• QABUL QILDI: ________________ BUXORO - 2023
  • Buxoro davlat universiteti 9-10 iqts-19 gurux talabasi




    Download 49.82 Kb.
    Sana06.11.2023
    Hajmi49.82 Kb.
    #94782
    Bog'liq
    Документ Microsoft Word (5)
    bir-jinsli-chiziqli-algebraik-tenglamalar-sistemasi, KURS ISHI, Sikloalkanlar - 2019, 634296, Mavzu, Mavzu Elektron biznesda narx siyosati, narxni shakllantirish re, 2 5217485198408552314, ingliz tili, O\'tkinchi jarayonlar. Nazirova Z.G, Sinxron generatorlar maydonini so‘ndirish. Reja-fayllar.org, a, Elektr yuritmalarning mexanik qismlarini elementlarini tahlili, Hikmatillo biznes reja, MAVZU

    BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
    9-10 IQTS-19 GURUX TALABASI


    INNOVATSION IQTISODIYOT fanidan



    MUSTAQIL ISH


    MAVZU: Korxonalarda eksport salohiyatini oshirishda innovatsion marketing texnologiyalaridan samarali foydalanish


    BAJARDI: S.Muxammadov
    QABUL QILDI: ________________


    BUXORO - 2023


    MAVZU: Korxonalarda eksport salohiyatini oshirishda innovatsion marketing texnologiyalaridan samarali foydalanish

    REJA:


    1. O‘zbekiston iqtisodiѐtida sanoat korxonalarining tutgan o‘rni


    2. Innovatsion salohiyat tushunchasi mohiyati va uning ob’ektiv zarurati
    3. Sanoat korxonalari innovatsion salohiyati va uning tarkibiy qismlari
    4. Sanoat korxonalarida innovatsion rivojlanish omillari va funksional vazifalari
    5. Sanoat korxonalarining innovatsion salohiyati va faolligini oshirish yo‘nalishlari
    6. Sanoat korxonalarining innovatsion salohiyatini oshirishda investitsiyalarni jalb qilish va uning ta’sirini takomillashtirish istiqbollari
    O‘zbekistonda iqtisodiѐt tarmoqlarini har tomonlama rivojlantirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, kichik biznes, xususiy tadbirkorlik borasidagi faoliyatni yanada takomillashtirish, ularning samarali ishlashi uchun zarur shartsharoitlarini yaratish, istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlab, ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom etmoqda. Bu borada belgilangan dasturlar va chora-tadbirlar bajarilib, sanoat sohasini rivojlantirishda ijobiy natijalarga erishilmoqda.

    Ma’lumki, sanoat iqtisodiѐtda muhim o‘rin tutib, u boshqa tarmoqlar kabi mehnat taqsimoti natijasida ajralib chiqqan. Sanoat tarmog‘i ishlab chiqarish vositalari va iste’mol tovarlarining asosiy qismi ishlab chiqariladigan, hamda ѐqilg‘i va xom ashѐ qazib olinadigan fabrika, zavod, elektrostansiya, shaxta, konlar, ishlab chiqarish kompaniyasi konsernlar va konsersiumlaridan tashkil topgan sanoat korxonalarining yig‘indisidan iborat bo‘ladi.


    Avvalo, sanoat iqtisodiѐtida ishlab chiqargan mahsulotlarining hissasi, asosiy fondlar qiymati va tarmoqda band bo‘lganlarning hissasi bilan ajralib turadi. Bugunggi kunda sanoatda 100 dan ortiq tarmoq bo‘lib, ulardan 6 tasi negiz tarmoqlar (ѐqilg‘i-energetika, tog‘-kon, metallurgiya, mashinasozlik, yengil va oziq-ovqat) hisoblanadi. Shular qatorida sanoatning mamlakat iqtisodiѐtidagi o‘rni yana shu bilan belgilanadiki, u iqtisodiѐt rivojining umumiy yo‘nalishini belgilab beradi, fan-texnika taraqqiѐtining ilg‘or yutuqlarini birinchi bo‘lib o‘zida qo‘llaydi va boshqa tarmoqlarni ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlovchi asosiy tarmoq bo‘lgani uchun ularga fan-texnika yutuqlarining kirib borishiga zamin yaratib beradi.


    Dunѐning rivojlangan mamlakatlari sanoatida qo‘llanilaѐtgan avtomatlashtirish, robotlashtirish va kompyuterlashtirish kabi fantexnika yutuqlari O‘zbekiston sanoatida keng qo‘llanilmoqda. Natijada, respublikamiz hozirgi kunda jahon bozoriga nafaqat xom ashѐ mahsulotlari, balki tayѐr sanoat mahsulotlari yetkazib beruvchi mamlakatga aylanmoqda. Xususan, O‘zbekiston keng fyuzelyajli samolѐtlar kabi yuqori texnologiyali, ilm talab mahsulotlar, hamda jahon standartlari talablariga javob beruvchi avtomobillar, traktorlar, paxta terish mashinalari, sanoat va maishiy elektronika, aloqa texnikalari va boshqa murakkab mahsulotlar ishlab chiqaruvchi mamlakat bo‘lib hisoblanadi.


