• Adolf Distervergning rivojlantiruvchi ta’lim nazariyasi.
  • Buxoro davlat pedagogika instituti




    Download 1,21 Mb.
    bet28/200
    Sana09.08.2024
    Hajmi1,21 Mb.
    #269314
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   200
    Bog'liq
    Buxoro davlat pedagogika instituti

    Iogann Fridrix Gerbart Germaniyada tug’ildi. Gerbart dastlab lotincha klassik maktabda, so’ngra esa Iyen universitetida o’qidi.
    Gerbart o’zining «Tarbiya maqsadlaridan kelib chiqqan umumiy pedagogika» (1806), «Psixologiya darsligi» (1816), «Psixologiyani pedagogikaga tatbiq qilish to’g’risidagi xatlar» (1831), «Pedagogikaga doir leksiyalar ocherki» (1835) degan kitoblarida pedagogikaga doir g’oyalarini keng bayon qilib berdi.
    Gerbart tarbiyaning mohiyati bolaning ko’nglini tasavvurlar bilan boyitishdan iborat deb hisoblab, bolaga fazilatli xulq g’oyalarini va sabablarini singdirishni va shu asosda unda axloqiy xarakter vujudga keltirishni istaydi.
    Gerbart tarbiya jarayonini boshqarish, o’qitish va axloqiy tarbiya berish, deb uch bo’lakka bo’ladi.
    Gerbart axloqiy ta’limning nihoyat darajada intelluktualizm ruhi bilan sug’orilgan tizimini ishlab chiqdi. Uning pedagogika tizimida o’qituvchining o’qitish vositasi bilan o’quvchi ongiga axloqiy tushunchalarni singdirishga katta ahamiyat beriladi.
    Gerbart axloqiy tarbiya prinsiplari boshqarish prinsialariga qarama-qarshidir. Boshqarish bolaning irodasi va ongini tartibga solib turadi. Axloqiy tarbiya tizimida esa tarbiyalanuvchida mavjud bo’lgan yaxshi belgilarning hammasi axloqiy tarbiya metodlariga tayanch bo’lishi lozim. Axloqiy tarbiya «tarbiyalanuvchining yaxshi xislatlarini chuqur ma’qullash vositasi bilan uning «o’z shaxsini» o’zining nazarida ulug’lashga» intilishi lozim. Tarbiyachi hatto yo’ldan ozgan tarbiyalanuvchining ham yaxshi belgilarini topishi va bunga darhol erisha olmasa, umidsizlikka tushib qolmasligi zarurdir. Axloqiy tarbiya tizimida «bir uchqun shu ondayoq ikkinchi uchqunni chaqnatishi mumkin».
    Adolf Distervergning rivojlantiruvchi ta’lim nazariyasi. Atoqli nemis pedagogi Fridrix Vilgelm Adolf Disterverg (1790-1866) XIX asr o’rtalarida demokratik pedagogikaning taraqqiyparvar namoyandasidir. Uning fikricha, maktabning vazifasi «chinakam prussiyaliklar» emas, balki insonparvar kishilar va ongli fuqarolar tarbiyalab etishtirishdir. Odamlarda insoniyatga va o’z xalqiga bo’lgan muhabbat bir-biriga chambarchas bog’langan holda rivojlantirilishi lozim. Disterveg “inson – mening nomim, nemis – mening laqabimdir” deydi.
    Disterveg o’qituvchilar bolalar diqqati, xotirasi, tafakkurining o’ziga xos belgilarini sinchiklab o’rganishlari kerak, deb aytdi: u psixologiyani “tarbiya to’g’risidagi fanning asosi” deb bildi. Distervegning katta xizmati shundaki, u pedagoglik tajribasini pedagogikani taraqqiy ettirishning manbai deb hisobladi. U mohir pedagoglarning bolalarni tarbiyalash va bu sohadagi ish tajribalarini o’rganish zarurligini ko’rsatib berdi.
    Disterveg tabiatga uyg’un bo’lish tamoyiliga qo’shimcha ravishda tarbiya madaniyat bilan uygun tavsifda bo’lishi ham kerak, deb talab qildi. U bunday deb yozadi: “Tarbiyalash chog’ida odamning tug’ilgan va u yashashi kerak bo’lgan joy hamda vaqt sharoitini, xullas, keng va umumiy hajmdagi butun zamonaviy madaniyatni e’tiborga olishi zarur”.

    Download 1,21 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   200




    Download 1,21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buxoro davlat pedagogika instituti

    Download 1,21 Mb.