• Tarbiya konsepsiyasi
  • Atrof-muhitni pedagogizatsiyalash.
  • Didaktik faollashtiruvchi va rivojlantiruvchi majmua




    Download 1,21 Mb.
    bet142/200
    Sana09.08.2024
    Hajmi1,21 Mb.
    #269314
    1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   200
    Bog'liq
    Buxoro davlat pedagogika instituti

    Didaktik faollashtiruvchi va rivojlantiruvchi majmua:

    • ta’lim mazmuni shaxs rivojlanishining mazmuni sifatida qaraladi;

    • bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish va umumlashgan fikrlashga o‘rgatish;

    • maktab fanlarini integratsiyalash, umumlashtirishga o‘tilishi;

    • ta’limning variativligi va tabaqalashganligi;

    • o‘rgatishning ijobiy rag‘batlaridan foydalaniladi.

    Tarbiya konsepsiyasi:

    Atrof-muhitni pedagogizatsiyalash. Oila, maktab va ijtimoiy borliq o‘sib kelayotgan avlodni shakllantiruvchi muhim ijtimoiy institutlar sifatida aks etadi. Natijalar barcha uchta tarbiya manbalarining birgalikdagi harakatida aniqlanadi. Bundan bolalarni himoya qiluvchi ijtimoiy va davlat instititutlariga ta’sir etuvchi ota-onalar bilan hamkorlik, omilkor boshqarish g‘oyasi kelib chiqadi.
    Pedagog hamkorlik asosida o‘qituvchilarning o‘zaro mahsuldor muloqotlari ham namoyon bo‘ladi. Bunday hamkorlik bolalar bilan kattalar, bolalarning o‘zaro hamda o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari, ota-onalar va o‘qituvchilar orasida kuzatiladi. O‘qituvchilar orasidagi hamkorlik qay tarzda amalga oshiriladi? degan savolga quyidagicha javob berish mumkin. Bunda birinchi navbatda fanlararo integratsiyaga e’tibor qaratish lozim. O‘quvchilar muayyan bir darsda aniq tarixiy davrga xos voqelik, adabiyot, san’at, madaniyatdagi rivojlanish, ijtimoiy munosabatlar, fan, sanoat, iqtisodga oid munosabatlarni uyg‘un tarzda o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shu maqsadda fan o‘qituvchisi yondaosh o‘quv predmetlaridan dars beradigan o‘qituvchilar bilan o‘zaro hamkorlikka kirishadi. Natijada faoliyat xarakteridan kelib chiqqan holda o‘qituvchilar orasida samarali faoliyat muhiti qaror topadi.
    Shu nuqtaiy nazardan qaraganimizda, o‘qituvchilik kasbi o‘zining mazmuni va bajaradigan vazifalarining ko‘lamiga ko‘ra hissiy jihatdan mehnatning katta bosim ostida kechadigan turi hisoblanadi. Aksariyat o‘qituvchilar o‘z ish faoliyatlarini hissiy-intellektual jihatdan kuchli bosim ostida kechadigan harakat sifatida baholaydilar. Ko‘pchilik o‘qituvchilar bu bosimning doimiy ekanligini e’tirof etadilar. O‘qituvchilarning kasbiy faoliyatlari muayyan darajadagi jismoniy yuklamani bajarishni ham talab qiladi. Bu esa kasbiy faoliyatning zo‘riqish talab qilishini tasdiqlaydi. O‘qituvchilarning kasbiy faoliyatidagi zo‘riqish pedagogik hamkorlik jarayonida ziddiyatli vaziyatlarni ham keltirib chiqaradi. Bunday vaziyatlarda vujudga kelgan ziddiyatlarni bartaraf etish zaruriyati kuchli. Aks holda bunday ziddiyatlarni bartaraf etmaslik natijasida shaxslararo munosabatlarda murakkab vaziyat vujudga kelib, ta’lim subektlari orasidagi muloqot va hamkorlik murakkablashadi. Vujudga kelgan turli-tuman nuqtai nazarlarni samarali muvofiqlashtirish va boshqarish uchun ularning har biri muayyan xulq-atvor strategiyalarini qo‘llash orqali echilishi lozim. Buning uchun o‘qituvchilar vujudga kelgan ziddiyatli vaziyatlarni har tomonlama chuqur tahlil qilish tajribasiga ega bo‘lishlari kerak. SHundagina ziddiyatli jarayon ishtirokchilari o‘zaro kelishuvga erishib, muammoga echim topishlari mumkin.

    Download 1,21 Mb.
    1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   200




    Download 1,21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Didaktik faollashtiruvchi va rivojlantiruvchi majmua

    Download 1,21 Mb.