|
Integratsiya masalasini pedagog olimlar va amaliyotchilar quyidagi yo‘nalishlarda tadqiq etishni tavsiya etadilar
|
bet | 168/200 | Sana | 09.08.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #269314 |
Bog'liq Buxoro davlat pedagogika institutiIntegratsiya masalasini pedagog olimlar va amaliyotchilar quyidagi yo‘nalishlarda tadqiq etishni tavsiya etadilar:
a) o‘quv predmetlari va fanlar turkumi doirasidagi mazmunni
integratsiyalab o‘rganish;
b) turli o‘quv predmetlaridan tahsil beruvchi shaxslarning
faoliyatlarini integratsiyalash;
v) ta’lim-tarbiya ishini tashkil etish shakllarini integratsiyalash
va shu kabilar.
Bu yo‘nalishlarning har birining aniq o‘z maqsadi bo‘lib, uni amalga oshirish uchun mos shakl, metod, vosita va shart-sharoitlarni talab etadi. Amaliyotda ulardan uyg‘un holda foydalanilgandagina ko‘zlangan maqsadga erishish mumkinligini ham shu o‘rinda eslatib o‘tish lozim.
Pedagogika fanida XX asrning 80- yillaridan boshlab integratsiya, "o‘zaro aloqadorlik", “o‘zaro ta’sir", "sintez" kabi tushunchalar qo‘llanilgan ilmiy ishlar paydo bo‘lib, ta’lim-tarbiya ishida integratsiya muammosining dolzarbligi sezila boshlangan. Hozirgi paytga kelib ta’lim-tarbiya ishiga integrativ yondashuv g‘oyasi xususiy fanlar doirasida chegaralanib qolmasdan, umumpedagogik ahamiyatga ega masalaga aylandi.
Integratsiya (lot. Integeration – tiklash, to‘ldirish, birlashtirish. Integer – yaxlit) sintezlab bir butun qilib birlashtirmoq, mantiqiy yaxlit holga keltirmoq ma’nosida tushuniladi. Ta’lim mazmunini integratsiyalash deganda o‘zaro uzviy aloqador, bir-birini taqozo etadigan, kengaytiradigan, chuqurlashtiradigan o‘quv predmetlari mazmunini sintezlash, ya’ni mantiqiy birlashtirib bir butun (yaxlit) holga keltirishni tushunamiz. Integratsiya (mujassamlashtirish) va differensiatsiya (tabaqalashtirish) bir-biridan ajralgan holda mavjud bo‘lmaydi, biri ikkinchisidan kelib ham chiqmaydi, balki ular har doim bir vaqtni o‘zida o‘rganilayotgan ob’ektning ikki tomoni sifatida namoyon buladi. Ilmiy bilishda ulardan biri vaqtinchalik ma’lum ustunlikka ega bo‘lishi ham mumkin. Masalani ikki tomonini fan-texnika taraqqiyoti natijasida qishloq xo‘jaligini ishlab chiqarishida turli kasblarning paydo bo‘lishi, ya’ni tabaqalanishini, mexanizatsiya, avtomatizatsiya va yana qo‘shma kasblar yoki keng ixtisosli mutaxassislarning dialektik rivojlanishi ekanligini ko‘rsatish mumkin. Integratsiyalashtirish jarayonlari hozirgi zamon ilmiy bilimlarining o‘zaro ta’siridan farqli o‘laroq quyidagi yo‘nalishlarda kechishi mumkin:
— alohida olingan fan doirasida ichki ilmiy rivojlanish sifatida;
— fanlararo o‘zaro aloqadorlik doirasida, ya’ni bir yoki bir necha sohalar doirasida;
— maxsus yaxlit ilmiy bilimlar doirasida kabilar.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan yo‘nalishlar uyg‘unligini integrativ yondoshuv sifatida tasavvur etish mumkin. Ikki va undan ortiq nisbatan mustaqil qismlarda kechayotgan jarayonlarni birlashtirish - integratsiyalashtirishning natijasi bo‘lishi mumkin.
Yaxlit tizimni tuzishda integratsiyalanuvchi aloqadorlik muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularni ichki ilmiy aloqadorlik ham deb ataladi.
Tizimlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ichki ilmiy aloqadorlikni tartibga keltirish yo‘li bilan yaxlitlikni yuzaga keltirishdan iboratdir. Bu jarayonda hosil bo‘ladigan yaxlitlik yangi sifat ko‘rsatgichlariga ega bo‘ladi. Integratsiyalashtirishning mohiyati, nazariy sintez vositasi sifatida yangi darajadagi bilish natijalariga erishishdir.
|
| |