• O‘qituvchi-fasilitator
  • O‘qituvchining kongruentligi




    Download 1,21 Mb.
    bet158/200
    Sana09.08.2024
    Hajmi1,21 Mb.
    #269314
    1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   200
    Bog'liq
    Buxoro davlat pedagogika instituti

    O‘qituvchining kongruentligi shunda namoyon bo‘ladiki, u boshqa odamlarga, talabalarga nisbatan o‘z munosabatini anglaydi, ya’ni birga ishlaydi, xususan o‘zaroharakatlarni amalga oshiradi. Talabalarni qanday vaziyatda bo‘lishiga qarab, o‘zining haqiqiy munosabat hissini tushunib qabul qila oladi. Bu orqali o‘qituvchi ta’lim oluvchilar bilan ochiq munosabatda bo‘lish imkoniga ega bo‘ladi. Fasilitatsiya jarayonidagi psixologik xavfsizlik shaxsni qadriyat ekanligini tushunib etish va tashqi baholash mavjud bo‘lmagang sharoitni yaratib bera olishda namoyon bo‘ladi.
    Psixologik mustaqillik talabalarni ligini va ularning o‘zlarini ifoda eta olish xususiyatini shakllantirishni ta’minlaydi. Fasilitatsiya fikrlarni, hissiyotlar va xolatlarni ochilishiga imkon beradi. Bunda u samimiy ishonch, kutilmagan obraz uyg‘unligi, ijodiy bo‘lgan tushunish va anglashni ta’minlaydi.
    Ta’lim jarayonidagi sharoitda fasilitatsiyani to‘g‘ri tashkillashtirishga rioya etish, quyidagi sifatlarni shakllanishiga turtki bo‘ladi. Masalan, mustaqillik, faol anglash, kasbni egallashga yo‘nalganlik va boshqalar. Bularning barchasi kelajakda talabalarni etakchi mutaxassis bo‘lishlarida muhim rol o‘ynaydi.
    O‘qituvchi-fasilitator guruhni hamkorlikda ishlash jarayonini qulaylashtirish hisobiga ta’limni samarasini oshiradi. Shunga ko‘ra ichki guruhiy o‘zaro harakatning shakl va usullari muhimdir: ta’lim oluvchilar bir-birlari bilan qanday gaplashayotganliklari, muammoni umumiy tushunishlari, nizolarni hal qilib to‘g‘ri xulosani qabul qilishlari kerak bo‘ladi.
    Fasilitatsiya faoliyatiga asoslangan o‘zaro harakat qobiliyatini rivojlanishi – pedagogik ta’limdagi pedagogik jarayonning dolzarb maqsadlaridan bo‘lib, fasilitatsiya shaxsning mavjudligini, uni potensial imkoniyatlarini, jamiyatda shaxs birligini ta’minlaydi.
    Falsafada fasilitatsiya tushunchasi mustaqil tushuncha sifatida ajratib ko‘rsatilmaydi, lekin uni shaxsni tushunishdagi turli xil yondashuvlarni tahlil qilish asosida ko‘rib chiqish mumkin.
    Shaxsga falsafiy yondashuvlardan kelib chiqib, (F.Gegel, I.Kant, Suqrot) fasilitatsiya faoliyatiga asoslangan o‘zaro harakat qobiliyati shaxsni aniqlab berishda uning ruhiy, ma’naviy jihatdan yuksalashini ta’minlaydi (V.Frankl, V.S.Solovyov, N.A.Berdyaev, M.M.Baxtin, M.Xaydegger, M.Xaydegger, J.A.Kogan, M.S.Kagan, M.M.Baxtin, L.P.Bueva, V.S.Bibler, M.Buber, M.Sheler, M.K.Mamardashvili, V.P.Zinchenko, M.Xaydegger, L.A.Kogan, N.A.Berdyaev).

    Download 1,21 Mb.
    1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   200




    Download 1,21 Mb.