10
muayyan maqsadga erishish yo‘lini, tor ma’noda tabiat va ijtimoiy hayot hodisalari
hamda qonuniyatlarini bilish maqsadida qandaydir vazifani hal etish usulini bildiradi.
Kurs ishini yozishda maxsus metodlar foydalanilarki, ular yordamida ta’lim-tarbiya
jarayoniga oid muhim faktlar, turli pedagogik vaziyatlar mohiyatlari, mehanizmlari,
xususiyatlari o‘rganiladi. Kurs ishining tadqiqot bosqichlari quyidagilardan iborat:
ma’lumotlarni yig‘ish, xulosalarni jamlash, tadqiqot bo‘yicha miqdoriy tahlil o‘rtacha
miqdoriy raqamlarni aniqlash, xulosalarning to‘g‘riligini ta’minlovchi ma’lumotlarni
yig‘ish: (buning uchun turli xil metodlar qo‘llaniladi), ta’lim-tarbiya jarayoniga oid
ishchi farazni ilgari surish, uni nazariy va amaliy jihatdan sinovdan o‘tkazish mahsus
metodikasini ishlab chiqarish va boshqalar. Mutaxassislik fanlardan kurs ishi yozishda
asosan quyidagi pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlaridan foydalaniladi: adabiyotlar
va arxiv materiallarini o‘rganish, kuzatish, suhbat, so‘rov, test, eksperiment va h.k.
Kirish yakunida kurs ishining tuzilishini ochib berish, ya’ni uning tarkibiy
elementlari ro‘yxatini berish maqsadga muvofiqdir.
Kirish qismida tadqiqot muammosi bo‘yicha biron-bir kategoriyaning mazmuni
va ta’rifi bo‘lmasligi kerak, bularning barchasi asosiy qismdagi bob va paragraflarda
o‘z aksini kerak. Kirish hajmi 2-3 sahifadan oshmasligi kerak.