|
Hamkorlik pedagogikasining qo‘yidagi to‘rtta asosiy yo‘nalishi mavjud (12-rasm)
|
bet | 141/200 | Sana | 09.08.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #269314 |
Bog'liq Buxoro davlat pedagogika institutiHamkorlik pedagogikasining qo‘yidagi to‘rtta asosiy yo‘nalishi mavjud (12-rasm):
12-rasm. Hamkorlik pedagogikasining yo’nalishlari.
Shaxsiy–insonparvar yondashuv: shaxsga yangicha qarash ta’lim berishning maqsadi sifatida, ya’ni ta’lim-tarbiya jarayonining shaxsga yo‘naltirilganligi; shaxs subyektdir, har bir bolaning qobiliyati bor va hokazo.
Pedagogik muloqotni insonparvarlashtirish va demokratiyalash:
bolalarga muhabbat, ularning taqdiriga qiziqish;
boladagi umidli ishonch;
hamkorlik, muloqot mahorati;
To‘g‘ridan-to‘g‘ri majbur qilishni bekor qilish;
ijobiy rag‘batlantirishning muhimliligi;
bolalardagi kamchiliklarga sabrli bo‘lish;
o‘qituvchi va o‘quvchi huquqlarini tenglashtirish;
bolaning erkin tanlash huquqi;
xato qilish huquqi;
shaxsiy qarashlarga bo‘lgan huquq;
bola huquqlari haqidagi konvensiyaga amal qilish;
O‘qituvchi-o‘quvchi munosabatlari usuli: ta’qiqlash emas, yo‘naltirish; boshqarish emas, birgalikda boshqarish; majburlash emas, ishontirish; buyruq berish emas, tashkillashtirish; chegaralamaslik, erkin tanlashni yo‘lga qo‘yish.
Zamonaviy sharoitda natijalarga olib kelmaydigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri majburlashdan metod sifatida voz kechish:
majburlovsiz, ishonchga asoslangan talabchanlik;
tug‘ma qiziquvchanlikni hisobga olib o‘qitish;
muvafaqqiyatsizlikka sabab bo‘ladigan majburiy istakni almashtirish;
bolalarning mustaqilligi va mustaqil faoliyatini o‘rnatish;
jamoa orqali bevosita talablarning qo‘llanishi.
Individual yondashuvning yangi talqini:
o‘rta o‘qiydigan o‘quvchilarga yo‘naltirishni bekor qilish;
shaxsning eng yaxshi sifatlarini izlash;
o‘quv–tarbiya jarayonida shaxsning o‘ziga xosliklarini hisobga olish;
shaxs rivojini bashorat qilish(prognozlash);
rivojlanishni, uni korreksiyalashning individual dasturlarini loyihalash.
|
| |