• 4.Moliyaviy hisobotlar shakllari va ularning to’ldirishning qonuniy asoslari.
  • Moliyaviy hisobotning tarkibi va tuzilishi




    Download 114,52 Kb.
    bet3/8
    Sana03.06.2024
    Hajmi114,52 Kb.
    #259718
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Moliyaviy hisobot tuzish qoidalari va ularning mohiyati

    3.Moliyaviy hisobotning tarkibi va tuzilishi.
    Korxonalarning moliyaviy hisoboti belgilangan talablar va qoidalarga rioya qilgan holda tuzilsa undagi ma’lumotlar hisobot davri mobaynida uning moliyaviy- xo’jalik faoliyati to’g’risida yetarlicha axborot beradi. Bugungi kunda moliyaviy hisobot shakllari, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining «Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to’ldirish qoidalarini tasdiqlash to’g’risida»gi 2002-yil 27-dekabrdagi 140 son buyrug’iga mu-vofiq tuzilmoqda.
    Hisobotning asosiy shakllari korxona balansi va moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlan-gan, «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi» to’g’risidagi Nizom, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot bilan chambarchas bog’liqdir.
    Ushbu yangi hisobot shakllariga 1999-yil 21-oktabrida, Moliya vazirligining 266-son buyrug’iga asosan o’zgartirish kiritildi. Uning ma’nosi, yuqorida tasdiqlangan buyruqdagi 2-son hisobot nomlanishini, «Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot», degan nomlanishga o’zgartirishdan iborat edi.
    Bundan tashqari, Moliya vazirligi 1998-yil 26-iyunida 79-son «Moliya Vazirligining 1997-yil 15-yanvardagi 5-son buyrug’iga o’zgartirishlar kiritish to’g’risidagi buyruq» chiqarib, unda korxona va tashkilotlar yuqorida ko’rsatib o’tilgan shakllar bilan birga yana 2b-son «Moliyaviy-iqtisodiy ahvol to’g’risidagi ma’lumotnoma»ni ham taqdim etishi shartligi qayd etildi. Aynan shu buyruqning o’zi bilan ushbu shaklni to’ldirish to’g’risidagi yo’riqnoma ham tasdiqlangan. Endilikda esa moliyaviy hisobot shakllari, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining «Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to’ldirish qoidalarini tasdiqlash to’g’risida»gi 2002-yil 27-dekabrdagi 140-son buyrug’iga muvofiq tuzilmoqda. Bu buyrug’iga 12.11.2003-yil va 20.12.2004-yilda Moliya vazirligining mos ravishda 1209-1 va 1209-2 son buyrug’lari bilan o’zgartirishlar kiritilgan, hamda ular moliyaviy tahlil maqsadlari uchun asosiy manbalar hisoblanmoqda. Тasdiqlangan moliyaviy hisobot shakllari faqat shaklan o’zgaribgina qolmay, balki ma’nosi ham sezilarli darajada o’zgargan: moliyaviy tahlil maqsadlari uchun ular axborotlarga yanada boyigan.
    Barcha qilingan o’zgartirishlar hisobotlarni xalqaro andozalar darajasiga yetkazish maqsadida amalga oshirilgan. Jumladan, buxgalteriya balansining aktiv va passiv tomonlarini ikki bo’limli holatga keltirish. Korxona balansi, buxgalteriya hisobotining asosiy shakli hisoblanadi, qolgan shakllar esa undagi ma’lumotlarni batafsilroq ochib berish va to’ldirish uchun xizmat qiladi. Korxona balansi, korxonaning barcha mablag’larining holati va xo’jalik faoliyatining yakuniy natijasini ifodalaydi.
    Buxgalteriya hisobotining boshqa shakllarida aks etgan ko’rsatkichlar esa, korxona faoliyatining u yoki bu tomonini ifodalaydi. Hisobotning keyingi shakli moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotdir. 3-son buxgalteriya hisobi milliy standarti ham moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot bo’lib, unda shu hisobotga tegishli barcha masalalar yoritilgan. Moliyaviy hisobotning 2-son shaklida, xo’jalik faoliyati natijasida olingan daromad va xarajatlar aks ettiriladi.
    Umuman, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot, avvalgi va hozirgi balans hisobotlarini bog’lab turuvchi bo’g’in hisoblanadi, ya’ni u hozirgi balansdagi o’zgarishlar, avvalgisiga nisbatan, qanday daromad va xarajatlar hisobiga o’zgarganligini ifodalaydi. Bundan tashqari, ushbu shaklga «Byudjetga to’langan to’lovlar to’g’risidagi ma’lumotnoma» ham ilova qilinib, unda to’lanadigan barcha to’lovlar hamda soliq qonunchiligini buzganligi uchun qo’llanilgan iqtisodiy jazolar ko’rsatmalarga binoan belgilangan tartibda hisoblangan va haqiqatda byudjetga to’langan summasi aks ettiriladi.
