Buxgalteriya va iqtisodiyot
Moliyaviy hisobot tuzish qoidalari va ularning mohiyati
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2002-yil 27-dekabrdagi 140-son buyrug‘iga 5-son ILOVA XUSUSIY KAPITAL TO‘G‘RISIDAGI HISOBOT 5-sonli shakl
5.Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos. Ushbu konseptual asos O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni asosida ishlab chiqilgan va foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish asosini tashkil etuvchi tushunchalarni belgilab beradi. Mazkur konsepsiyaning maqsadi quyidagilarga yordam berishdan iborat: 1.1. Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot tizimini tartibga soluvchi davlat organi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga — buxgalteriya hisobi milliy standartlarini (keyingi o‘rinlarda BHMS) rivojlantirish va ularni qayta ko‘rib chiqishda; 1.2. Moliyaviy hisobotni tayyorlovchi shaxslarga — BHMS dan foydalanishda; 1.3. Auditorlarga — moliyaviy hisobotlarni BHMS mos kelishi bo‘yicha xulosalarni tayyorlashda; 1.4. Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga — moliyaviy hisobotdagi ma’lumotlarni tahlil qilishda. Konseptual asos BHMS hisoblanmaydi va uning ta’riflari biron-bir nizoli masalani baholash yoki tushuntirish uchun ishlatilmaydi. Mazkur konseptual asosdagi mavjud qoidalar buxgalteriya hisobining alohida bir standartini rad etmaydi. Ayrim hollarda, agar konseptual asos va BHMS o‘rtasida ziddiyatlar mavjud bo‘lsa, BHMSning talablari konseptual asos talablaridan ustun keladi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi BHMSni ishlab chiqishda mazkur konseptual asosni qo‘llaydi va ana shu ziddiyatlarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘radi. Konseptual asos buxgalteriya hisobi standartlarining amaliy faoliyatini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Quyidagilar mazkur konseptual asoslarning asosiy jihatlaridir: -moliyaviy hisobotning maqsadi; -buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot prinsiplari; -boliyaviy hisobotlarning elementlarini ta’riflash, tan olish va o‘lchash. Konseptual asos moliyaviy hisobotga, shu jumladan konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotga aloqadordir. Moliyaviy hisobot keng doiradagi foydalanuvchilarning axborotga bo‘lgan talabini qanoatlantirish uchun tuziladi va davriy ravishda taqdim etiladi. Ko‘pchilik foydalanuvchilar uchun moliyaviy axborotning asosiy manbasi moliyaviy hisobot hisoblanadi. Ayrim foydalanuvchilar, tegishli vakolatlar bo‘lganda, moliyaviy hisobotda mavjud bo‘lgan axborotga qo‘shimcha axborotni talab qilishlari mumkin. Moliyaviy hisobotlar moliyaviy hisobotning tarkibiy qismi hisoblanadi va BHMS bilan belgilanadi. Moliyaviy hisobot ana shu hisobotlarga asoslangan yoki ular bilan bog‘liq bo‘lgan izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarni ham o‘z ichiga oladi. Bunday axborot sanoat va jug‘rofiy hududlarning faoliyat turlari to‘g‘risidagi moliyaviy axborotni aks ettirishi va narxlar o‘zgarishining moliyaviy natijalarga ta’sirini tushuntirib berishi kerak. Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar qatoriga haqiqiy va bo‘lg‘usi investorlar, kreditorlar, mahsulot yetkazib beruvchilar, xaridorlar, xodimlar, shuningdek hukumat muassasalari, vazirliklar, idoralar, jamoatchilik va boshqa manfaatdor foydalanuvchilar kiradi. Moliyaviy hisobot axborotiga bo‘lgan talab quyidagilarda vujudga keladi: Investorlarda taqdim etilgan investitsiyalar bilan bog‘liq xatarlar munosabati bilan. Aksiyadorlar ham xo‘jalik subyektining dividendlarni to‘lash qobiliyatini baholashga imkon beradigan va aksiyalarni sotib olish, saqlash yoki sotish kerakligini aniqlashga yordam