• 1.3. “Audit” fanining metodi va uning elementlari.
  • Miqdor ko’rsatkichlar - ishlab chiqarilan mahsulotlar, sotilgan tovarlar, bajarilgan xizmatlar hajmidan iborat




    Download 3,45 Mb.
    bet5/303
    Sana14.12.2023
    Hajmi3,45 Mb.
    #118994
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   303
    Bog'liq
    Аудит УМК 2023-2024 (3)

    Miqdor ko’rsatkichlar - ishlab chiqarilan mahsulotlar, sotilgan tovarlar, bajarilgan xizmatlar hajmidan iborat.
    Sifat ko’rsatkichlar - faoliyat yuritish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar, foyda, mehnat unumdorligini ifodalaydi.
    Korxonalarning alohida jarayonlari va ko’rsatkichlari auditning ob’ektlari hisoblanadi.
    Auditning predmetiga xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga dolzarb masalalarda konstalting xizmatlarini ko’rsatish ham kiradi. Auditorlar va auditorlik tashkilotlari korxonalarga o’zaro tuzilgan shartnomalarga asosan «Biznes reja» tuzish, hisob siyosatini belgilash, soliqlarni to’g’ri hisoblash, mahsulot tannarxini aniqlash, moliyaviy hisobot tuzish kabi masalalarda yaqindan yordam beradilar.


    1.3. “Audit” fanining metodi va uning elementlari.
    Auditning o’ziga xos metodlari va uslubiyati mavjud. Bu usullar auditning xususiyatlaridan kelib chiqadi. Korxonada audit o’tkazish mutaxassis auditordan ma’lum bilimni va ish tajribasini talab qiladi. Bozor sharoitida turli mulkka asoslangan korxona va firmalarning faoliyatlari bir-biridan farq qiladi. Ularning so’nggi moliyaviy natijalari ham turli operatsiyalar va omillar tufayli shakllanadi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining qabul qilingan qonun-qoidalarga monandligini ekspertiza qilish, baholash, asosli xulosalarga kelish va tavsiyalar berish auditordan ko’p bilim va saviyani talab qiladi. Audit natijasida ishonchli xulosaga kelish ushbu jarayonda qo’llaniladigan usullarga bevosita bog’liqdir. Ushbu usullarning turi ham ko’p.
    Audit uslubining asosida mantiqiy mulohaza, ilm-fan yutuqlari, xo’jalik jarayonining o’zgaruvchanligi yotadi. Korxonalar faoliyatidagi operatsiyalar tufayli mablag’lar bir shakldan boshqa shaklga o’zgarib turadi. Ushbu jarayon natijasida korxona samara (naf) olishi kerak. Bu samara, o’z navbatida qabul qilingan qonun-qoidalarga to’liq amal qilingan holda erishilgan bo’ladi. Noqonuniy operatsiyalar mijozlarga faqat zarar keltiradi, xolos.
    Audit jarayonida iqtisodiyotimizga xos bo’lgan xalqaro amaliyotda keng foydalaniladigan usullar qo’llaniladi. Auditor audit usullarini mustaqil ravishda belgilaydi va qo’llaydi. Ushbu usullar tarkibi auditning predmeti, maqsadi va vazifalariga bevosita bog’liqdir. Audit nazariyasi va amaliyotida ushbu usullarning quyidagi turlari keltirilgan:
    - solishtirish usuli (iqtisodiy hodisalar, ko’rsatkichlarni o’zaro va biznes-reja bilan solishtirish);
    - gipoteza usuli (hodisalarning sodir bo’lishi, natijalari turli shart-sharoitlarni e’tiborga olgan holda o’rganiladi. Bunday usul ko’pincha “yashirin iqtisodiyot” natijalarini aniqlashda keng foydalaniladi);
    - tahlil va sintez usuli (audit ob’ekti bo’lgan ma’lum ko’rsatkich omillar asosida o’rganiladi, mavjud ichki imkoniyatlar aniqlanadi);
    - taftish usuli (korxonaning faoliyatiga to’liq baho berish uchun barcha operatsiyalar tasdiqlovchi nazoratidan o’tkaziladi);
    - inventarizatsiya usuli (korxonadagi huquqiy aktivlar va majburiyatlarning buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga monandligi tekshiriladi);
    - kalkulyatsiya usuli (bajarilgan ishlar, ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi, umumiy ovqatlanish korxonalarda esa taomlarning sotilish bahosi aniqlanadi);
    - ekspertiza usuli (hujjatlarning realligini, haqqoniyligi, mahsulotlarning sifat ko’rsatkichlari laboratoriya yo’li bilan aniqlanadi);
    - buxgalteriya schyotlari va ikkiyoqlama yozuv usuli ( korxona aktivlari va majburiyatlarining harakati hamda qoldiqlari buxgalteriya hisobi schyotlari orqali tekshiriladi);
    - balans usuli (korxonadagi hodisalar, jarayonlarni rasmiylash-tirish, dastlabki ma’lumotlarni umumlashtirish orqali nazorat qilish).

    Download 3,45 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   303




    Download 3,45 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Miqdor ko’rsatkichlar - ishlab chiqarilan mahsulotlar, sotilgan tovarlar, bajarilgan xizmatlar hajmidan iborat

    Download 3,45 Mb.