|
Hamkorlikdagi vaziyatlarni vujudga keltirish metodi
|
bet | 147/200 | Sana | 09.08.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #269314 |
Bog'liq Buxoro davlat pedagogika instituti4. Hamkorlikdagi vaziyatlarni vujudga keltirish metodi o‘quvchilarni tabiiylikka intilishga chorlaydi. Shu tariqa hamkorlikdagi vaziyatlarni vujudga keltirish metodi quyidagilarni taqozo etadi:
- Verbal muloqot vositasida hamkorlikdagi vaziyatlarni bayon qilish;
- muayyan vaziyatlarni mustaqil o‘rganish va sinfdoshlari bilan muhokama qilish;
- o‘quvchilarning vaziyatlarni birgalikda muhokama qilish jarayonlarini o‘qituvchi tomonidan boshqarish;
- muhokamalar jarayonida o‘quvchilarga muamolarning echimlarini topish zarurligini anglatish kabilar.
Hamkorlik vaziyatlarida o‘quv harakatlarini amalga oshirish uchun o‘quvchilarning faolliklariga e’tibor qaratish asosida ularning diqqatlarini aniq voqelikni tushunish va muhokama qilishga jalb etish lozim. Bu shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning o‘ziga xos jihati hisoblanadi.Mazkur jarayonda o‘quvchilar mustaqil ishlash va tashabbus ko‘rsatish tajribasini egallaydilar.
Hamkorlik vaziyatlarida muhokama predmeti aniq namoyon bo‘lishi kerak. Hamkorlikda ishlash vaziyatlarini vujudga keltirishda quyidagi qoidalarga tayanish talab etiladi. Jumladan:
1. Hamkorlikdagi o‘quv vaziyati ta’lim maqsadini amalga oshirish uchun o‘qituvchi tomonidan maxsus loyihalashtiriladi va tashkil etiladi. O‘quv jarayoni maqsadidan kelib chiqqan holda o‘qituvchi tashkil etiladigan hamkorlikdagi o‘quv vaziyatiga metodik ishlov beradi. Buning uchun u o‘quv vaziyatida amalga oshiriladigan muhokama jarayonini aniq maqsadga yo‘naltirishi, ijodiy muhitni vujudga keltirishi va boshqarishi lozim.
2. Hamkorlikdagi o‘quv vaziyati muayyan o‘quv kursi yoki o‘quv predmeti mazmunidan kelib chiqqan holda tashkil etilishi kerak. Mazkur o‘quv vaziyatida o‘quvchilarga aniq o‘quv materiallari yordamida ilmiy dunyoqarash va muayyan ko‘nikmalar shakllantiriladi, ularning bilish faoliyatlari kengaytiriladi.
3. Hamkorlikdagi o‘quv vaziyatlari turli-tuman mazmunga ega bo‘lishi mumkin, lekin ularning barchasi o‘quvchilarda aniq axborotlarni tahlil qilish, sabab-oqibat bog‘lanishlarini aniqlash, asosiy muammolarni ajrata olish ko‘nikmalarini shaklantirishi talab qilinadi.
O‘qituvchi muayyan o‘quv maqsadini amalga oshirishga qaratilgan hamkorlikdagi vaziyatlarni vujudga keltirishda nimalarga e’tibor qaratishi lozim? degan savolga javob topishi muhim ahamiyatga ega. Bu savolga javob topish uchun quyidagilarga e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir:
- hamkorlikdagi o‘quv vaziyatlarida o‘quvchilar oldiga aniq echimni talab qiladigan topshiriqlar qo‘yish;
- o‘quvchilar oldiga echimi qo‘shimcha axborotlar izlashni talab qiladigan muammolarni qo‘yish;
- hamkorlikdagi o‘quv vaziyatini davom ettirish imkonini beradigan dolzarb muammolarga echim topishga o‘quvchilarni undash;
- o‘quvchilar oldiga muammolar qo‘yish uchun qulay bo‘lgan tipik vaziyatlarni tashkil etish kabilar.
|
| |