beradigan axborotdan manfaatdordirlar; Kreditlari va foizlari o‘z vaqtida to‘lanishini aniqlashga imkon beradigan axborotdan manfaatdor kreditorlarda; Summalari o‘z vaqtida to‘lanishini aniqlashga imkon beradigan axborotdan manfaatdor bo‘lgan mahsulot yetkazib beruvchilar va boshqa savdo kreditorlarida; Xo‘jalik yurituvchi subyektning uzluksiz faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan manfaatdor bo‘lgan xaridorlarda, ayniqsa ular uzoq muddatli bitimga ega bo‘lsalar yoki mazkur xo‘jalik yurituvchi subyektga bog‘liq bo‘lsalar; Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati barqarorligi va rentabelligi to‘g‘risidagi axborotdan manfaatdor bo‘lgan xodimlarda. Ular ham xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z ish haqlarini, pensiyalarini va keyinchalik ham yollash bo‘yicha ishlash imkoniyatlarini ta’minlash qobiliyatiga baho berish imkonini yaratadigan axborotdan manfaatdordirlar; Resurslarning taqsimlanishi va binobarin, subyektlarning faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan manfaatdor bo‘lgan davlat boshqaruvi organlarida. Ularga ham xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyatini tartibga solib turish, soliqqa tortish siyosatini belgilash uchun va milliy daromadni hamda boshqa statistik ma’lumotlarni aniqlash uchun asos sifatida axborot kerak; Jamoatchilikda ham, chunki xo‘jalik yurituvchi subyektlar mahalliy iqtisodiyotga ko‘pgina usullar bilan, shu jumladan aholini ish bilan ta’minlash va mahalliy mahsulot yetkazib beruvchilarni qo‘llab-quvvatlash bilan katta hissa qo‘shishi mumkin. Moliyaviy hisobot jamoatchilikni taraqqiyot yo‘nalishlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning farovonligini yaxshilashda erishilgan so‘nggi yutuqlar to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlab, ularga yordam beradi. Xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbari moliyaviy hisobotning tuzilishi va taqdim etilishi uchun javobgardir. Rahbar o‘z talablarini qanoatlantirish maqsadida qo‘shimcha axborotning shakli va mazmunini belgilash huquqiga egadir. Biroq bunday qo‘shimcha axborot shakllarini muhokama qilish mazkur konseptual asos doirasidan tashqariga chiqadi. Moliyaviy hisobotning maqsadi Moliyaviy hisobotning maqsadi buxgalteriya hisobi subyektining hisobot sanasidagi moliyaviy holati, hisobot davridagi uning faoliyatini moliyaviy natijasi va pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi axborotni taqdim etish hisoblanadi. Biroq moliyaviy hisobot iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun foydalanuvchilarga zarur bo‘lgan barcha axborotni o‘z ichiga olmaydi, chunki hisobot asosan avvalgi voqealarning natijalarini aks ettiradi. Moliyaviy hisobot shakllarini to’ldirish qoidalari. Mazkur Qoidalarga muvofiq moliyaviy hisobotni O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga ko‘ra yuridik shaxs hisoblangan tashkilotlar (budjet tashkilotlari, sug‘urta tashkilotlari, banklar va boshqa kredit tashkilotlari bundan mustasno), shuningdek o‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki tezkor boshqaruvida mol-mulki bo‘lgan va o‘z majburiyatlari bo‘yicha ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustaqil balans va hisob-kitob hisobiga ega bo‘lgan soliq qonunchiligiga muvofiq soliq to‘lovchi hisoblanadigan alohida bo‘linmalar taqdim etadi. Moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2000-yil 15-iyunda 47-son bilan tasdiqlangan Choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari to‘g‘risida nizom (ro‘yxat raqami 942, 2000-yil 3-iyul) bilan belgilanadi. Yillik moliyaviy hisobot quyidagi shakllar hajmida taqdim etiladi: a) buxgalteriya balansi — 1-son shakl; b) moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot — 2-son shakl; g) pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot — 4-son shakl; d) xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot — 5-son shakl. 