majburiyatlari bilan belgilanadigan aniq masalani yechishdan iboratdir. Auditorlik faoliyatining maqsadi - xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning buxgalteriya (moliyaviy) hisobotini ishonchliligini hamda amalga oshirilgan moliyaviy va xo’jalik operatsiyalarning me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlashdan iborat.
«Auditorlik nazoratini o’tkazishdan asosiy maqsad – xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini to’g’ri va xolis baholashdir, shu bilan birga xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida yo’l qo’yilgan kamchiliklarni bartaraf qilishda ularga yo’l-yo’riqlarni ko’rsatishdir»6.
Auditning asosiy vazifasi - quyidagi maqsadlarga erishish uchun moliyaviy hisobotlarni tekshirishdir:

  • hisobotlarning ishonchliligini tasdiqlash yoki ishonchsizliligini qayd etish;

  • tekshirilayotgan davrda korxona faoliyati natijasida hisob va hisobotda xarajatlar, daromadlar va moliyaviy natijalar to’liq, ishonchli va aniq aks etilganligini tekshirish;

  • hisobni yuritish va hisobotni tuzish, aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapitalni baholash uslubiga oid qoidalarini tartibga soluvchi amaldagi qonunchilikka va me’yoriy hujjatlarga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;

  • xususiy va aylanma mablag’lar, moliyaviy zahiralar va zayom manbalaridan oqilona foydalanish imkoniyatlarini aniqlash.

Moliyaviy hisobot auditining asosiy maqsadi - bu ma’lum bir vaqtda korxona faoliyati natijasi bo’yicha hisobotda aktivlar, majburiyatlar, xususiy mablag’lar va moliyaviy natijalar to’liq, ishonchli va aniq aks etilganligiga haqqoniy baho berish, korxonada qabul qilingan hisob siyosati amaldagi qonunchilikka va me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini tekshirish.
Auditorlik tekshiruvi davomida balans, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot to’g’ri tuzilganligi, tushuntirish xati ma’lumotlarining ishonchliligi tekshiriladi. Bunda quyidagilar aniqlanadi:

  • hisobotda barcha aktivlar va passivlar aks etilganligi;

  • hisobot tuzishda barcha hujjatlardan foylanilganligi;

  • amaldagi mol-mulkni baholash uslubi korxona hisob siyosatida qabul qilingandan qay darajada farq qilishligi;

  • foyda solig’i va boshqa soliqlar bo’yicha soliqqa tortiladigan baza to’g’ri hisoblanganligi.

Auditor quyidagilarni tekshirishi lozim:

  • korxona mulkdorlari tomonidan Nizom kapitali hajmining o’zgartirganligi to’g’risidagi qarorlari to’liq bajarilganligi;

  • balansning aktiv va passiv hisobvaraqlari bo’yicha sintetik va tahliliy hisob ma’lumotlarining bir biriga mos kelishligi;

  • hisobotda debitorlik va kreditorlik qarzlar to’liq aks etilganligi.

Auditorlik xulosasini tayyorlash jarayonida quyidagilar tekshirilishi lozim:

  • korxonada amalga oshirilgan alohida xo’jalik operatsiyalari qabul qilingan hisob siyosatiga muvofiq aks etilishi va mol-mulkni baholash tartibiga rioya qilinishi;

  • daromadlar va xarajatlar hisobot davrlari bo’yicha to’g’ri aks etilishi;

  • hisobda ishlab chiqarish bo’yicha joriy xarajatlar (aylanish chiqimlari) va kapital qo’yilmalar ajratilgan holda aks etilishi;

  • har oyning 1-sanasiga tahliliy hisob ma’lumotlari aylanma va tahliliy hisob hisobvaraqlari qoldiqlari bir biriga mos kelishligining ta’minlanishi.

Asosiy maqsadga erishish va xulosa taqdim etish uchun auditor quyidagi masalalar bo’yicha o’z fikrini shakllantirishi lozim:
hisobotning umumiy qabul qilinishga mumkinligi, hisobot o’ziga nisbatan talab qilinadigan barcha shartlarga umuman muvofiqligi va bir biriga zid bo’lgan ma’lumotlar mavjud emasligi;
asoslanganligi (ko’rsatilgan summalar asoslangan ravishda hisobotga kiritilganligi);
yakunlanganligi (barcha kerakli bo’lgan summalar hisobotga kiritilganligi, xususan aktivlar va passivlarning barchasi ushbu kompaniyaga tegishli bulganligi);
baholash (barcha tabaqalar to’g’ri baholanganligi va xatosiz hisoblanganligi);
tabaqalashtirish (hisobvaraqda yozilgan summa asoslangan holda unda qayd etilganligi);
ajratish (balans tuzilgan sanadan oldinroq yoki bevosita ushbu sanadan keyin amalga oshirilgan operatsiyalar amalga oshirilgan davrda to’g’ri aks etilganligi);
batartiblik (alohida operatsiyalar bo’yicha summalar tahliliy hisob daftar va kitoblarida qayd etilganlarga muvofiqligi, ular to’g’ri raqamlanganligi, yakuniy summalar Bosh kitobda qayd etilgan summalarga muvofiqligi);
oshkoralik (barcha tabaqalashtirilgan ma’lumotlar moliyaviy hisobotga kiritilganligi hamda hisobot va uning ilovalarida to’g’ri aks etilganligi).
Umuman turli mamlakatlarda, shu jumladan O’zbekistonda ham audit amaliyoti va tashkil qilinishi o’z xususiyatlariga ega. Quyidagi 1.1-jadvalda turli mamlakatlarda auditning tashkiliy tavsiflarini ko’rib chiqamiz.
Auditorlik faoliyatini tashkil qilish har bir mamlakatning xususiyati, davlat tuzilishi, iqtisodiy darajasi va boshqa omillarga bog’liq holda amalga oshadi.
Auditorlik faoliyatini tashkil qilish har bir mamlakatning xususiyati, davlat tuzilishi, iqtisodiy darajasi va boshqa omillarga bog’liq holda amalga oshadi.
Bu ta’rifda chuqurroq ahamiyat berilishi lozim bo’lgan tushunchalar bo’lib, ularga alohida to’xtalamiz.
Miqdoriy baholashga moyil ma’lumot – audit uchun ma’lum standartlarga mos va son ko’rsatkichlari bilan ifodalangan, sifat jihatdan tavsifnoma berish uchun zarur ma’lumotlar kerak bo’ladi.
1.1-jadval

Download 3,45 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   303




Download 3,45 Mb.