|
-rasm. Pedagogik fasilitatsiya asosida o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish texnologiyasi
|
bet | 165/200 | Sana | 09.08.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #269314 |
Bog'liq Buxoro davlat pedagogika instituti15-rasm. Pedagogik fasilitatsiya asosida o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish texnologiyasi.
Motivatsion bosqichda qo‘llaniladigan mustaqil ish topshiriqlarini ishlab chiqishda erkin yozish, chalkashtirilgan mantiqiy zanjirlar ketma-ketligi, asoslangan esse kabi metodlardan keng foydalaniladi.
“Pedagogika fanini o‘rganish nima uchun zarur?” mavzusida erkin yozish topshirig‘i.
Topshiriq: “Pedagogika fanini o‘rganish nima uchun zarur?” mavzusida besh daqiqa mobaynida o‘z fikrlaringizni daftarga yozing. O‘ylagan fikrlaringizni hech qanday to‘xtovsiz bayon eting.
Erkin yozish ustida ishlashga doir ko‘rsatma:
1. O‘quvchilardan besh daqiqa mobaynida berilgan mavzu bo‘yicha o‘z fikrlarini yozish so‘raladi.
2. Besh daqiqa tugagach, vaqt tuganganligi ma’lum qilinadi. Biroq bir minut sukut saqlab turiladi. Chunki odatda eng yaxshi fikrlar inson tang holatda qolgan vaziyatda tug‘iladi.
3. O‘quvchilardan ayrimlarining fikrlari tinglanadi. Uch-to‘rt talaba o‘z yozganlarini o‘qib bergach, o‘qituvchi qolgan talabalardan aytilganlariga o‘xshamaydigan fikr kimda bo‘lsa bildirishlarini so‘raydi.
Kognitiv-operatsion bosqichda qo‘llaniladigan mustaqil ish topshiriqlarini ishlab chiqishda o‘qitish bo‘yicha qo‘llanma, tushunchalarni aniqlash, tushunchalar tahlili, ijodiy test, chalkashlikni aniqlang strategiyasi kabi metodlardan keng foydalaniladi.
Dars va unga qo‘yiladigan talablarning o‘zlashtirilishiga doir ijodiy test topshirig‘i:
1. Kerakli so‘z yoki jumlani topib qo‘ying.
... bevosita o‘qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan o‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli.
2. Gapni davom ettiring.
Dars ta’limning boshqa shakllaridan farq qiluvchi quyidagi o‘ziga xos belgilarga ega: ...
3. Gapni tugallang.
Darsga qo‘yiladigan didaktik (yoki ta’limiy) talablarga har bir darsning ta’lim vazifalarini aniq belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni hisobga olish bilan mazmunini optimallashtirish, idrok etish eng yangi texnologiyalarini kiritish, turli xildagi shakli, metodlari va ko‘rinishlaridan mos ravishda foydalanish ...
4. Kerakli so‘zni topib qo‘ying.
O‘quv materialining tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlash, darsdagi faoliyat, aniq erishilishi mumkin bo‘lgan tarbiyaviy maqsadlarni shakllantirish va qo‘yish, faqat o‘quv ishlari maqsadlari va mazmunidan tabiiy ravishda kelib chiqadigan tarbiyaviy masalalarni belgilash, o‘quvchilarni umuminsoniy qadriyatlarda tarbiyalash, hayotiy muhim sifatlar (tirishqoqlik, tartiblilik, mas’uliyatlilik, intizomlilik, mustaqillik, ish bajarishga qobiliyatlilik, e’tiborlilik, halollik va boshqalar)ni shakllantirish kabilarning darsga qo‘yiladigan ... talablarni o‘zida aks ettiradi.
|
| |