3. Yarim yillik va choraklik moliyaviy hisobotlar quyidagi shakllar hajmida taqdim etiladi: a) buxgalteriya balansi — 1-son shakl; b) moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot — 2-son shakl. Kichik korxonalar va mikrofirmalar faqat buxgalteriya balansi — 1-son shakl va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot — 2-son shakldan iborat bo‘lgan yillik moliyaviy hisobotni taqdim etadi. Yillik moliyaviy hisobotga hisobot yilida korxona faoliyatining yakuniy natijalariga ta’sir ko‘rsatgan asosiy omillar bayon etilgan tushuntirish xati ilova qilinadi. Agar balans yil boshida o‘zgartirilgan bo‘lsa, tushuntirish xatida o‘zgartirish sabablariga izoh beriladi. Unda keyingi yil uchun qabul qilingan hisob siyosati ham keltiriladi. Agar asosiy fondlarni qayta baholash hisobot yilining birinchi sanasi holatiga o‘tkazilsa, qayta baholash natijalari hisobot yilining boshidagi moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarini shakllantirishda qabul qilinadi. Bunda o‘tgan yilning oxiridagi va hisobot yilining boshidagi ko‘rsatkichlarning mos kelmasligi, hisobot yilining birinchi sanasiga o‘tkazilgan asosiy vositalarni qayta baholashning natijasi deb tushuniladi va joriy davrning moliyaviy hisobotiga tuzilgan tushuntirish xatida bayon etiladi. “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, 5-son) 10-moddasida ko‘rsatilgan yuridik shaxslar soliq idoralariga auditorlik tekshiruvi o‘tkazilganidan keyin 15 kun davomida, lekin hisobot yilidan keyingi yilning 15-mayidan kechiktirmay auditorlik xulosasi nusxasini taqdim etadilar. Moliyaviy hisobot shakllarida barcha rekvizitlar va belgilangan ko‘rsatkichlar to‘ldirilishi kerak. Agar korxonada tegishli aktivlar, passivlar, operatsiyalar mavjud emasligi sababli biror-bir modda (satr, ustun) to‘ldirilmagan taqdirda, ushbu modda (satr, ustun) bo‘shlig‘i chizib qo‘yiladi. Moliyaviy hisobot shakllarining manzil qismi quyidagi tartibda to‘ldiriladi: a) “Korxona, tashkilot” rekviziti — korxonaning to‘liq nomi (o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan ta’sis hujjatlariga muvofiq) va KTUTga ko‘ra uning kodi ko‘rsatiladi; b) “Faoliyat turi” rekviziti — korxonaning iqtisodiy faoliyat turi va IFUTga ko‘ra iqtisodiy faoliyat kodi ko‘rsatiladi; v) “Tashkiliy-huquqiy shakli” rekviziti — korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli va THShTga ko‘ra tashkiliy-huquqiy shaklning kodi ko‘rsatiladi; g) “Mulkchilik shakli” rekviziti — korxonaning mulkchilik shakli va MShTga ko‘ra mulkchilik shaklining kodi ko‘rsatiladi; d) “Vazirlik, idora va boshqalar” rekviziti — ixtiyorida korxona bo‘lgan va moliyaviy hisobot yo‘naltiriladigan organning nomi(agar u mavjud bo‘lsa) hamda DBIBTga ko‘ra ushbu organning kodi ko‘rsatiladi; e) “Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami” rekviziti — STIR bo‘yicha korxonaning identifikatsiya raqami ko‘rsatiladi; j) “Hudud” rekviziti — MHOBT bo‘yicha kodi ko‘rsatiladi; z) “Manzil” rekviziti — korxonaning to‘liq yuridik manzili ko‘rsatiladi. Moliyaviy hisobotni tuzishda O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Buxgalteriya hisobining milliy standartlari, shuningdek, buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzish masalalari bo‘yicha boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilish lozim. Korxona va tashkilotlarning mustaqil balansga ajratilmagan barcha alohida bo‘linmalarining faoliyati ko‘rsatkichlari moliyaviy hisobot shakllarining ko‘rsatkichlari tarkibiga kiritilishi lozim. Moliyaviy hisobotni tuzishda hisobot sanasi bo‘lib hisobot davrining oxirgi kalendar kuni hisoblanadi. Hisobot yilida tugatilgan yoki qayta tashkil etilgan korxona yil boshidan tugatish (qayta tashkil etish) paytigacha bo‘lgan davr uchun yillik moliyaviy hisobotning amaldagi shakllari bo‘yicha hisobot taqdim etadi. 