    Darhaqiqat, sanoat tarmog‘i ishlab chiqarish vositalari va iste’mol tovarlarining asosiy qismi ishlab chiqariladigan, hamda ѐqilg‘i va xom ashѐ qazib olinadigan fabrika, zavod, elektrostansiya, shaxta, konlar, ishlab chiqarish kompaniyasi, konsernlar va konsorsiumlardan tashkil topgan sanoat korxonalarining yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Ushbu korxonalar o‘z asosiy fondlari (binolar, jihozlar), aylanma mablag‘lari (pul kapitali, xom ashѐ va ѐrdamchi materiallar) va ishchi-xodimlariga ega bo‘lgan birlamchi ishlab chiqarish bo‘limi sifatida olib qaraladi.
    Hozirgi kunda mamlakat hududlarida yengil sanoat ko‘p tarmoqli industrial kompleks sifatida to‘qimachilik, ip yigirish, tikuvchilik, trikotaj, poyabzal va ipakchilik sohalarda 2500 dan ortiq korxonalar, shuningdek 130 dan ortiq qo‘shma korxonalar samarali faoliyat yuritmoqda. Yengil sanoat tarmoqlari orqali jamiyat haѐti uchun zarur mahsulotlarga talabni qondirish amalga oshirilib, bu holat har bir davlat uchun muhim masala va aholi farovonlik darajasi belgilanishining asosi hisoblanadi. Shu boisdan ham, tayѐr kiyimlar iste’moli shakllanishi, shakllanish xususiyatlarini har bir mamlakat uchun aloxida o‘rganish va uning rivojlanishi bo‘yicha muammolarga jiddiy ѐndashuv talab etiladi.
    Ayniqsa, kiyimlar - O‘zbekiston aholisi uchun talabi yuqori bo‘lgan iste’mol tovarlari hisoblanganligi, iste’mol xarajatlarining 6 foizini tashkil etishish, ushbu bozorni rivojlantirish masalalari o‘rganishni taqozo etadi. Shulardan kiyim sanoati O‘zbekiston industriyasining eng rivojlangan tarmoqlaridan biri xisoblanib, jaxon mamlakatlari ichida bu tarmoqni rivojlanishi uchun o‘ziga xos qulay marketing muhiti shakllanganligi bilan ajralib turadi.
    Shundan kelib chiqib, O‘zbekistonning jaxon tayѐr kiyimlari bozoridagi ulushi va uning uzoq muddatli strategiyasini belgilash va modalar biznesini rivojlanishi, kiyimlar bozorida marketing tadqiqotlarini tashkil etish, bozorni import tovarlardan himoyalash choralarini belgilash va kiyimlar bozorida talabni shakllanish omillarini o‘rganishda keng foydalanish mumkin. Xususan, ishlab chiqarishni rivojlanishi, bozordagi raqobatni kuchayishi natijasida tikuv va trikotaj mahsulotlari chakana savdo narxlarni pasayishi kuzatilgan. Shunga muvofiq, chakana savdo aylanmasining o‘sishi past darajada bo‘lgan

    O‘zbekiston hududlarida kiyimlar chakana savdo aylanmasi asosan bozor komplekslari, supermarketlar, magazinlar, ishlab chiqaruvchilarning ixtisoslagan magazinlari, butik va mayda sotuvchilardan iborat bo‘ladi. Hamda kiyimlar chakana savdosini ichki bozorda hech qanday cheklovlarsiz amalga oshirish imkoniyatlari mavjud. Biroq, chakana tovar aylanishi hajmiga bevosita kuchli ta’sir etuvchi omil aholi iste’molining o‘zgarishi hisoblanadi. Iqtisodiy farovonlik darajasi tahlili uy xo‘jaliklarining iqtisodiy resurslarga egalik qilish darajasini ѐki sotib olish ѐki jamg‘arish, shuningdek, ularni tanlash qiymati nazarda tutiladi.


    Aholi daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya, turli xil ѐrdam shaklidagi pul tushumlari, mulkdan foiz, divident, renta shaklidagi daromadlar, qimmatli qog‘ozlar, ko‘chmas mulk, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish, hunarmandchilik, kasanachilik, turli xil xizmatlar ko‘rsatish va moliyakredit, banklardan keladigan daromadlardan tashkil topadi. Mazkur holatni ko‘rsatuvchi xususiy ko‘rsatkichlar ularni iste’mol tovarlari sotib olishi, xizmatlardan foydalanishi va ularning miqdori orqali aniqlanadi.

    Shuni aytish lozimki, respublikamiz iqtisodiѐtida sanoat majmuasining har qanday tarmog‘i ichki tuzilmasidagi o‘zgarishlar amalda boshqa tarmoqlar bo‘lgan qishloq xo‘jaligi, agrosanoat majmuasining boshqa sohalari, qazib oluvchi tarmoqlar bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Ayniqsa, sanoat tarmoqlari orasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi va agrosanoat majmuasiga xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar tarixan yetakchi mavqega ega. Shuningdek, kimѐ va neft kimѐsi, mashinasozlik, elektronika, energetika, metallurgiya, yengil va qurilish materiallari sanoati jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Hamda O‘zbekiston o‘zining oltini, paxta tolasi va ipagi, nefti va gazi, samaliѐt va avtomobillari, paxta terish mashinasi va paxtani qayta ishlash mashinalari bilan, vino va konservalari hamda bir qator boshqa sanoat mahsulotlari bilan dunѐga mashhur hisoblanadi.


    Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zbekiston iqtisodiѐtida sanoat tarmog‘ini rivojlantirish quyidagi ustuvor yo‘nalishlardan iborat bo‘ladi:


    - paxta tolasini qayta ishlash salmog‘ini ko‘paytirish va hajmini yanada oshirish;


    - ishlaѐtgan korxonalarni texnik qayta jixozlash va modernizatsiyalash, yuqori texnologiyali yangi korxonalarni barpo etish;
    - ichki bozorni tayѐr mahsulotlar bilan ta’minlash va tarmoq eksportining salohiyatini oshirish;
    - kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish.

    Bularning natijasida sohada muntazam texnik va texnologik yangilash, soha infratuzilmasini jadal rivojlantirish, eksport salohiyatini yuksaltirish, xorijiy investitsiyalar jalb etish va yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish masalalari hal qilinadi.


    Umuman olganda, O‘zbekiston iqtisodiѐtida sanoat tarmog‘ining rivojlanishi ishlab chiqarish jaraѐni to‘g‘ri tashkil etish, uning turlarini barqaror keng taraqqiy qildirish, tayѐr mahsulot ishlab chiqarishga to‘la o‘tkazish, boshqa korxonalar bilan integratsion-innovatsion hamkorlik aloqalarini takomillashtirish kabi ustuvor vazifalarni amalga oshirish asosida ta’minlanadi.


    Iqtisodiѐtda innovatsion salohiyat tushunchasi innovatsiyalarni aniqlash maqsadida qo‘llaniladi. Uning mohiyati va ob’ektiv zarurati mazkur tushunchani yaxshilash bilib olishga imkon beradi. Avvalo, “innovatsion salohiyat” tushunchasi XX asr 70-yillaridan boshlab kirib kelgan. U bir qator olimlarning uslubiy va nazariy tadqiqotlarida aniqlashtirilgan hamda ishlab chiqilgan. Biroq, shu kungacha ham mazkur tushunchaning dunѐda umumqabul qilingan yagona ta’rifi ishlab chiqilmagan. Ya’ni, har bir olim ѐki mutaxassis o‘z davlatining xususiyatlarini inobatga olgan holda innovatsion salohiyatni o‘ziga xos talqin etadi.


