|
Hamkorlik ta’lim texnologiyasining tarkibiy elementlari
|
bet | 139/200 | Sana | 09.08.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #269314 |
Bog'liq Buxoro davlat pedagogika institutiHamkorlik ta’lim texnologiyasining tarkibiy elementlari:
1. Tayanch konspekt (fizik, matematik va kimyoviy formulalar, tezislar, izohlovchi suratlar, qisqacha xulosalar, ramziy belgilar, sxemalar, grafiklar, jadvallar, diagrammalar)dan foydalanish.
2. Bilimlarni test asosida sinovdan o‘tkazish.
3. Talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini baholash.
Hamkorlik ta’lim texnologiyasi tamoyillari:
juftlik va kichik guruh a’zolarining o‘zaro birligi;
juftlik va kichik guruhda har bir a’zoning shaxsiy va guruh muvaffaqiyati uchun javobgarligi;
kichik guruhda hamkorlikka asoslangan o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish;
guruh va jamoa ishining umumiy baholanishi.
Hamkorlik ta’lim texnologiyasining belgilari:
talaba shaxsi, individualligiga e’tibor qaratish;
tayyor bilimlarni o‘zlashtirish va ularni qayta ishlab chiqishni inkor qilish;
talabalarda mustaqil va tanqidiy tafakkurni rivojlantirish;
pedagogga va tengdoshlarga nisbatan ijobiy munosabatning yuzaga kelishini ta’minlash;
talabalarda madaniy muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish;
hamkorlik va o‘zaro tenglikka asoslangan muhitni yaratish.
Hamkorlik ta’lim texnologiyasini qo‘llashda talabalar quyidagi shakllarda ta’lim oladilar:
1) jamoada;
2) kichik guruhda;
3) juftlikda
1-variant: Jamoada ta’lim olish. Har bir talabaning yutuqlaridan jamoa xabardor bo‘ladi, chunki jamoa har bir talaba tomonidan o‘quv materialining muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishidan manfaatdor. Zero, jamoaning muvaffaqiyati har bir talaba va uning yutug‘iga, jamoa oldiga qo‘yilgan muammoning yechimiga bog‘liq.
2-variant: Kichik guruhda ta’lim olish. Talabalar 4-5 nafardan bo‘lib, kichik guruhlarga birlashib, blok holida berilgan o‘quv materiali ustida ishlaydi. Har bir talaba material ustida alohida ishlaydi. So‘ngra bir guruhdagi talabalar boshqa guruhlarga 1 nafardan bo‘lib o‘tishadi va o‘zlari o‘rgangan material bo‘yicha ekspert sifatida tengdoshlariga ma’lumot bergandan so‘ng o‘z guruhlariga qaytirib, tengdoshlaridan o‘zlashtirgan ma’lumotlar bilan o‘z jamoasi a’zolarini tanishtiradi. Bunda sheriklarni diqqat bilan tinglash, zarur ma’lumotlarni o‘z daftarlariga qayd etib borish talab qilinadi. Mashg‘ulot so‘nggida o‘qituvchi istalgan talabadan o‘rganilgan mavzu bo‘yicha savollarga javob berishini so‘raydi.
|
| |