|
mashg‘ulotlardan keyin sport inventarlarini belgilangan joylarga qayta topshirish
|
bet | 18/200 | Sana | 09.08.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #269314 |
Bog'liq Buxoro davlat pedagogika instituti mashg‘ulotlardan keyin sport inventarlarini belgilangan joylarga qayta topshirish; sport majmuasining belgilangan tartib-qoidalariga rioya qilish. j) Shuningdek, turli davralarda: o‘zining namunaviy xulqi va bilimi bilan o‘quvchilik odobi haqida yuksak ijobiy taassurot hosil qilishga intilish: ko‘cha-ko‘yda bemaqsad yurmaslik, kattalarga hurmatda, kichiklarga izzatda bo‘lish, jamoat transportlarida keksa va yosh bolali yo‘lovchilarga joy berish; doimo komillikka intilish, halollik va adolat bilan hayot kechirish kabi olijanob fazilatlarni chuqur anglash; o‘z maktabi manfaati, uning sha’ni va nufuzi to‘g‘risida qayg‘urish, ularni saqlab qolishga jonkuyarlik qilish va ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lish. Jamoa a’zolarining odob-axloqiga oid umumiy qoidalar. 1.1. Umumta’lim maktablarida hamjihatlik, o‘zaro ishonch, hurmat, bir-biriga g‘amxo‘rlik qilish hamda ahil-inoqlik jamoa a’zolarining o‘zaro munosabatlaridagi muhim shartlardir. 1.2. Umumta’lim maktablarida o‘zaro munosabatlarning asosiy tamoyili– bir shaxsning huquqi boshqa shaxsning huquqini paymol qilmasligi lozim. Jumladan: jamoa a’zosining so‘z erkinligi – unga birovga tuhmat qilish, uni haqorat qilish, o‘zaro munosabatlarda umum e’tirof etilgan axloq qoidalarini namoyishkorona mensimaslikda ifodalanuvchi behayo so‘zlardan foydalanish huquqini kafolatlamaydi; e’tiqod erkinligi – ta’lim muassasalarida ibodat qilish, dars vaqtida masjidlarga borish huquqini kafolatlamaydi; kiyinish erkinligi – ta’lim muassasalariga diniy marosim liboslarida hamda tarbiya jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ochiq-sochiq liboslarda kelish huquqini kafolatlamaydi va hokazo. 1.3. Jamoa a’zolari umumta’lim maktabiga orasta bo‘lib, unga monand kiyimda kelishi lozim. Ularning ta’lim muassasasiga odamlar diqqatini tortadigan, yelka, ko‘krak va qorin, shuningdek tizzadan yuqori qismlari ochiq qoladigan hamda haddan ziyod tor kiyimda yoki diniy ibodat libosida, metall zanjirlar, to‘g‘nog‘ichlar, tanaga turli munchoqlar qadagan holda, sport kiyim va poyabzalida kelishi ta’qiqlanadi. 1.4. Ta’lim muassasasida jamoa a’zosining sha’ni va qadr qimmati hurmat qilinishi, o‘zaro munosabatlarda «Siz» deb murojaat qilish odat tusiga kirishi lozim. Ularning bir-biriga nisbatan hurmatsizlik qilishi, behayo so‘zlar ishlatishi qat’iyan taqiqlanadi. 1.5. Jamoa a’zolari umumta’lim maktablari hududida yurganda bir-biriga o‘zaro hurmatda bo‘lishi, yo‘lning o‘ng tomonidan yurishlari, bir-biriga duch kelganda albatta salomlashishlari kerak. Bunda o‘quvchilar o‘qituvchilarga, erkaklar xotin-qizlarga, yoshlar kattalarga birinchi bo‘lib salom berishlari tavsiya etiladi. (Ushbu holatda qo‘l berib so‘rashish istisno bo‘lib, yoshi katta shaxslar birinchi bo‘lib qo‘l uzatganidan keyingina unga javoban qo‘l uzatish mumkin). 