|
Fasilitatsiya tushunchasi
|
bet | 152/200 | Sana | 09.08.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #269314 |
Bog'liq Buxoro davlat pedagogika institutiFasilitatsiya tushunchasi. Zamonaviy sharoitda jamiyatimizda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy sohadagi o‘zgarishlar ta’lim tizimiga ham yangiliklar kiritib borishni jadallashtirmoqda. Jumladan, ta’lim jarayonini tashkil etish shart-sharoitlarning shakl va mexanizmlarini o‘zgartirishga ham zarurat tug‘ilmoqda. Ayniqsa, mazkur holatni kasbiy ta’lim sohasida yaqqol kuzatish mumkin. Shu nuqtai nazardan fasilitatsion yondashuv masalasi pedagogika va psixologiyada tobora qiziqarli xarakter kasb etib bormoqda.
Fasilitatsiya so‘zi ingliz tilidan olingan bo‘lib, facilitate – yordam berish, engillashtirish, kuchaytirish degan ma’nolarni anglatadi.
Fasilitatsiya – talabaga ijobiy ta’sir etish yo‘li bo‘lib, guruhda ijobiy muhitni hosil qilish, ta’lim oluvchilarni o‘z kuchlariga ishonishlariga erishish va mustaqil faoliyatlarida ularni qo‘llab quvvatlashdir.
Hozirgi vaqtda fasilitatsiyaning ijtimoiy va pedagogik turlari ajratilib ko‘rsatiladi. Ijtimoiy fasilitatsiya ijtimoiy psixologik fenomen hisoblanadi. Ijtimoiy fasilitatsiya lotin tilida - “socialis facilitar” – ijtimoiy qulaylashtirish degan ma’noni anglatadi.
Pedagogik fasilitatsiya esa ta’lim oluvchilarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash asosida ta’limning (o‘qitish, tarbiya) samaradorligini kuchaytirishga xizmat qiladi. Bunda pedagog tomonidan alohida muloqot usulining kasbiy-pedagogik jarayonda qo‘llanilishi natijasida sifat jihatdan rivojlanishga erishiladi.
Fasilitatsiyaning yuqorida aytib o‘tilgan ikki turini ma’lum shart-sharoitlar bog‘lab turadi. Ya’ni, fasilitatsiya har qanday faoliyat, shu jumladan pedagogik faoliyat samaradorligini oshirishi, shubhasiz. Fasilitatsiyaning bu ikki turi orasidagi asosiy farq shundaki, ijtimoiy sohada faoliyatni qo‘llab-quvvatlashda sub’ektni xatti-harakatlari asos sifatida xizmat qiladi. Pedagogik faoliyatda esa, fasilitatsiya pedagogning talabalar bilan individual muloqot usuli va ta’lim oluvchi shaxsiga samarali ta’sir etish bilan bevosita bog‘liq.
|
| |