|
Buxoro davlat pedagogika instituti
|
bet | 30/200 | Sana | 09.08.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #269314 |
Bog'liq Buxoro davlat pedagogika institutiKomenskiy maktabning aniq tartibini tabiatdan olmoq kerak, tabiatni ham o’z harakatlarida namoyon qilayotgan jarayonlarini kuzatishga asoslanib bilish lozim, deb ta’lim beradi. Ta’lim-tarbiya “Bolaning tabiiy qobiliyatlariga moslansa, yengil va osonroq o’qitish mumkin”.
1. O’qishni o’z vaqtida, ya’ni kishining fikri boshqa narsalarga bo’linmasdan turib boshlash kerak.
2. Bolaning aqli o’qitish uchun yetarli darajada tayyorlagan bo’lishi lozim.
3. O’qitishda umumiydan xususiyga qarab borishi lozim.
4. Osonroq narsalarni o’rgatishdan qiyinroq narsalarini o’rganishga o’tish kerak.
5. O’rganiladigan material ko’plik qilib, bolani qiynab qo’ymasin.
6. Hamma narsani sekin-asta o’rgata borish lozim.
7. Bolaning yoshiga to’g’ri kelmaydigan narsalarni unga majburan o’rgatmaslik kerak.
8. Hamma narsa tashqi sezgi organlari orqali idrok etilishi zarur.
9. O’qitishni har doim bir usulda olib borish kerak.
Komenskiy bolalarni 6 yoshga qadar Onalar maktabida tarbiyalashni taklif qiladi. Bolalik davrida jamoalar va qishloqlarda ona tilida olti yillik boshlang’ich maktab bo’lishi lozim. O’smirlar uchun shaharlarda lotin maktabi yoki gimnaziya bo’lishi kerak.
Komenskiy hamma uchun umumiy maktab bo’lishi lozim degan fikrni ilgari surdi. Uning fikricha onalar maktabida bolalar boshlang’ich ma’lumot, tabiat ilmi sohasida suv yer, havo, olov, yomg’ir, qor, muz, tosh, temir, daraxt, o’simlik, qush, ho’kiz va hokazolar nima ekanligini bilib olishlari kerak.
Komenskiy shunday yozadi: “Agar kishi biror marta qand yegan bo’lsa, tuyani bir ko’rgan bo’lsa, bulbul xonishini bir marta eshitgan bo’lsa, bularning hammasi xotirada mustahkam qoladi va esdan chiqib ketmaydi”. Ko’z bilan ko’rilgan narsani isbotlashning hojati yo’q. Shuning uchun Komenskiy maktablar va muallimlar darslarda ko’rsatma qurollarni ko’proq ishlatishi zarur deb bildi.
Komenskiy butun dunyoda pedagogik fikrlar va maktablar taraqqiyotida juda katta ta’sir ko’rsatdi. Shuning uchun ham butun insoniyat Komenskiyni qadrlaydi.
|
| |