    Avvalo, “salohiyat” tushunchasining turli xil talqinlarini ko‘rib chiqqan holda, innovatsion salohiyat ta’rifi quyidagicha izohlanadi. Ya’ni, “salohiyat” tushunchasi lotincha “potential” so‘zidan kelib chiqib, “imkoniyat, kuch va qudrat” degan ma’nolarni bildiradi. Biroq, yirik iqtisodiy lug‘atda “salohiyat” tushunchasi “mavjud vositalar majmui”, “har qanday sohadagi imkoniyatlar” va “mavjud manbalar, vosita va zahira” sifatida ta’riflanadi.


    Darhaqiqat, “salohiyat” tushunchasining yuqorida keltirilgan talqinlarning umumiy jihati sifatida muayyan maqsadlarga erishishda talab qilinadigan va zarur bo‘lgan ba’zi vositalar majmui hamda nimanidir amalga oshirilishida qandaydir imkoniyatlarning mavjudligidan tashkil topgan bo‘ladi. Biroq, korxonaning iqtisodiy haѐtiy sikli innovatsion salohiyatni baholash va uning raqobatbardoshligini aniqlashda muhim tarkibiy qism sifatida qaraladi hamda mavjud iqtisodiy salohiyatdan foydalanilganlik natijasi va uni yanada rivojlantirishning ilmiy asosi hisoblanadi.


    Shu boisdan ham, ilmiy adabiѐtlarda “iqtisodiy salohiyat” tushunchasining bir qancha talqinlari va ѐndashuvlari mavjud. Shuningdek, mualliflar iqtisodiy salohiyatning “innovatsion salohiyat” kabi kategoriya bilan o‘zaro aloqalariga turlicha qarashadi. Masalan, birinchi ѐndashuvda iqtisodiy salohiyatni milliy iqtisodiѐt tarmoqlarining barcha imkoniyatlari sifatidagi talqini. Bu borada L.I.Lopatnikova, L.P.Kurakova, V.N.Mosina va D.M.Kruklar iqtisodiy salohiyatni “xalq xo‘jaligining sanoat, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi, kapital qurilishni amalga oshiruvchi, yuk tashish va aholiga xizmat ko‘rsatish sohalaridagi barcha imkoniyatlar” sifatida talqin etiladi.


    Yuqoridagilardan kelib chiqib, “resurslar” va “salohiyat” tushunchalari prinsipial jihatdan bir qator farqlarga ega. Jumladan, resurslar tizimning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati sub’ektlariga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud tizimning salohiyati bo‘lsa ijtimoy-iqtisodiy faoliyat sub’ektlaridan ajralmas sanaladi.


    Uchinchi ѐndashuv “iqtisodiy salohiyat” tushunchasi “iqtisodiy kuch” va “xalq xo‘jaligi salohiyati” tushunchalari bilan bir xil va sinonim deb qaraladi. Boshqa bir muallif esa bunga qarama-qarshi fikr bildirib “xalq xo‘jaligi” tushunchasi o‘z navbatida “iqtisodiѐt” tushunchasidan kengroq ma’no kasb etganligi tufayli “xalq xo‘jaligi salohiyati” kategoriyasi “iqtisodiy salohiyat” kategoriyasiga qaraganda kengroq ekanligini ta’kidlab o‘tgan.


    To‘rtinchi ѐndashuvda iqtisodiy salohiyat xo‘jalik faoliyati sub’ektlarining o‘zaro sanoat va iqtisodiy munosabatlarining natijasi sifatida talqin qilinadi. Bu haqda L.Sosnenkoning fikricha, iqtisodiy salohiyatga ijtimoiy va sanoat tizimining tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishda ularning imkoniyatlaridan to‘laligicha foydalanishi hamda sanoat va boshqaruv aloqalari bilan bog‘liq holda qarash kerak.


    Ilmiy salohiyat - ilmiy-fundamental va fundamental tadqiqotlarga amalga oshirishga yo‘naltirilgan resurslar va sharoitlar majmuidir. Ilmiy-texnik salohiyat - o‘zida tajriba konstruktorlik va texnik ishlarni qamrab oluvchi amaliy tadqiqot ishlarini amalga oshirish sharoitlari va resurslari majmui sanaladi. Mazkur ilmiy, ilmiy-texnik va innovatsion salohiyatlar yagona innovatsion siklning o‘zaro bog‘liq va birbirlarini to‘ldiruvchi tarkibiy qismlari hisoblanadi: g‘oyaning paydo bo‘lishi, fundamental va amaliy tadqiqotlar, tajribali konstruktor va texnik ishlanmalar, tajriba namunasi, sanoat sinovlari, ishlab chiqarishda o‘zlashtirish seriyali ishlab chiqarish, tijoratlashtirish, mahsulotni amalda qo‘llash.


    Shuningdek, har qanday tizimning innovatsiya faoliyati uning rentabelligi va rivojlanishini yuqori sur’atlarda amalga oshishini va raqobatbardoshligini ta’minlovchi asosiy yo‘llaridan biri hisoblanadi. Bu innovatsiya haѐtiy siklini quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

    - ilmiy tadqiqot ishlari;


    - tajriba konstruktorlik ishlari;
    - innovatsiyalarni ishlab chiqarish;
    - innovatsiyalarni ekspluatatsiya qilish;
    - innovatsiyalarni rutinizatsiya qilish.

    Darhaqiqat, innovatsion jaraѐn invensiya, novatsiya, innovatsiya, diffuziya va rutinizatsiya kabi bosqichlardan tashkil topadi. Eng keng tarqalgan variantda tadqikot va texnik bosqich vazifalari ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishga mo‘ljallangan tashkilotlar tomonidan amalga oshirilsa, ishlab chiqarish tashkilotlari innovatsiyalarni ishlab chiqarishga jorish etish vazifalarini bajaradi.


    Korxonaning tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlarini amalga oshirish imkoniyatlari ularning ko‘lami va qamrovini aniqlovchi omil sifatida tashkilotning inson kapitali, ya’ni intellektual, ta’lim saviyasi va kadrlar malakasi maydonga chiqadi, ish o‘rinlarining texnik jihozlanganligi, ishlab chiqarish fondlari va eksperimental baza holati, innovatsion jaraѐnlarni moliyalashtirish hisoblanadi.


    Shunday qilib, innovatsion salohiyat tushunchasi turli ishlanmalar va tadqiqotlarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning soni, faoliyati unumdorligi, samaradorligi, intellektual mulk ob’ektlari, innovatsiya sohasidagi mutaxassislar, olimlar, kadrlar soni, moliyalashtirish va moddiy ishlab chiqarish bazasi, mamlakatda va shu jumladan xorijda ham ilmiy axborotlar, innovatsiya va innovatsion faoliyat axborotlari, ilmiy maktablar va ularning milliy, dunѐ ilm-fanida tutgan o‘rni kabilarni o‘z ichiga qamrab oluvchi innovatsion faoliyat resursidir.


