|
odob-axloq qoidalariga rioya qilishda o‘quvchilarga ibrat bo‘lish
|
bet | 19/200 | Sana | 09.08.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #269314 |
Bog'liq Buxoro davlat pedagogika instituti odob-axloq qoidalariga rioya qilishda o‘quvchilarga ibrat bo‘lish; maktab manfaatlariga zid bo‘lgan xatti-harakatlardan o‘zlarini tiyish; biror-bir noxush voqea yoki hodisa ro‘y bersa, zudlik bilan u haqida ma’muriyatga bildirish; umumta’lim maktabining sha’ni va nufuziga dog‘ tushiradigan har qanday holatlarning oldini olish; umumta’lim maktabi to‘g‘risidagi axborotlardan uning manfaatlari va obro‘siga ziyon etkazish uchun yoki o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmaslik; dars jarayonida o‘quvchilarga odob-axloqqa oid milliy an’analarimiz, urf-odat va qadriyatlarimizni targ‘ib qilish; yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ularni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli tahdidlar hamda jamiyatimiz uchun yot bo‘lgan diniy va ekstremistik ta’sirlardan, past saviyali «ommaviy madaniyat» xurujlaridan ogoh etib borish; ta’lim oluvchilarni ma’naviy – axloqiy tarbiya ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqishga ko‘maklashish. O‘qituvchi va o‘quvchilar odob-axloqida man etiladigan holatlar O‘qituvchiga: jamoa a’zolarining shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsitish, o‘zgalarning shaxsiy va oilaviy muammolarini muhokama qilish; jamoa a’zolari va boshqalar ustidan turli ig‘vo, g‘iybat va bo‘htonlar uyushtirish; o‘quvchilar bilan o‘z hamkasabalarining kasbiy va shaxsiy kamchiliklarini muhokama qilish; o‘quvchilarni o‘quv mashg‘ulotlardan asossiz chiqarib yuborish; o‘quv mashg‘ulotlarida diniy tashviqot olib borish; o‘quv mashg‘ulotlariga mast, soch-soqol olinmagan va kiyinish odobiga rioya qilmagan holda kelish; maktab hududida spirtli ichimliklar ichish va tamaki mahsulotlarini chekish kabilar qat’iyan man etiladi. Rag‘batlantirish va chora ko‘rish tartibi. 3.1. O‘quv yili davomida «Qoidalar»ga to‘la rioya qilgan, ta’lim muassasasida yuksak ma’naviy-axloqiy muhitning yanada qaror topishiga va mustahkamlanishiga xizmat qilgan jamoa a’zolari, ma’muriyat tavsiyasiga binoan amaldagi qonun va qoidalarga binoan moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirilib boriladi. Namunali xulqi va bilim olishda alohida yutuqlarga erishgan o‘quvchilar (ota-onasining ish joyiga, turar joyidagi mahalla qo‘mitasiga minnatdorchilik xatini yuborish, ertalabki saflanishlarda faxriy yorliq yoki iliq so‘z bilan alohida e’tibor ko‘rsatish kabi) rag‘batlantiriladi. 3.2. Jamoa a’zolari ushbu «Qoidalar»ni buzganida, ta’lim muassasasi ichki tartib qoidalarining «Intizomiy ta’sir choralari» bo‘limida keltirilgan holatlar bo‘yicha choralar ko‘riladi. Shuningdek, jamoa a’zosining xulq-atvori ustidan jamoat nazoratini ta’minlash maqsadida, mazkur qoidalarga rioya etilmaganligi holatlari ta’lim muassasasidagi Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi, Xotin-qizlar va «Ota-onalar» Kengashlarida ham muhokama qilinishi va ularning qaroriga binoan jamoa a’zosining xulq-atvori to‘g‘risida u yashab turgan mahalla fuqarolar yig‘iniga ma’lumot tariqasida yozma xabar yuborish amaliyoti ham joriy etilishi mumkin.
O‘zbekiston mustaqilligi yillarida ta’lim tizimining barcha bo’g‘inlari, shu jumladan, ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini isloh qilish borasida muhim ishlar amalga oshirildi. Darhaqiqat, doimo yangilikka intilib yashaydigan, o‘z kasbiy salohiyatini oshirish uchun intiladigan, zamon bilan hamnafas bo‘lib yashaydigan, jahon ilg‘or tajribalaridan keng foydalanadigan, millat, xalq, o‘z jamoasi manfaatlarini har tomonlama muhofaza eta oladigan kadrlar, shuningdek pedagog kadrlar jamiyat ravnaqini ta’minlashga qodirdir.
