• Yarim mustaqil faollik darajasi
  • Ijodiy faollik darajasi
  • Muammoli ta’lim darajalari




    Download 1,21 Mb.
    bet15/200
    Sana09.08.2024
    Hajmi1,21 Mb.
    #269314
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   200
    Bog'liq
    Buxoro davlat pedagogika instituti

    Muammoli ta’lim darajalari


    O’qituvchi va o’quvchi faoliyati;



    Mustaqil bo’lmagan (odatdagi) faollik darajasi


    O’qituvchi tushuntirganini o’quvchi tomonidan idrok etilishi muammoli vaziyatlar sharoitida aqliy mehnat;



    Yarim mustaqil faollik darajasi


    Ilgarigi bilimlarni yangi vaziyatlarda qo’llash va o’quvchilarning o’qituvchi tomonidan qo’yilgan o’quv muammolarining echish usullarini izlashda ishtirok etish;



    Mustaqil faollik darajasi


    Reproduktiv – izlanish tipidagi ishlarni bajarish, bunda darslik matni bilan o’quvchining o’zi ishlaydi, ilgarigi bilimlarini yangi vaziyatda qo’llanadi, konstruktsiyalaydi, o’rtacha murakkablikdagi 
    masalalarni yechadi, o’qituvchining ko’magi bilan gipotezalarni isbotlaydi va h.k.;


    Ijodiy faollik darajasi



    Ijodiy tasavvurni talab etuvchi, mantiqiy tahlil qilish va o’ylab topishni, o’quv muammolarini yechishning yangi usullarini kashf etishni, mustaqil isbotlashni: mustaqil xulosa va umumlashmalar chiqarishni, kashfiyot va badiiy insholar yozishni talab qiladigan mustaqil ishlarni bajarish;


    Didaktik jarayonni tashkil etishda o’qituvchi o’quv-bilish faoliyatining tashkiliy shakllarini (5-element) ham ta’lim mazmuniga mos holda tanlay olishi kerak. PTni loyihalash shartlaridan biri ham “tashkiliy shakllar“ni to’g’ri tashkil etish sanaladi. Pedagogikada o’qitishning tashkiliy shakli deganda o’quvchi(talaba)lar o’qitish jarayonida qo’yilgan tashqi shart-sharoitlar yig’indisi tushuniladi.
    Ma’lumki, ta’lim tizimida bilish faoliyati auditoriyada (ma’ruza, semenar, laboratoriya, o’quv maslahati, sinov, imtihon) va auditoridan tashqarida (uyda, kutubxonada tayyorgarlik, loyihalash, tadqiqotchilik, to’garak va boshqa) tashkil etiladi.
    Pedagog o’quv faoliyati shakllarini tanlashda quyidagi savollarga javob topishi kerak: didaktik jarayon ishtirokchisi kim (o’quvchi, talaba, tinglovchi) va u qanday boshqarilishi kerak (o’quv faoliyatini o’qituvchi boshqaradi, avtomatlashgan sinf yordamida yoki boshqa texnik vositalar yordamida: kino-diafilm, kompyuter, modelli ta’lim va hokazo).
    Didaktik jarayon u yoki bu texnik vositalardan ta’lim mazmuniga mos holda uzluksiz qo’llashni taqoza etadi. Bu yo’nalish PTning mavjudlik shartlaridan biridir.

    Download 1,21 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   200




    Download 1,21 Mb.