• ‘oya ilk bor D.Dyui tomonidan XX asrning 20 yillarida ilgari surilgan.
  • Hamkorlik ta’limi
  • Hamkorlik ta’limiyo‘nalishlari
  • Hamkorlik ta’limi texnologiyalari
  • Djorj Aronson
  • J.J.Russo, K.D.Ushinskiy, V.A.Suxomlinskiy, A.S.Makarenko
  • Hamkorlik ta’limi texnologiyalarining didaktik mohiyati




    Download 1,21 Mb.
    bet138/200
    Sana09.08.2024
    Hajmi1,21 Mb.
    #269314
    1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   200
    Bog'liq
    Buxoro davlat pedagogika instituti

    1. Hamkorlik ta’limi texnologiyalarining didaktik mohiyati.
    Pedagogik hamkorlik g‘oyalari bugungi kunda pedagogik texnologiyalar mazmuniga singdirilgan va “XXI asr ta’lim Konsepsiyasi” asosini tashkil etadi. Hamkorlik pedagogikasi insonparvarlik pedagogikasi bilan uzviy va o‘zaro aloqadordir. Rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimida hamkorlik pedagogikasi ko‘pdan qo‘llab kelinmoqda. Bu g‘oya ilk bor D.Dyui tomonidan XX asrning 20 yillarida ilgari surilgan. Lekin ushbu pedagogikaning metodik tavsifi 70 yillarning oxiri, 80 yillarning boshlarida dunyoning turli mamlakatlarida Rossiya, Buyuk Britaniya, Kanada, G‘arbiy Germaniya, Avstriya, Gollandiya, Yaponiya, va Isroilda matbuotda e’lon qilingan.

    Hamkorlik ta’limi – o‘quv jarayonida talabalarning jamoada, kichik guruh va juftlikda bilimlarni birgalikda o‘zlashtirishlari, o‘zaro rivojlanishlari, “pedagog-talaba(lar)” munosabatining hamkorlikda tashkil etilishini ifodalovchi ta’lim bo‘lib, uning asosiy g‘oyasi o‘quv topshiriqlarini jamoada, kichik guruhlarda yoki juftlikda birgalikda, o‘zaro hamkorlikda bajarish sanaladi.



    Hamkorlik ta’limiyo‘nalishlari:

    • ta’limiy hamkorlikka asoslanuvchi munosabatlarni tashkil etish;

    • talabalarga insonparvarlik g‘oyalari asosida individual yondashish;

    • ta’lim jarayonida kasbiy va ma’naviy birlikning qaror topishiga erishish.

    Hamkorlik ta’limi texnologiyalari – o‘quv jarayonida talabalarning jamoada, kichik guruh va juftlikda bilimlarni birgalikda o‘zlashtirishlari, o‘zaro rivojlanishlari, shuningdek, “pedagog-talaba(lar)” munosabatining hamkorlikda tashkil etilishini ta’minlovchi ta’limiy xarakterdagi texnologiyalar.
    Hamkorlik pedagogikasining asosiy g‘oyalari keyinchalik Amerikalik olimlar Djorj Aronson (1978), Rodjers va Devid Djonsonlar( 1987) Robert Slavin, (1990), hamda Isroillik olim Shlomo Sharan (1988) tomonidan taklif qilingan va uslubiy jihatdan tavsiflangan.
    Shuningdek, hamkorlik ta’lim texnologiyasining g‘oyalari o‘tgan asrning 80-yillarida J.J.Russo, K.D.Ushinskiy, V.A.Suxomlinskiy, A.S.Makarenko va boshqa novator-pedagoglarning qarashlari asosida shakllangan. Hamkorlik ta’lim texnologiyasi talabalarda intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy qobiliyat, qiziqish, motivlarni rivojlantirish asosida dunyoqarashni hosil qilish maqsadini ilgari suradi. Hamkorlik ta’lim texnologiyasi “Cooperative learning”dan farq qilib, u juftlik va kichik guruhda ishlash orqali talabalarning jamoada faoliyat yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi.

    Download 1,21 Mb.
    1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   200




    Download 1,21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hamkorlik ta’limi texnologiyalarining didaktik mohiyati

    Download 1,21 Mb.