• O‘qituvchi bilan o‘quvchilarning o‘zaro munosabatlarida noverbal muloqot bir qator yo‘nalishlarda amalga oshiriladi
  • Muloqotning noverbal yo‘nalishlari




    Download 1,21 Mb.
    bet146/200
    Sana09.08.2024
    Hajmi1,21 Mb.
    #269314
    1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   200
    Bog'liq
    Buxoro davlat pedagogika instituti

    Muloqotning noverbal yo‘nalishlari o‘qituvchi va o‘quvchilar orasidagi munosabatlarni tartibga solish, o‘zaro aloqa o‘rnatishda muhim o‘rin egallaydi. Bu esa ham o‘qituvchilarning, ham o‘quvchilarning hissiy kechinmalari va holatlarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
    Shuni alohida ta’kidlash kerakki, pedagogik muloqotning mazkur yo‘nalishi mutaxassislar tomonidan yakka tartibda o‘rganilgan.Tajribali o‘qituvchilar uchun bu holatni hisobga olish o‘quvchilar bilan hamkorlik o‘rnatishda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchining qanday turishi, qanday o‘tirishi, ovozini qay darajada ko‘tarishi, tabassumi, ko‘z qarashlari o‘quvchilarning u bilan hamkorlikka kirishishlari uchun muhim ahamiyatga ega. Noverbal muloqot vositalariga so‘nggi yillarda pedagoglar tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda.
    Kuzatishlarimiz shuni ko‘rsatmoqdaki, ko‘pgina o‘qituvchilar hanuzgacha uning mohiyatini to‘laligicha anglab etmaganlar. O‘qituvchi bilan o‘quvchilarning o‘zaro munosabatlarida noverbal muloqot bir qator yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
    - xatti-harakatlar yordamida;
    - dahldorlik asosida;
    - jestlar, ohanglar yordamida;
    - muloqotdagi masofa orqali;
    - vizual xarakterdagi o‘zaro hamkorlik vositasida.
    Biz o‘qituvchi-o‘quvchi munosabatlari doirasida noverbal muloqotning tarkibiy qismlarini tahlil qilishga harakat qildik.Bunday vaziyatlarda o‘qituvchi-o‘quvchi hamkorligida nutqning noverbal vositalari muhim o‘rin egallashiga ishonch hosil qilish mumkin. O‘qituvchi o‘z ishini engillashtirish uchun o‘quvchilar bilan so‘zlashmasdan turib ham muloqotga kirishishi mumkin. Buning uchun o‘qituvchi nafaqat o‘quvchilarning nutq ohangiga balki har bir ishorasi, ko‘z qarashlari, harakatlariga e’tibor qaratib shu asosda o‘zining ham noverbal vositalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirib borishi lozim.
    O‘quvchilarni har tomonlama rivojlantirishda hamkorlikdagi vaziyatlarni tashkil etish metodidan foydalanish samaralidir. Hamkorlikdagi pedagogik vaziyatlarni tashkil etish metodi innovatsion metod sifatida alohida pedagogik qimmatga ega. Bu metod yordamida o‘quvchilarda muloqotga kirishuvchanlik, ishchanlik, etakchilik, keng ko‘lamli, aniq izchillikka ega bo‘lmagan materiallarni tartibga solish va tahlil qilish, axborotlar etarli bo‘lmagan sharoitlarda ularni to‘ldirish ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyati vujudga keladi.

    Download 1,21 Mb.
    1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   200




    Download 1,21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muloqotning noverbal yo‘nalishlari

    Download 1,21 Mb.