|
-variant. Juftlikda ishlash
|
bet | 140/200 | Sana | 09.08.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #269314 |
Bog'liq Buxoro davlat pedagogika instituti3-variant. Juftlikda ishlash. Talabalar juftliklarga bo‘linadi. Har
bir juftlik yaxlit mavzu bo‘yicha alohida topshiriq oladi. Birgalikda ishlash asosida juftlik a’zolari o‘zlariga berilgan materialni o‘zlashtiradi. So‘ngra bu haqida jamoa oldida axborot beradi.
Hamkorlik ta’lim texnologiyasini qo‘llashda talabalardan quyidagilar talab etiladi:
sherigi va guruhdoshlari bilan hamkorlikka erishish;
faol ishlash, topshiriqqa nisbatan mas’uliyatli yondashish;
sherigi yoki guruhdoshlariga ijobiy munosabatda bo‘lish;
nafaqat o‘z yutug‘i, balki sherigi va guruhining muvaffaqiyati uchun javobgarlikni his qilish;
juftlikda va guruhda ishlash – jiddiy va mas’uliyatli mehnat ekanligini his qilish.
Hamkorlik ta’lim texnologiyasi “pedagog-talaba hamkorligi” tamoyiliga asoslanib, quyidagi shakllarda qo‘llaniladi:
kichik tadqiqotlarni olib borish;
fan bo‘yicha tashkil etiladigan musobaqada ishtirok etish;
fan olimpiadalariga tayyorlanish;
hamkorlikda loyihalar tayyorlash;
ijodiy hamkorlikda ilmiy maqolalar chop etish;
ijodiy hamkorlikda o‘quv manbalarini yaratish.
Hamkorlik ta’lim texnologiyasini qo‘llash tartibi:
talabalar (4-5 kishi) kichik guruhlarda ishlaydi;
jamoa uchun yagona o‘quv materiali taqdim etiladi;
har bir guruh alohida savolga javob topadi;
Ekspert guruhi shakllantiriladi;
bu guruh har guruh ishi bilan batafsil tanishadi;
ekspert guruhi har bir talabaning faoliyatini individual baholash imkoniyatiga ega;
talabalar to‘plagan ballar umumlashtirilib, kichik guruhning faoliyati baholanadi;
eng yuqori ball to‘plagan jamoa g‘olib sanaladi.
Pedagogik hamkorlik ta’lim jarayoni subyektlari faoliyatida yangicha sifat o‘zgarishlarining shakllanishi va namoyon bo‘lishiga ko‘maklashadi. Pedagogik hamkorlikning muhim jihati shundaki, u ta’lim jarayoni subektlari faoliyatini muayyan tarzda uyg‘unlashtirishga hizmat qiladi. Pedagogik hamkorlik jarayonida o‘qituvchi bilan o‘quvchi faoliyati uyg‘unlashadi, ijodiy xarakter kasb etadiki, u ta’lim jarayoni subektlari faoliyatidagi o‘ziga xos har bir jihatni hisobga olishni taqozo qiladi. “O‘qituvchi-o‘quvchi” munosabatlaridagi hamkorlik, bu faoliyatning borishi va natijalarining birgalikdagi tahlili, ma’naviy dunyoda bir-biriga samimiylik, o‘zaro bir-birini mustahkam tushunish, kattalar va bolalarning hamkorlikdagi rivojlantiruvchi faoliyati g‘oyasi. An’anaviy ta’lim pedagogik jarayonda o‘kituvchining subekt sifatida, o‘quvchini esa obekt sifatida ishtirokiga asoslangan. Bu qoida o‘quvchi o‘z o‘quv faoliyatining subekti haqidagi tasavvur bilan almashinadi. “O‘quvchi-o‘quvchi” munosabatlari hamkorlikning turli shakllari (hamkorlik, birga qatnashish, birga qayg‘urish, birga ijod qilish, birgalikda boshqarish)da qabul qilingan umumiy jamoa hayotiy faoliyatida amalga oshadi.
|
| |