|
Guruhlarda ish olib borish jarayonida fasilitatorning funksiyalari quyidagicha bo‘lishi, ishning muvaffaqiyatli kechishiga olib keladi
|
bet | 161/200 | Sana | 09.08.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #269314 |
Bog'liq Buxoro davlat pedagogika institutiGuruhlarda ish olib borish jarayonida fasilitatorning funksiyalari quyidagicha bo‘lishi, ishning muvaffaqiyatli kechishiga olib keladi:
Birinchi. U faoliyatga dirijyorlik qiladi. guruhdagi har bir a’zoni payqashi, rivojlantirishi, eng kichik g‘oya o‘rtaga tashlansa ham darhol uni qo‘llashi kerak. E’tiborni kam tashabbusli a’zoga qaratib hammani shu g‘oyani rivojlantirish, xulosalarga kelishga undaydi.
Ikkinchi. Bu faoliyat fasilitatordan “bashorat” qila olish qobiliyatini talab etadi. Ya’ni guruhdagi tug‘ilayotgan vaziyatni payqay olish, qisqa vaqtda masalani echimi tomon burish. Erkin fikr yuritishga, tortinmasdan o‘z g‘oyalarini ayta olishga yo‘llaydi.
Uchinchi. Fasilitator vaqt kelganda (raqqos) o‘yinchi hamdir. Ya’ni guruh ishini dadil, qo‘rqmasdan o‘z ketidan ergashtirish kerak. Guruhdagi vaziyatni sekinlashtirish, tezlashtirish, jonlantirish, goho ilgari ko‘zda tutilgan ssenariydan chiqishga ham borish mumkin. Tinib-tinchimay olg‘a bosish uning shioriga aylanmog‘i zarur.
To‘rtinchi. Tinib tinchimaydigan, izlanuvchi fasilitator tajriba sinov ishlarini yo‘l-yo‘lakay hal eta oluvchi, kerak bo‘lsa ilgari uchramagan, ko‘zda tutilgan yo‘llarni izlab topib nostandart yo‘llar bilan mantiqan o‘ylab katta g‘oyalar echimini topa oluvchidir.
Beshinchi. Olmosdek qayralgan inson sifatida guruhdagi ish jarayonini biror kichik g‘oya tanlash, kutilmagan biror savol tashlash orqali sifatli, samarali kechishiga yo‘naltiradi, maqsadga erishadi. Guruhda ijodiy, innovatsion faoliyat yarata oladi.
Oltinchi. Guruh ishining borishida u aktyorlik funksiyasini bajaradi. Agar fasilitator jarayonga jon jahdi va butun vujudi bilan kirishsa, guruh ishi jonlanadi, uyg‘onish, intilish holatlari sodir bo‘ladi.
Yettinchi. Fasilitator guruh ishlayotgan muxit himoyasida bo‘lishi kerak. Guruhda ishlash jarayonida, a’zolar tomonidan bildirilayotgan g‘oyalar (hatto u juda arzimas bo‘lsa ham) qo‘llab-quvvatlanib, e’tirozsiz ish tutilsa, gurux ishi muvaffaqiyatli kechadi. Har bir aytilgan fikr va g‘oyani rivojlantirib, asosiy echim tomonga boriladi, guruhda yomon g‘oya yo‘q – unda biror fikr bor.
Sakkizinchi. Fasilitator qonun va qoidalar xizmatchisi. Undan ishchanlik o‘yinlari jarayonida guruhlarda o‘rnatilgan qoidalar, reglamentlarga qat’iy rioya qilishini yo‘lga qo‘yish talab etiladi.
To‘qqizinchi. Fasilitator guruhlarda ish jarayonining dastyoridir. Ayrim fasilitatorlar guruhdagi ish jarayonida o‘z mavqeidan foydalanadi, ya’ni ish jarayonini o‘z qo‘liga olmoqchi, g‘oyalarini o‘tkazmoqchi bo‘ladi. O‘zi o‘ylagandek yo‘lga burmoqchi bo‘ladi. “Beminnat” xizmat qilishni mo‘ljalga oladi. Bunday hollarda guruh a’zolari faol jalb qilinib, ish tutilganidagina o‘ziga xos original echimlar qidirish zarur.
O‘ninchi. Yumorni his qilish, uni tushunish fasilitatorning eng kuchli xislatlaridandir. Yumor guruhdagi psixologik to‘siqlarni engishga yordam beradi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Guruhlarda ish olib borish jarayonida fasilitatorning funksiyalari quyidagicha bo‘lishi, ishning muvaffaqiyatli kechishiga olib keladi
|