    Debitorlik va kreditorlik qarzlar to’g’risidagi ma’lumotnomada, (2a-shakl) debitorlik va kreditorlik qarzlarning respublikamiz ichidagi hamda uning tashqarisidagi holati bo’yicha axborot berilgan. Ularda har bir korxona va tashkilot bo’yicha qarzlar alohida-alohida berilib, muddati o’tganlari ham ko’rsatiladi. Moliyaviy hisobotlarning 3-son shakli, «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot»dir.
    Unda korxonadagi mavjud asosiy vositalar va ularning harakati to’g’risidagi ma’lumotlar turlari bo’yicha amaldagi asosiy fondlar tasniflanishiga ko’ra keltiriladi. «Pul oqimi to’g’risidagi hisobot» (4-son shakl)da pul mablag’lari oqimi nuqtai nazaridan korxonaning moliyaviy zaxiralaridagi barcha o’zgarishlar aks ettiriladi. Jumladan, xo’jalik faoliyati bo’yicha pul mablag’larining oqimi; to’langan va olingan divident va foizlar; to’langan soliqlar; jalb qilingan va qo’yilgan sarmoyalar; aksiya va zaymlar hamda ijara majburiyatlari bo’yicha tushum va to’lovlar hamda boshqalar kiradi. Bu hisobot turi bo’yicha 9-son buxgalteriya hisobi milliy standarti ham qabul qilingan.
    Ushbu hisobotga «Valuta mablag’lari harakati to’g’risidagi ma’lumotnoma» ham ilova qilinadi va unda hisobot davri boshi va oxiriga bo’lgan valuta qoldiqlari hamda ularning kirim va chiqimi to’g’risidagi ma’lumotlar aks ettiriladi. Хususiy kapital to’g’risidagi hisobotda xususiy mablag’larning har bir turi harakati bo’yicha, ya’ni hisobot davri boshi va oxiriga bo’lgan qoldiqlari to’g’risida ma’lumotlar aks ettiriladi. Bu 5-son shakl hisobotda chiqarilgan aksiyalar to’g’risidagi ma’lumotlar ham aks ettiriladi.
    Yuqorida keltirilgan moliyaviy hisobot shakllariga qo’shimcha ravishda tarmoq xususiyatlaridan kelib chiqqan holda buxgalteriya vakolatli organlar boshqa hisobot shakllarini ishlab chiqishi va ularni taqdim qilishni belgilashi mumkin.
    4.Moliyaviy hisobotlar shakllari va ularning to’ldirishning qonuniy asoslari.
    O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq moliyaviy hisobot shakllari quyidagi ilovalarga muvofiq tasdiqlangan:
    1-sonli “Buxgalteriya balansi” — 1-sonli shakl;
    2-sonli “Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot” — 2-sonli shakl;
    4-sonli “Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot” — 4-sonli shakl;
    5-sonli “Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot” — 5-sonli shakl;
    Moliyaviy hisobot shakllarini to‘ldirish qoidalari 7-sonli ilovaga muvofiq tasdiqlangan.
    Mazkur buyruq bilan tasdiqlangan Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to‘ldirish bo‘yicha qoidalarni barcha xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar, auditorlik tashkilotlari va birjalar uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 10 kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun mulkchilik shaklidan qat’iy nazar — 2004-yil 1-yanvardan kuchga kiradi, sug‘urta tashkilotlari va banklar bundan mustasno.
    Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 10 kun o‘tgandan keyin birjalarga nisbatan quyidagilarning amal qilishi bekor qilingan:
    O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2002-yil 7-fevraldagi 31-son “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to‘ldirish bo‘yicha qoidalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1117, 2002-yil 19-mart — Normativ hujjatlar axborotnomasi 2002-y., 6-son);
    O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2002-yil 12-iyuldagi 86-son “O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2002-yil 7-fevraldagi 31-son “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to‘ldirish bo‘yicha qoidalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘ining 7-ilovasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1117-1, 2002-yil 22-iyul — Normativ hujjatlar axborotnomasi 2002-y., 14 -son).
    O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2002-yil 27-dekabrdagi 140 son buyrug‘iga 1-son ilova

    Download 114,52 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 114,52 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Moliyaviy hisobotning tarkibi va tuzilishi

    Download 114,52 Kb.