|
Hamkorlikdagi vaziyatlarni o‘quv jarayoni xarakteri bilan bog‘liq holda uchta katta guruhga bo‘lish mumkin
|
bet | 148/200 | Sana | 09.08.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #269314 |
Bog'liq Buxoro davlat pedagogika institutiHamkorlikdagi vaziyatlarni o‘quv jarayoni xarakteri bilan bog‘liq holda uchta katta guruhga bo‘lish mumkin:
a) ko‘rgazmali xarakterdagi hamkorlikdagi o‘quv vaziyatlari;
b) tahliliy, mulohaza yuritishga undovchi o‘quv vaziyatlari;
v) qarorlar qabul qilishga undovchi o‘quv vaziyatlari.
O‘qituvchi hamkorlikdagi vaziyatni loyihalashda o‘zi ilgari qo‘llagan vaziyatlarga o‘xshatmaslikka harakat qilishi lozim. Hamkorlikdagi o‘quv vaziyatlarini loyihalash o‘qituvchidan ijodkorlikni talab qiladi. O‘qituvchi o‘quv vaziyatini loyihalashda uning mazmuniga alohida e’tibor qaratishi, kafolatlangan natija olishga intilishi, biroq natija uning uchun ham kutilmagan bo‘lishini nazarda tutishi lozim. Har qanday holatda ham o‘qituvchi o‘quv vaziyatini loyihalashda aniq didaktik qoidalarga amal qilishi kerak.
3. Hamkorlik pedagogikasida ota-onalar, mahalla masalalari.
Bugungi kunda ma’naviy etuk, jismonan sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashda maktab, oila va mahalla o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash dolzarb muammolardan hisoblanadi. Chunki, barkamol avlodni tarbiyalashda bolani o‘qitish, har tamonlama intellektual, ahloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Albatta, bu ishlarni amalga oshirishda pedagogik hamkorlik jarayoni muhim o‘rin tutadi. Hamkorlik – juda keng qamrovli tushuncha bo‘lib, bo‘lib, unda maktab, oila, mahalla, jamoatchilik, davlat va nodavlat tashkilotlari, “Kamolat yoshlar ijtimoiy harakati, jamg‘armalar faol ishtirok etadi. Chunki, hamkorlik jarayoni – jamiyat taraqqiyotining asoschilari bo‘lgan yoshlar kamolotining asosi hisoblanadi. Albatta bu ishlarni amalga oshirishda o‘qituvchining har bir daqiqasi qimmatli hisoblanadi. Chunki, o‘qituvchi bir vaqtning o‘zida o‘quvchining diqqatini hisobga olgan holda o‘quv materiallarini ularga tushuntiradi.Bunda o‘qituvchi gaplashib o‘tirgan o‘quvchilarni tartibga chaqirishi, to‘xtatishi kabi salbiy holatlarni bartaraf etish bilan ularga yangi mavzuni, yangi materiallarni tushuntiradi. O‘quvchilar orasidan yangi mavzu bo‘yicha kimlar javob berishini aniqlaydi. Albatta bunda bolaning oila va mahallada olgan tarbiyasi muhim o‘rin tutadi. Bunday holatlarda o‘qituvchining yakkama – yakka suhbati puxta, asosli va mantiqan boy bo‘lsa, o‘quvchilarning unga bo‘lgan ishonchi oshadi. O‘qituvchining erkin dil so‘zlari, maslahati, o‘zaro yordami tufayli hamkorlik holati vujudga keladi. Ushbu hamkorlikda o‘qituvchi doimo ularga namuna bo‘lishi kerak. O‘qituvchi o‘zining tashqi ko‘rinishi, toza – ozoda, ixcham kiyinishi, ma’lumoti, chuqur bilim egasi, o‘zining fanini puxta biladigan, yurt ravnaqi uchun jonini fido qilishga tayyor, o‘z shogirdlaridan bilimi, malakasini ayamaydigan, do‘st, sirdosh, fidokor bo‘lishi lozim. Shuni alohida ta’kidlash joizki, o‘qituvchi ota – ona va o‘quvchilar bilan yakkama – yakka faoliyatni yo‘lga qo‘yish uchun ularning shaxsi, oilaviy ahvolini bilishi kerak. O‘qituvchi o‘quvchilarni to‘liq o‘rganishi, maktab, oila va mahalla hamkorligida tarbiyaviy tadbirlarni mukammal, ta’sirchan uyushtirishi lozim.
O‘quvchilarda shakllanib kelayotgan ijobiy fazilatlarni tavsiflash, ularni bilim olishga qiziqtirish, rostgo‘y, ma’rifatli, mehrli, o‘z-o‘zini boshqarish, mehnatga munosabatini, ruhiy holati va qobiliyatlarini rivojlantirish, ijobiy va salbiy o‘zgarishlarni kuzatish va sababini o‘rganish, yolg‘on gapirish va boshqa salbiy sifatlarni aniqlash o‘qituvchining mahorati, tashkilotchilik faoliyati va kasb ko‘nikmasiga bog‘liq.
|
| |