|
Hamkorlik strategiyalarining istiqbolliligi
|
bet | 143/200 | Sana | 09.08.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #269314 |
Bog'liq Buxoro davlat pedagogika instituti2. Hamkorlik strategiyalarining istiqbolliligi.
Hamkorlik strategiyasi pedagogik jihatdan o‘quv jarayonini samarali boshqarish san’atini anglatadi. Insonparvar pedagogikada o‘qituvchi har doim o‘z strategiyasining muallifi sifatida namoyon bo‘ladi. SHu bilan bir qatorda bunday mualliflik tasodifiy ko‘rinishga ega emas. Bunda kasbiy mahorat ko‘p darajada zaruriyatdan kelib chiqqan holda tanlash ko‘nikmasiga asoslanadi. Bunday ko‘nikmalarni namoyon qilish uchun o‘qituvchi juda katta pedagogik bilim va mahoratga ega bo‘lishi lozim. Buning uchun o‘qituvchilar pedagogikada mavjud tajribalar ustida ijodiy fikrlashlari, shubhalarga o‘rin qoldirmasliklari, ilg‘or pedagogik qarashlarni o‘zlashtirishlari va o‘z faoliyatlariga tatbiq eta olishlari, kasbiy faoliyatlarini shaxsga yo‘naltirilgan vaziyatlarda o‘quvchilarga ko‘maklashishga qarata olishlari zarur. Xuddi mana shu tarzda o‘qituvchining o‘quv materiallari va o‘quvchilarga nisbatan shaxsiy munosabati, taktikasi tarkib topadi.
Pedagogik hamkorlik strategiyalari o‘qituvchi pedagogik faoliyatining yuqori darajada istiqbolga yo‘naltirilgan shaklidir. U metodologik xarakterdagi kasbiy ko‘nikmalarda namoyon bo‘ladi. Jumladan: mavjud hodisalarni chuqurroq anglash, uning haqiqiy mohiyatini tushunish, aniq va yashirin sabablarini anglab etish, nazariya va amaliyot orasida munosabat o‘rnatish, jarayon maqsadini aniqlash, o‘quv-tarbiya vazifalarini muayyan prinsiplarga asoslangan holda oydinlashtirish, pedagogik hamkorlik shartlari va vositalarini tanlash imkonini beradi.
Pedagogik hamkorlik strategiyalari qo‘llanadigan usullarning samaradorligini ta’minlab, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilar bilan bevosita munosabatlarni o‘rnatish imkonini beradi.Pedagogik hamkorlik strategiyalari o‘qituvchilarning kasb mahoratini oshirishga yo‘naltirilgan yopiq xarakterdagi bilish jarayonlarida kasbiy ongning faoliyatga asoslanmagan shakllarini bartaraf etishga xizmat qiladi.
Pedagogik hamkorlik strategiyalari yordamida o‘qituvchilarning pedagogik ongi oddiy, to‘g‘ridan-to‘g‘ri, tezkor va tashqi tomondan samarali bo‘lgan vositalar orqali o‘quvchilar ongiga ta’sir ko‘rsatadi. Bunday vaziyatda ongning faoliyati qo‘zg‘almaydi, balki hissiy ta’sirlar amalga oshadi.SHuning uchun ham o‘qituvchilarni kasbiy rivojlantirishdagi istiqbolli yo‘nalishlardan biri ularning shaxsiy ongini pedagogik hamkorlik strategiyalari bilan boyitishdan iborat.Buning uchun o‘qituvchilarning tanqidiy, yo‘naltiruvchi, fikriy-ijodiy, nazariy-tahliliy ongini rivojlantirish nazarda tutiladi. Xuddi shunday kasbiy ongga ega bo‘lgan o‘qituvchilar faoliyati orqali pedagogik ijodkorlik jarayoni boshlanadi.
Chunonchi:
|
| |