• A.S.Belkinning fikricha
  • 5. Maqsad
  • Buxoro davlat pedagogika instituti




    Download 1,21 Mb.
    bet155/200
    Sana09.08.2024
    Hajmi1,21 Mb.
    #269314
    1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   200
    Bog'liq
    Buxoro davlat pedagogika instituti

    2. Faoliyat subyekti. Fasilitatsion yondashuvda faoliyat sub’ektlariga o‘z motivlariga javob bera oladigan, o‘z faoliyati davomida uni maqsadga ko‘ra amalga oshira oladigan individ, guruh va jamoani kiritish mumkin.
    3. Fasilitatsion yondashuvning funksiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin:

    • faoliyatga qiziqtirish va faoliyatni rag‘batlantirish;

    • faoliyatning maxsus turi;

    • zamonaviy pedagogikaning etakchi tamoyili;

    • ta’lim jarayonini boshqarish tamoyili;

    • faoliyat texnologiyasi;

    • ijodiy ta’lim muhitini yaratish.

    Shuningdek, fasilitatsiyaga asoslangan munosabatlarni qo‘llab-quvvatlovchi shaxslar har jihatdan kuchli va ma’suliyatlidirlar. A.S.Belkinning fikricha, muhitni o‘zi “omad keltiruvchi vaziyatlarga” sharoit yaratib beradi. Aynan ma’lum muhitda shaxs ishonch qozonadi va qadriyat sifatida tan olinadi. O‘z o‘rnida muhit ta’lim oluvchilarni ijodiy faoliyatga rag‘batlaydi. K.Rodjersning fikricha, “bu tarzdagi munosabatlar o‘qitish jarayoniga mos kelib, har jihatdan samaralidir”. Avvalo, fasilitatorning haqqoniy shaxs bo‘lishi, har bir lahzani o‘ylab, his etib yashashi lozim. Qachonki, bu haqqoniylik o‘zida talabaga nisbatan qadriyatli munosabatni, g‘amxo‘rlikni, ishonch va hurmatni mujassam etsa samarali ta’lim olish muhiti paydo bo‘ladi. Shu bilan birga, mazkur jarayon o‘zida hissiy va empatik idrok etishni jam etsa, haqiqatdan ham erkinlik muhiti mavjud bo‘lib, ta’lim olishda tashabbuskorlik va ilgarilash yuzaga keladi.
    4. Motiv – ma’lum ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq faoliyatga undovchi sababdir. O‘qituvchi faoliyati ta’lim oluvchilarning subyektiv talablarinigina asoslanib qolmay, balki obyektiv, bugungi kundagi va kelajakdagi ehtiyojlarni shakllantiradi va mustahkamlaydi.
    5. Maqsad – natijaga erishishning ideal yo‘li bo‘lib, muvaffaqiyatga yo‘nalgan harakatdir.

    Download 1,21 Mb.
    1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   200




    Download 1,21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buxoro davlat pedagogika instituti

    Download 1,21 Mb.