1.6. Binolarga kirish joylarida tirbandlik yuzaga kelsa, o‘quvchilar o‘qituvchi va xodimlarni, erkaklar esa ayollarni o‘zlaridan oldin o‘tkazib yuborishlari lozim. 1.7. Milliy va umumbashariy qadriyatlarga xos bo‘lmagan yoki umumta’lim maktabining ichki muammolariga taalluqli masalalarni Internet tarmog‘iga joylashtirish yoki undan turli maqsadlar yo‘lida foydalanish ta’qiqlanadi. 1.8. Kompyuterlarda ta’lim muassasasiga tegishli bo‘lmagan ma’lumotlarni, shuningdek, turli kinofilmlar, noqonuniy diniy ma’lumotlar, behayo suratlar, milliy, irqiy, etnik, diniy adovatni targ‘ib qiluvchi har qanday materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish va targ‘ib etish qat’iyan man etiladi. 1.9. O‘qituvchilar va o‘quvchilar tasdiqlangan mashg‘ulotlar jadvali asosida ishga va darsga o‘z vaqtida kelishi shart va ijodiy yondoshgan holda ish kunidan va dars jarayonidan unumli foydalanishlari lozim. 1.10. Ta’lim muassasasida har qanday huquqbuzarlik sodir etish ta’qiqlanadi. Jumladan, tuhmat qilish, haqorat qilish, jamoa a’zosiga ma’naviy yoki moddiy zarar etkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotni tarqatish, tan jarohati etkazish, fuqorolik muomalasidan chiqarilgan vositalarga oid munosabatlarga kirishish (giyohvand moddalar, psixotropik vositalar va hokazo), ichkilikbozlik, kashandalik, maishiy tinchlikka tajovuz qilish, janjallashish, qimor va tavakalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar o‘ynash qat’iyan man etiladi. Pedagog-tarbiyachilarning o‘zaro munosabatlari 2.1. Pedagog-tarbiyachilarning o‘zaro munosabatlarida – yagona jamoa, o‘zaro hurmat va e’tibor, do‘stlik, hamjihatlik, halollik va adolat tamoyillari amal qilishi lozim. 2.2. Pedagog-tarbiyachilar va o‘quvchilar o‘zaro munosabatlarida inson qadr-qimmatiga hurmatsizlik qilish, shaxsiyatini kamsitish, o‘zganing moddiy va intellektual mulkini o‘zlashtirib olish, qo‘pollik, behayo so‘zlar ishlatish, mushtlashish, o‘zgalarga ma’naviy, moddiy yoki jismoniy ziyon yetkazish qat’iyan man etiladi. 2.3. Maktab ma’muriyati va o‘qituvchi-xodimlarning ish faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha hamkorlik qilishida bir tarafning boshqa tarafga tazyiq o‘tkazishiga yoki unga harakat qilishiga, shuningdek adolat tamoyillariga va ta’lim muassasasi manfaatlariga zid bo‘lgan qarorlar tayyorlanishiga yo‘l qo‘ymaydi. 2.4. Jamoada biror bir masala bilan ma’muriyatga murojaat qilish tartibi o‘rnatilgan tartibda tashkil etiladi. 2.5. O‘qituvchi va xodimlarning ta’lim muassasasida ma’naviy-axloqiy muhitni yanada yaxshilash bo‘yicha tashabbus va g‘oyalari rag‘batlantiriladi. 2.6. Ma’muriyat o‘qituvchilar va xodimlarning kasbiy va intellektual jihatdan rivojlanishlari uchun qulay ish joyi, zamonaviy kompyuter, internet tarmog‘i, kutubxona fondi va axborot resurslaridan erkin foydalanish, shuningdek hordiq chiqarishlari, dam olishlari, jismonan chiniqishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib beradi. O‘qituvchilarning odob-axloqqa oid majburiyatlari |
| |