Jumladan, bu borada Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov 2015 yil 1 oktyabr o‘qituvchilar kuni munosabati bilan yo‘llagan tabriklarida shunday fikrlarni bayon etadi: “Bu borada oliy o‘quv yurtlari rahbar va pedagog kadrlarning kasbiy darajasi va malakasini muttasil oshirib borish, ularni zamonaviy talablar asosida qayta tayyorlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish maqsadida shu yil qabul qilingan Farmon bu ishlarni yangi sifat bosqichiga ko‘tarishga zamin bo‘ladi, deb ishonaman.
Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar davomi sifatida yana shuni aytishimiz mumkinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning “Yoshlarni ma’naviy – axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018 yil 14 avgusdagi PQ 39-07 sonli qarori qabul qilinib, unga muvofiq 2018 yil 1-sentyabrdan boshlab umumta’lim maktablari o‘qituvchilarining oylik maoshlari oshirildi.
SHuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 05.09.2018 yildagi “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PF-5538 Farmoni Xalq ta’limi tizimini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishning eng muhim sharti hisoblanadi, shuningdek, o‘quv-tarbiya jarayonida ta’limning innovatsion shakllari va usullarini qo‘llashga ko‘maklashadi.
O‘zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasida “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish” ta’lim va fan sohasini rivojlantirish muammolari ko‘ndalang qo‘yilgan.
O‘z davrida buyuk alloma Alisher Navoiy o‘zining “Mahbub-ul qulub” didaktik asarida o’qituvchi xalq oldida obro‘ga, hurmat va izzatga sazovor bo’lishi kerakligini, u xalq g‘ami bilan yashashini, xalqqa yordam beruvchi, xalq bilan birga bo’lishi lozimligini aytadi. Nodon, mutaasib, johil mudarrislami tanqid qilib, mudarris olimlar orasidagi eng sara “malak qiyofali” kishi bo’lishi, ya’ni sof ko‘ngilli, pok qalbli, insofli, karam-muruvvatli, odobli, vafoli, kishilikning eng yaxshi va oliyjanob hislatlarini o‘zida aks ettiruvchi bo’lishi kerak deydi. Ayniqsa, madrasalarda ta’lim-tarbiya bilan shug‘ullanuvchi mudarrislarga jiddiy talablarni qo‘yadi: “Mudarris kerakki, g‘arazi mansab bo‘lmasa va bilmas ilmni aytishga urinmasa, manmanlik uchun dars berishga havas ko‘rgazmasa va olg‘irlik uchun gap-so‘z va g‘avg‘o yurgizmasa, nodonlikdan sallasi katta va pechi uzun bo‘lmasa, gerdayish uchun madrasa ayvoni unga bosh o‘rin bo‘lmasa, yaramasliklardan qo‘rqsa va nopoklikdan qochsa...
... nainki, o‘zini olim bilib, necha nodonga turli xil fisq ishlarni qilish mumkin, balki halol desa, qilmas ishlarni qilmoq undan sodir bo‘lsa va qilar ishlarni qilmaslik unga qoida va odat bo’lib qolsa, bu mudarris emas, yomon odatni tarqatguvchidir”.
Demak, mudarris bilimli, fozil va donishmand bo’lishi, kishilikning eng yaxshi fazilatlarini o‘zida mujassamlashtirgan oliyjanob va kamtarin bo’lishi, har qanday yaramas ishlardan xoli va pok bo’lishi, o‘z xulqi va odobi bilan boshqalarga namuna bo’lishi lozim.
Ushbu vazifalarning hal etishi pedagogdan yuksak kompetentlikni talab etadi.
Ta’limda yangi tadqiqot yo‘nalishi bo‘lgan kompetentli yondashuvning paydo bo‘lishi hamda xorijiy pedagogik va metodik manbalarda «kompetentlik» va «kompetensiya» tushnchalari 1960 yillarning oxiri 1970 yillarning boshlarida paydo bo‘ldi va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilarning kasbiy tayyorgarligi nazariyasi va amaliyotiga keng kirib bordi.
|
| |