    Yuqoridagilardan kelib chiqib, resurslarning teng jamlanmasi turli sharoitlarda bir xil iqtisodiy natijalarga erishishni kafolatlamaganligi va innovatsion salohiyatni resurslarning majmui sifatida qaralishi ushbu tushunchaning iqtisodiy mohiyatini aks ettirmaydi. Innovatsion salohiyat, to‘plangan resurslardan tashqari, o‘zida iqtisodiy sub’ektlarning maqsadlariga erishishida foydalanishi mumkin bo‘lgan qo‘llanilmagan, yashirin imkoniyatlarni ham qamrab oladi


    Umuman olganda, imkoniyat - nimanidir amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘, sharoit va shartlardir.


    Innovatsion salohiyat tushunchasining mohiyati va uning ob’ektiv zaruratidan kelib chiqib, innovatsion salohiyat korxona ѐki tashkilotning faoliyat ko‘rsatishi, mulkchilik shakli, tashkiliy-huquqiy maqomi, o‘lchamlariga asoslanib, bir xo‘jalik yurituvchi sub’ektning yangi ishlanmalarni ishlab chiqish, kashfiѐtlar ѐki ixtirolar, foydali modellarni yaratish, ularni joriy faoliyatida samarali qo‘llash bo‘yicha mavjud barcha intellektual, moliyaviy, kadrlar, axborot, moddiy-texnik va boshqa resurslari hamda imkoniyatlari yig‘indisidir.


    Innovatsion salohiyat jamiyat taraqqiѐtining qonuniyatlariga ko‘ra, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bir tekisda davom etmasdan, quyidan yuqoriga va oddiylikdan murakkablik tomon yuksalish tamoyillariga asoslanadi hamda taraqqiѐtning universal qonuniyati hisoblanadi. Hamda har bir zamon iqtisodiѐti o‘zining siѐsiy va ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmasiga asoslanadi. Bunda iqtisodiѐt ishlab chiqarish vositalari, innovatsion texnika va texnologiyalarga ega bo‘ladi.


    Aynan mazkur ikki jihat har bir davrning iqtisodiy rivojlanishida o‘zining izini qoldiradi va rivojlanish darajasini belgilab beradi. Mazkur ziddiyatlarning mazmuni bevosita iste’mol bilan ishlab chiqarishning vaqt nuqtai-nazaridan mos kelmasligi va ishlab chiqarish usulidan oldinda yurish kabi holatlarda namoѐn bo‘ladi


    Jumladan, bu holat iqtisodiy transformatsiya jaraѐnlarini vujudga keltiradi, ya’ni rivojlanishning bir bosqichidan keyingi takomillashgan bosqichiga o‘tishiga moddiy hamda texnik-texnologik asos yaratadi. Shuningdek, iqtisodiy tranformatsiya natijasida sifat, texnik-texnologik jihatdan oldingi tizimga nisbatan innovatsion iqtisodiѐt vujudga keladi.


    Innovatsion iqtisodiѐt samarali investitsiya, raqobat mexanizmi asosida tadbirkorlik faoliyatining keng rivojlanishi va ishlab chiqarish tomonidan ixtirolar, yangiliklar va kashfiѐtlarni ishlab chiqarishga tezkor tatbiq etishga laѐqatli iqtisodiѐt bo‘lib, unda jahon iqtisodiѐtini harakatga keltiruvchi kuch sifatida fan-texnika taraqqiѐti orqali namoѐn bo‘lish shakli innovatsiya, ilg‘or texnologiya va sanoat sohadagi innovatsion faoliyat hisoblanadi.


    Innovatsiyaviy faoliyat o‘zgarishlarning sanoat korxonalari faoliyatining samaradorligini oshirishga eng katta hissa qo‘shuvchi eng istiqbolli turi sifatida rivojlanishning asosiy omili bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Ya’ni, innovatsion soha fan, yangi texnologiyalar, yangiliklarni faol joriy etuvchi ilmiy sig‘imli tarmoqlar va korxonalarning rivojlanish darajasi va barqaror iqtisodiy rivojlanishning asosini ta’minlaydi. Innovatsiyaviy faoliyatni barqaror rivojlanishning hal qiluvchi omiliga faol aylantirishda innovatsion salohiyatdan foydalanish sanoat korxonasining raqobatbardoshligini oshirishning samarali vositasi hisoblanadi.


    Sanoat korxonasining barqaror rivojlanishi resurslarni innovatsiya sohasiga to‘plash imkoniyatlari, ulardan tanlangan ustuvor yo‘nalishlar doirasida samarali foydalanish, ya’ni innovatsion salohiyatning oshirilishi bilan ta’minlanadi. Mazkur korxonalar barqaror rivojlanishining zamonaviy modeli fan-texnika sohasining iqtisodiy va ijtimoiy jaraѐnlarga tizimli integratsiyalashuvini nazarda tutadi. Ayni paytda barqaror rivojlanishning zarur sharti sifatida milliy korxonalar tomonidan innovatsiya salohiyatining oshirilishi jaraѐni innovatsion xususiyatli samarali qarorlarni qabul qilish va ularning oqibatlarini baholash vositalarining mavjud emasligiga duch keladi.


    Umuman olganda, bugungi kunda innovatsion salohiyatni oshirishda zamonaviy sanoat korxonasi barqaror rivojlanishining mezonlari uning tarkibiy qismida quyidagi yo‘nalishlardan iborat bo‘ladi:


    - rivojlanishning talab etilaѐtgan sur’atlariga mos keluvchi yuksak innovatsiyaviy salohiyat;


    - korxonaning intellektual mulk ob’ektlarini strategik rivojlanish maqsadlariga muvofiq boshqarish qobiliyati;


    - korxonaning rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda innovatsion texnologiyani joriy etish imkoniyati;


    - tarkibiy qayta qurish asosida korxona rivojlanishining barqarorligini oshirish imkoniyati;


    - rivojlanish talablariga mos keluvchi qulay resurs imkoniyatlarinig mavjudligi;


    - korxonaning innovatsiyaviy salohiyatini mustahkamlash sharoitlarining mavjudligi.