1-oktabrga qadar yangi tashkil etilgan korxonalar moliyaviy hisobotda, ular o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan oyning 1-sanasidan boshlab hisobot yilining 31-dekabriga qadar muddatdagi, hisobot yilining 1-oktabridan keyin tashkil etilgan korxonalar esa — davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan boshlab keyingi yilning 31-dekabrigacha (31-dekabr ham kiradi) muddatdagi mablag‘lar va ularning manbalarini ko‘rsatadilar (ko‘rsatilgan tartib tugatilgan (qayta tashkil etilgan) korxonalar va ularning alohida bo‘linmalari bazasida tashkil etilgan korxonalarga tatbiq etilmaydi). Korxona balansining moddalari aktivlar va majburiyatlarning puxta o‘tkazilgan inventarizatsiyasi bilan asoslangan bo‘lishi kerak. Inventarizatsiya O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 19-oktabrda EG/17-19-2075-son bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-sonli BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish” da (ro‘yxat raqami 833, 1999-yil 2-noyabr) belgilangan tartibda o‘tkaziladi. Bunda yillik moliyaviy hisobotni taqdim etishga qadar doimiy ishlab turgan inventarizatsiya komissiyalari tomonidan inventarizatsiya davomida aniqlangan haqiqatda mavjud qiymatliklarning buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga qaraganda farqlari tartibga solinishi kerak. Debitorlik va kreditorlik qarzlari ham inventarizatsiyadan o‘tkazilishi kerak va ular solishtirish dalolatnomalari yoki o‘zaro hisob-kitoblar saldosini tasdiqlaydigan xatlar bilan rasmiylashtiriladi. O‘tkazilgan inventarizatsiyalar soni va natijalari, shuningdek, ularni o‘tkazmaslik sabablari yillik moliyaviy hisobotga ilova qilinadigan tushuntirish xatida aks ettirilishi lozim. Moliyaviy hisobot shakllari rahbar va buxgalteriya hisobi hamda moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs tomonidan imzolanadi (bundan buyon bosh buxgalter deb yuritiladi). Agar rahbar buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini o‘z zimmasiga olgan bo‘lsa, u bosh buxgalter o‘rniga ham imzo qo‘yadi. Moliyaviy hisobotda o‘chirishlar va bo‘yashlar bo‘lmasligi kerak. Xatolar tuzatilgan hollarda tegishli izohlar beriladi va ularni tuzatish sanasini ko‘rsatgan holda moliyaviy hisobotni imzolagan shaxslar tasdiqlaydi. Joriy hamda o‘tgan yil hisobot ma’lumotlarini (ular tasdiqlanganidan keyin) tuzatishlar uning ma’lumotlarini buzib ko‘rsatishlar aniqlangan hisobot davri uchun tuzilgan hisobotda amalga oshiriladi, bunda tuzatishlar hisobot davri (chorak, yil boshidan) ma’lumotlariga kiritiladi. O‘tgan davrda yo‘l qo‘yilgan fundamental (muhim) xatolarni tuzatish summasi moliyaviy hisobotda yil boshidagi taqsimlanmagan foyda saldosini o‘zgartirish orqali va aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapitalning boshqa moddalariga tegishli tuzatishlar kiritish yo‘li bilan aks ettirilishi mumkin. Agar yillik moliyaviy hisobotni tekshirish davomida daromadlarni yashirish yoki ishlab chiqarish xarajatlari (yoki muomala xarajatlari) tarkibiga ular bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlarni kiritish natijasida moliyaviy natijalarni kamaytirish hollari aniqlanganda o‘tgan yil uchun buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotga tuzatishlar kiritilmaydi, balki joriy yilda hisobot davrida aniqlangan o‘tgan yillar foydasi sifatida aks ettiriladi. Download 114,52 Kb.
|