|
Pedagogik fasilitatsiya vositasida o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish texnologiyasi
|
bet | 162/200 | Sana | 09.08.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #269314 |
Bog'liq Buxoro davlat pedagogika institutiPedagogik fasilitatsiya vositasida o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish texnologiyasi.
Ma’lumki, pedagogik fasilitatsiyaning asosini o‘quvchilarning guruhlarda hamkorlikda ishlash faoliyati tashkil etadi. Pedagogika kollejlarida o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish bilan bog‘liklikda individual, guruhli va jamoaviy ish shakllaridan foydalanishga keng e’tibor qaratiladi. Ayniqsa, o‘quvchilarning hamkorlikda ishlash ko‘nikmasini shakllantirish orqali ularni pedagoglik kasbiga tayyorlashga alohida e’tibor qaratiladi. Ana shu jihatni hisobga olgan holda, biz tadqiqot doirasida o‘quvchilarning birgalikdagi hamkorlikdagi faoliyatini rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik fasilitatsiya asosida mustaqil ishlarini tashkil etish texnologiyasini ishlab chiqdik.
Texnologiyaning tasnifiy belgilari sifatida quyidagilar aniqlab olindi: Qo‘llanilishi darajasi va tavsifi: lokal darajada qo‘llanilish tavsifiga ega mezotexnologiya.
Falsafiy asosi: 1) antropologik; 2) ontologik; 3) dialogik.
Metodologik yondashuvi: insonparvar, algoritmli, amaliy yo‘naltirilgan, qadriyatga yo‘naltirilgan yondashuv.
Rivojlanishning yetakchi omillari: 1) sotsiogen; 2) psixogen.
Tajribani o‘zlashtirishning ilmiy konsepsiyasi: assosatsiativ-reflektorli + faoliyatli + rivojlantiruvchi + bixevioristik.
Shaxsni rivojlantirish sohasiga yo‘nalganligi va tuzilishi: BKM (bilim, ko‘nikma va malaka) + O‘zBMS (o‘z-o‘zini boshqarish mexanizmi sohasi) + HAS (harakatli-amaliy soha).
Mazmunli tavsifi: kasbiy yo‘naltirilgan.
Ijtimoiy-pedagogik faoliyat turi: ta’limiy (didaktik), tarbiyaviy, rivojlantiruvchi.
Qo‘llaniladigan metodlari: 1) dialogli; 2) vaziyatli; 3) bir-biriga tushuntirish; 4) bir-biriga o‘rgatish; 3) rolli-o‘yinli; 6) izlanishli-tadqiqotchilik.
Tashkiliy shakllari: 1) individual; 2) guruhli; 3) juftliklarda ishlash; 4) jamoaviy.
Qo‘llaniladigan vositalari: 1) tarqatma materiallar; 2) hujjatli filmlar; 3) badiiy adabiyotlar; 4) multimedia.
Ta’lim oluvchiga yondashuv va birgalikdagi o‘zaro harakat tavsifi: faoliyatga yo‘naltirilgan.
|
| |