    Innovatsiya faoliyatini barqaror yurituvchi sanoat korxonalarni tahlil qilish natijalari rahbariyatning umuman strategik faoliyat, xususan innovatsion faoliyatni yuritish istagi va bunga intilishi innovatsiyalarni ishlab chiqishga turtki beruvchi omil hisoblanishini ko‘rsatmoqda. Boshqacha aytganda, sanoat korxonasida yangi mahsulotni ishlab chiqish uchun resurslarni ajratishga va barcha xodimlarni doimiy ravishda innovatsiyalarga qiziqtirishga tayѐr bo‘lgan etakchi novator bo‘lishi kerak.


    Barqaror rivojlanish strategiyasi sanoat korxonasining innovatsiyaviy salohiyatini oshirish mezonlarini tanlash asosida uning barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan harakatlar modeli sifatida ta’riflanadi. Shunday qilib, strategiyaning amalga oshirilishi barqaror rivojlanishning oldiga qo‘yilgan joriy va strategik maqsadlariga muvofiq korxonaning innovatsiya salohiyatini oshirishning boshqariladigan jaraѐnini o‘zida namoѐn etadi.


    Barqaror rivojlanish strategiyasini shakllantirish innovatsiya faoliyati yo‘nalishlari, innovatsiya loyihalari hajmi va tarkibi, ularni bajarish muddatlarini tanlash va asoslash hamda yangiliklarni boshqarish tashkiliy tuzilmalarining holatini baholashni nazarda tutadi. Muayyan xo‘jalik sharoitlarida barqaror rivojlanishning eng oqilona strategiyasini tanlash innovatsion faoliyatning turli xildagi yangiliklarda namoѐn bo‘luvchi barcha shakllarini baholash natijalariga asoslanadi


    Shuningdek, sanoat korxonasining barqaror rivojlanishini maqbul va uzviy ravishda ta’minlashga uning innovatsiyaviy salohiyatini monitoring qilish asosida erishiladi.


    Natijada, sanoat korxonasining innovatsiyaviy salohiyatini monitoring qilish asosida barqaror rivojlanishni ta’minlash uning innovatsiyaviy salohiyatida yuz beruvchi o‘zgarishlarni operativ nazorat va dastlabki tahlil qilish tizimini tashkil etishdan iborat bo‘lib, bunday tizim korxona ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatining joriy ko‘rsatkichlari, korxona innovatsiya salohiyati ko‘rsatkichlari hamda strategiyalarni amalga oshirish imkoniyati haqidagi muntazam tasniflab boriluvchi strategik axborotlarni shakllantirish va saqlashni ta’minlab beradi.


    Avvalo, sanoat korxonasining innovatsiya salohiyatini monitoring qilish tizimini joriy etish va undan foydalanish asosida barqaror rivojlanishni ta’minlash vositalarini qo‘llash amalda korxonalarning innovatsiyalarni qo‘llash va uning barqaror rivojlanishini ta’minlanishi, bozordagi mavqei mustahkamlanishi, faoliyati samaradorligi oshishi bilan ifodalanuvchi iqtisodiy samaraga ega bo‘lish bo‘yicha strategik ustuvorliklarini asoslangan holda qayta ko‘rib chiqish imkoniyatini yaratadi.


    Shu bilan birga, sanoat korxonasining innovatsion rivojlantirish imkoniyatlari yanada yuqori darajadagi tizimlar innovatsion infratuzilmasi va innovatsion salohiyatining holati bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu yerda innovatsiyalarning joriy etilishi korxonaning asosiy va ѐrdamchi jaraѐnlarini qayta qurishni nazarda tutadi hamda tannarx, amortizatsiya ajratmalari miqdori va tarkibini o‘zgartirishni talab qiladi, tashqi va ichki logistik, marketing jaraѐnlarni va boshqaruv jaraѐnlarini o‘zgartiradi


    Biroq, insonning motivlar, bilimlar, mahorat va ko‘nikmalar, shuningdek, xatti-harakat tarzlari va normalarida mustahkamlangan yaxlit xabardorligini aks ettiruvchi innovatsion madaniyat innovatsion salohiyatning ajralmas qismi hisoblanadi. U tegishli ijtimoiy institutlar faoliyati va insonlarning uning natijalaridan qoniqish darajasini ko‘rsatadi.


    Sanoat korxonasining innovatsiyaviy salohiyatining tashkiliy jihatini ko‘rib chiqish asosida innovatsion faoliyat hamma vaqt o‘z ta’sirini oldindan aniq aytib bo‘lmaydigan bir qator omillar tufayli shartlangan tavakkalchilik bilan bog‘liq bo‘ladi. Umumiy ko‘rinishda innovatsiya faoliyatidagi tavakkalchilikni yangi tovar va xizmatlar ishlab chiqarishga, yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqishga mablag‘larni sarflashda yuzaga keladigan yo‘qotishlar ehtimoli sifatida ta’riflash mumkin.


    Shuningdek, mazkur iqtisodiѐtda innovatsion rivojlanishning barcha iqtisodiy asoslari yaratiladi. Shundan kelib chiqib, jahon mamlakatlarida sanoat korxonalari faoliyatida ijtimoiy-iqtisodiy globallashuv sharoitida innovatsion rivojlanishning quyidagi uchta asosiy modeli qayd etiladi:


    - makroiqtisodiy miqѐsda ilmiy ishlab chiqarish davrining barcha bosqichlarini o‘zida mujassab etgan maqsadli loyihalarni ishlab chiqish va amaliѐtga tatbiq etish modeli (AQSh, Angliya va Fransiya mamlakatlari);


    - iqtisodiѐtning tarkibiy tuzilishini mo‘tadil innovatsion muhit yaratish orqali optimallashtirish hamda yangilik va ixtirolarni keng tarqatishga ixtisoslashgan model (Germaniya, Shvesiya va Shveysariya malakatlari);


    - innovatsion infratuzilmani rivojlantirish orqali yangiliklar yaratishni rag‘batlantiruvchi model (Yaponiya va Janubiy Koreya mamlakatlari).


    Chunki, barqaror iqtisodiy o‘sishni saqlab qolishni innovatsiyalarsiz amalga oshirish murakkab bo‘lib, shu nuqtai nazardan O‘zbekistonda innovatsion rivojlanishning birinchi modeli, ya’ni fan-texnika taraqqiѐti yutuqlarini iqtisodiy amaliѐtga tatbiq etish yo‘lidan borildi.


    Chunki, O‘zbekiston iqtisodiѐtini kelgusida rivojlantirishni asosiy muammolaridan biri sanoat korxonalariga xos bo‘lgan globallashuv sharoitida raqobatbardosh va samarali innovatsion iqtisodiѐtni shakllantirish hisoblanadi. Bunday natijalarga yuqori texnologik ilmiy ishlab chiqarishdan foydalanishga asoslangan holda iqtisodiѐtning yetakchi tarmoq va bo‘limlarini modernizatsiya va texnik yangilash, yuqori malakali mutaxassis va ilmiy kadrlarni tayѐrlash sohasini rivojlantirish hamda intelektual mulk bozorini shakllantirish orqali erishiladi.


    Sanoat korxonalarida innovatsion rivojlanishning funksional vazifalari bo‘lib hamkorlikdagi aloqalar hisoblanadi. Xususan, har yili muntazam ravishda o‘tkazilaѐtgan fan hamda ishlab chiqarish o‘rtasidagi kooperatsion aloqani ta’minlashning amaliy mexanizmiga aylanib ulgurgan respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi korxonalar hamda ilmiy tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalar orasida o‘zaro manfaatli kooperatsion aloqalar o‘rnatish imkonini yaratadi. Bu esa o‘z navbatida sanoat tarmoqlari va sohalarning innovatsion rivojlanishiga muhim turtki bo‘lmoqda


    Natijada, mazkur yo‘nalishdagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi respublikamizda sanoat korxonalarida innovatsion faoliyatning faollashuvi va integratsiyalashuviga olib keladi, yangi sektor va innovatsion infratuzilmalarning paydo bo‘lishi va buning natijasida yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga zamin yaratib beradi. Pirovardida iqtisodiѐtimizning yanada barqaror o‘sishi uchun mustahkam poydevor yaratiladi.


    Bilamizki, sanoat korxonalarining innovatsion salohiyati va faolligini oshirish milliy iqtisodiѐtining barqaror va mutanosib rivojlanishi, jahon bozorida mustahkam o‘rin egallashi, aholi turmush darajasi va farovonligining yanada oshirilishi olib borilaѐtgan izchil davlat siѐsatining asosiy vazifasi bo‘lib hisoblanadi. Bu esa jahon iqtisodiѐtining globallashuv ko‘lami tobora kengayib boraѐtgan bir sharoitda har qanday kon’yunktura o‘zgarishlariga qarshi tura oluvchi, ichki va tashqi bozor talablariga tezlik bilan moslashuvchi sanoat korxonalarini shakllantirishni taqozo etadi.


    Shuni ta’kidlash kerakki, sanoat korxonalarining innovatsion salohiyati va faolligini oshirishda innovatsion jaraѐnlar iqtisodiѐtda shakllangan o‘zaro aloqalarni vaqtincha tartibsizlantirishga olib keladi, bunda ushbu jaraѐnda ishtirok etuvchi sanoat korxonalarida vujudga keladigan yo‘qotishlarni qoplaydigan tijorat natijasini olish hech kim kafolat bermaydi.


    Shu bois, sanoat korxonasi innovatsiyalarga mablag‘ qo‘yishga manfaatdor bo‘lmaydi, chunki shu tarzda faoliyatning daromadligini oshirish ehtimoli past bo‘ladi.


    Yuqoridagi masalalarni hal qilish borasida mamlakatimizda iqtisodiѐtni modernizatsiyalash va diversifikatsiya qilish bo‘yicha islohotlar amalga oshirildi. Natijada, iqtisodiѐt va jamiyat haѐtida tub o‘zgarishlar yuz berdi.


    Biroq, istiqboldagi holat O‘zbekiston nafaqat sanoatning texnik darajasi va ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha industrial mamlakat maqomini olish uchun quyidagi hal etish zarur bo‘lgan muammolarning mavjudligini ko‘rsatadi:


    - O‘zbekiston iqtisodiѐtini modernizatsiyalashning hozirgi bosqichi bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan xalqaro raqobatlashuv darajasining pastligi, sanoatning energiya va resurs sig‘imdorligining yuqoriligi; qo‘shilgan qiymat darajasining pastligi, ishlab chiqarish quvvatlarining ortiqchaligi, sanoat korxonalarida mintaqaviy va tarmoqlararo rivojlanishning nomutanosibligi hamda atrof-muhitning ifloslanishi kabi xususiyatlarga ega bo‘ladi.


    - sanoat texnologiyalari asosan chetdan o‘zlashtirilishi, tadqiqot va ishlanmalarga investitsiyalar oqimining qoniqarli darajada emasligi hamda milliy korxonalarning innovatsion salohiyati chegaralanganligi kabilar iqtisodiѐtni modernizatsiyalashga to‘siq bo‘luvchi holat sifatida namoѐn bo‘lmoqda.


    Yuqorida keltirilgan muammolarni hal etish bo‘yicha sanoat korxonalarining innovatsion salohiyati va faolligini oshirishga qaratilgan quyidagi yo‘nalishlardagi chora-tadbirlarni amalga oshirish joiz:


    - sanoatning mehnat sig‘imdorligi yuqori bo‘lgan tarmoqlariga ko‘proq investitsiyalarni jalb qilish iqtisodiy va ijtimoiy nuqtai-nazardan maqsadga muvofiq;


    - o‘zlashtirilgan sanoat jaraѐnlarini takomillashtirish bilan birga yangi va yuqori texnologiyalarni joriy qilish, innovatsion siѐsatni ishlab chiqish va davlat innovatsion tizimini yaratishga qaratish.


    Avvalo, sanoat korxonalarida innovatsion jaraѐnlarni amalga oshirish bilan bog‘liq motivatsiyaning yo‘qligi davlatni innovatsion faoliyatini faol rag‘batlantirishga chorlaydi. Mazkur muammoni keyinchalik o‘rganish uchun ushbu masalaga taalluqli bo‘lgan ayrim nazariy jihatlarni ѐritish talab etiladi.


    Biroq, sanoat korxonalarining innovatsion salohiyati va faolligini oshirish maqsadida sanoat mahsulotlarni patentlash tizimi innovatsion faoliyatini rag‘batlantirgan holda xatarlarni kamaytirish mexanizmi sifatida ishtirok etadi.


    Imtiѐzli soliq solish tizimi innovatsiyalarni qidirib topish va ularning tijoratlashtirish uchun rag‘bat hisoblanadi. Hamda innovatsion jaraѐn ishtirokchilari uchun imtiѐzlar ko‘zda tutilgan texnoparklarni tashkil etish vazifasi ham innovatsion faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashadi.


    Shulardan kelib chiqib, innovatsion faoliyatini rag‘batlantirish xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning mahsulot ѐki xizmatlarni oshiish maqsadida innovatsiyani kiritishga chorlaydigan shakl va usullarining yig‘indisidir. Ushbu ta’rif asosida innovatsion faoliyatini rag‘batlantirish shakl va usullarining tavsiflash mezonlarini tadqiq qilish mumkin.


    Ma’muriy rag‘batlantirish doirasiga innovatsion faoliyatini rag‘batlantirish va mualliflik huquqini himoya qilish bo‘yicha muvozanatlashgan tizimini shakllantirishga qaratilgan umumiy makroiqtisodiy tartibga solish tizimlarini joriy etish kiradi. Infratuzilmaviy rag‘batlantirishga davlat xaridlar mexanizmlarini joriy etish, malakali xodimlar hamda innovatsiyalar bozorlarini shakllantirish kabilar kiradi


    Avvalo, innovatsiyalarni davlat tomonidan rag‘batlantirish siѐsatining moliyaviy rag‘batlantirish doirasiga innovatsion loyihalarni davlat tomonidan jamg‘arish, xususan, subsidiya va grantlarni taqdim etish, innovatsion faoliyatini venchurli moliyalashtirish va soliqqa oid rag‘batlantirish kabi ko‘llab-quvvatlash mexanizmlarini keltirish mumkin.


    Umuman olganda, sanoat korxonalarining innovatsion salohiyati va faolligini oshirishda davlatning bevosita va bilvosta ishtirok etish usullariga bo‘linishi shartli tavsifga ega. Nomoliyaviy usullar moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash bilan bog‘liq bo‘lib, ularni amalga oshirish uchun mablag‘lar kerak bo‘ladi, biroq bunda moliyaviy usullarni amalga oshirishdan ko‘ra kamroq mablag‘ talab etiladi. Biroq, bevosita va bilvosita davlat rag‘batlantirishni qo‘llash innovatsion faolligining institutsional mexanizmlari bilan birgalikda eng samarali usullaridan biri hisoblanadi. Bunda iqtisodiѐt va jamiyatning hozirgi rivojlanish bosqichi innovatsion faoliyatini rag‘batlantirish va ushbu mexanizmning takomillashtirish muammosini ko‘ndalang qo‘ymoqda.


    Mazkur strategiya asosida sanoat korxonalarida innovatsiyalarni boshqarishda xatarlarni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni kiritish, innovatsion faoliyatining usutvor yo‘nalishlarini belgilash, amalga oshadigan innovatsion loyihalar va ularda muassasalarning ishtirok etish imkoniyatlarini ko‘rsatish, ularga jalb qilinadigan korxonalar sonini hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish istiqbollarini belgilash maqsadga muvofiq.


    Darhaqiqat, sanoat korxonasining innovatsiyaviy salohiyatini oshirish metodologik uslublarini tizimga solmay va takomillashtirmay turib ularning barqaror rivojlanishini ta’minlab bo‘lmaydi. Chunki, innovatsiyalar bozorning yangilanishi, tovarlar va xizmatlar nomenklaturasining kengayishi, ishlab chiqarish, yetkazib berish va sotishning yangi usullari yaratilishi hamda korxonaning iqtisodiy rivojlanishini boshqarish samaradorligining oshishiga olib keladi.

    Biroq, ishlab chiqarishning barqaror rivojlanish bilan innovatsiyaviy faoliyatni boshqarish o‘rtasidagi bog‘liqlikning mavjud emasligi, sanoat korxonalarining fan-texnika yutuqlarini past idrok etishi, innovatsion texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarining mavjud emasligi va innovatsion g‘oyalarning bozor ehtiѐjlariga mos kelmasligi milliy iqtisodiѐtda korxonalar rivojlanishining past samaradorligini belgilab beradi. Mazkur hollarda biznes, fan va ta’lim sub’ektlari o‘rtasidagi axborot uzilishini bartaraf etish maqsadida sanoat korxonalarining yagona innovatsiyalar reestrini tashkil etish lozim. Unda mavjud bo‘lgan innovatsion loyihalar va tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida ma’lumotlar yig‘iladi.


    Yuqoridagilardan kelib chiqib, sanoat korxonalarining innovatsion faoliyatini rag‘batlantirishni takomillashtirish uchun quyidagi choratadbirlarni amalga oshirish lozim:


    - innovatsion mahsulotiga buyurtmalar tizimini shakllantirish;


    - “hukumat-biznes-fan-ta’lim” tizimini shakllantirish;
    - innovatsion faoliyatini rivojlantirish muammolarini tahlil qilish va innovatsiyalarni qidirib topish.

    Aniqroq qilib aytganda, sanoat korxonasining boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish lozim. Ya’ni, joriy etish va rag‘batlantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish hamda innovatsion infratuzilmalarni rivojlantirishga javob beruvchi tashkiliy tuzilmani tashkil etishdir.


    Ayniqsa, hozirgi kunda davlatning rivojlanish darajasi bevosita innovatsiyalar sohasida erishilgan yutuqlari, muvaffaqiyatli raqobatning zarur sharti hisoblangan yangi bilimlarni yaratish va ularni samalari qo‘llash qobiliyatlariga bog‘liq. Shularni e’tiborga olib, mamlakatimizda sanoat korxonalarining innovatsion faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ma’lum darajada shart-sharoitlar mavjud. Bunda innovatsion faollikni oshirish uchun innovatsiyalarni rag‘batlantirish milliy tizimini takomillashtirish lozim. Ayniqsa, iqtisodiѐtning real sektorini qo‘llabquvvatlash, bu orqali ichki bozorni tovar va xizmatlarga to‘yintirish, raqobatbardosh mahsulotlar eksport salohiyatini ko‘tarish lozim.


    Chunki, sanoat tarmog‘i hamda elektr energiyasi va axborot telekommunikatsiya tizimlariga bo‘lgan holda innovatsion loyihalarni ishlab chiqish talab etiladi. Bu yo‘nalishlarning maqsadi barqaror iqtisodiy rivojlanish jaraѐni, shuningdek, yo‘nalishlarni shakllantirilishi hamda rivojlanishi strategiyalarni ishlab chiqishni talab etadi.


    Mamlakatimizda amalga oshirilaѐtgan keng ko‘lamli islohotlar mamlakat iqtisodiѐtini rivojlantirishga ularni tabiiy-iqtisodiy va mehnat salohiyatidan samarali foydalanish, sanoat ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmini takomillashtirish hamda haѐt darajasi va sifatini yanada oshirishga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu borada davlatning iqtisodiy taraqqiѐti, uning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvida sanoat salohiyati muhim ahamiyatga egadir.


    Chunki, bugungi kunda respublikamizda sanoat korxonasining innovatsion salohiyatini oshirishda ichki investitsiyalarni jalb qilishda quyidagi muammolar mavjud:


    - investitsion loyihalarini moliyalashtirishda kredit uchun garov predmetining yetarli bo‘lmasligi va kredit ta’minotini rasmiylashtirish jaraѐnlarining murakkabligi;


    - investitsion loyiha bo‘yicha marketing tadqiqotlarining chuqur olib borilmasligi va bu loyihaning kelgusidagi pul oqimlari harakatining barqarorligiga hamda kreditni qaytarish manbasining ishonchliligiga salbiy ta’sir etishi;


    - tijorat banklarining kredit-moliya muassasalariga xos bo‘lmagan vazifalarni bajarishi.


    Ko‘p hollarda banklar nazorat qiluvchi va kuzatuvchi organlar sifatida harakat qilmoqda va bu hol investitsion loyihalar tashabbuskorlarining bank tizimi bilan munosabatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi;


    - investitsion loyihalar tashabbuskorlarining kreditga qobilligini baholash ishlarining xolisona o‘tkazilmasligi.


    Tahlillar ko‘rsatdiki, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishda quyidagi holatlar to‘sqinlik qilmoqda:


    - xorijiy investitsiyani jalb etuvchi korxonalarning tashqi bozorga chiqishda yetarli bilim va tajribaga ega emasligi, xalqaro bozordagi mavqeining pastligi;


    - investitsiya jaraѐnida ishtirokchi tomonlarning o‘zaro bir-birlari to‘g‘risida yetarli ma’lumotga ega emasliklari ѐki bu ma’lumotlarning doimo ham to‘liq va ishonchli bo‘lavermasligi va h.k.


    Yuqoridagilar sanoat korxonalarining innovatsion salohiyatini oshirishda eng avvalo, sanoatni rivojlanishini o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlari ishlab chiqish, ya’ni sanoat tarmoqlarini ichki imkoniyatlarini chuqur tahlil qilish va real baholash hamda ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash lozim. Bu investitsion faoliyat rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichi sifatida asosiy kapital jamg‘arilishiga investitsiyalarni jalb qilish va o‘zlashtirish hisobiga barqaror o‘sib boraѐtganligidan dalolat beradi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda asosiy kapitalning jamg‘arilish me’ѐriy YaIMning 25 foizini tashkil etdi va rivojlangan va rivojlanaѐtgan mamlakatlari ko‘rsatkichlariga mos keladi.


    Ayniqsa, mamlakatimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil amalga oshirishda qulay investitsiya muhitining yaratilgani asosiy manba bo‘lib kelmoqda. Investitsiya jaraѐnlarini kuchaytirishga qaratilgan choratadbirlar natijasida yildan-yilga investitsiya hajmi sezilarli darajada ortib bormoqda.


    Sanoat korxonalarining innovatsion salohiyatini oshirishda investitsiyalarni jalb qilishni takomillashtirishda investitsiya siѐsatini amalga oshirish vositalari va usullari investitsiyalarning turli yo‘nalishlarda sarflanishi va joylashtirilishini rag‘batlantiradi. Investitsiya qo‘yilmalarining amaldagi samaradorligi olingan foydaga asoslanib baholanadi. Mamlakat yalpi ichki mahsulotining mikdori va o‘sish sur’atlari iqtisodiѐtga yo‘naltirilaѐtgan investitsiyalar miqdori va tarkibiga bog‘liq..


    Biroq, sanoat korxonalarining innovatsion salohiyatini oshirishda investitsiyalarni jalb qilishda investitsiyalarning ta’siri natijasida yangi zamonaviy texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish asosida sifatsiz mahsulotlar ishlab chiqaruvchi eskirgan vositalardan voz kechish imkoniyati tug‘iladi va chet elning ilg‘or innovatsiyalarini joriy qilish imkoni yaratiladi.


    Shuningdek, sanoat korxonalarining innovatsion faolligini oshirish uchun tashqi va ichki investitsiyalar oqimini faollashtirish iqtisodiy o‘sishning yangi bosqichini boshlab beradi. Shunga ko‘ra, sanoatni rivojlantirish keng miqѐsdagi investitsiyalarni talab qiladi. Keyingi yillarda sanoati sohasiga kiritilaѐtgan investitsiyalar hajmi oshib bormoqda. Shu bois, investitsiyalarning sanoat sohasiga ta’siri ularning qaysi manbalar hisobidan shakllanganligini tahlil qilishda namoѐn bo‘ladi.


    Yuqoridagilardan kelib chiqib, sanoat korxonalarida investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirishda quyidagi jihatlarga alohida ahamiyat qaratish lozim:


    - aholi bo‘sh pul mablag‘larini investitsion jaraѐnlarga jalb qilish maqsadida qimmatli qog‘ozlar bozorini yanada rivojlantirish va turli qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish;


    - investitsion loyihalarni sifatini oshirish, loyihalarni kapital qo‘yilmalar samaradorligi talablariga mos kelishi maqsadida tijorat asosida doimiy ravishda faoliyat yuritadigan investitsion loyihalar ko‘rgazmasini tashkil qilish.


    Shuningdek, respublikamiz sanoat tarmoqlariga investitsiya jalb qilish ko‘lamini kengaytirish xisobiga ularning innovatsion faolligini oshirish lozim. Mazkur sohani yanada takomillashtirish uchun quyidagi choratadbirlar tizimini amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:


    - xalqaro maydonda mamlakatimizdagi investitsiya muhiti, milliy iqtisodiѐtning yetakchi tarmoq, kompaniya va tashkilotlarining investitsion imkoniyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keng targ‘ib etish, tahlil qilish, baholash va tasdiqlash kabi tadbirlarni kuchaytirish;




    - mamlakatimizdagi bozor axborot xizmatini rivojlantirish, marketing xizmati faoliyatini va tashqi iqtisodiy qonunchilikni faollashtirish.
    Download 49.82 Kb.




    Download 49.82 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buxoro davlat universiteti 9-10 iqts-19 gurux talabasi

    Download 49.82 Kb.