• I боб. Yorug’likning dispersion muhitda tarqalishi.
  • II боб. Yoru’glikni izotrop muhitdagi dispersiyasi
  • Ishning dolzarbligi
  • Ishning maqsadi
  • Ilmiy yangilik
  • Ishning tadqiqot obyekti va predmeti
  • Ishning tadqiqot usuli va uslibiyoti
  • Ishning asosiy natijalari
  • Ishning hajmi tuzilishi
  • Buxoro davlat universiteti fizika-matematika fakulteti




    Download 0,79 Mb.
    bet2/11
    Sana09.05.2021
    Hajmi0,79 Mb.
    #14458
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Buxoro – 2016 y.

    Mundarija.

    Kirish…………………………………………………………3




    I боб. Yorug’likning dispersion muhitda tarqalishi.




    1.1. Yorug’likning dispersiya hodisasi…………………………7




    1.2. Anizatrop muhitlarda yorug’likning tarqalishi…………...10




    I bobning xulosasi…………………………………………….19




    II боб. Yoru’glikni izotrop muhitdagi dispersiyasi




    2.1.Nurlanishning modda bilan ta’sirlashishi nazariyasi…...…20




    2.2. Chiziqli izotrop muhitlarda dispersiya……………………33




    2.3. Dispersiya tenglamasi………………………………………49




    II bobning xulosasi……………………………………………45




    Xotima………………………………………………………...57




    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………58





    Kirish.
    Hozirgi kunda taraqqiyotimizning asosiy yo’nalishi bo’lgan milliy g’oya ustivorligi ustida to’xtalib, Perezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov quyidagi fikrlarni aytadilar:

    “Bizning bosh strategik maqsadimiz qat’iy va o’zgarmas bo’lib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirishdan iborat? Bu esa O’zbekistonning rivojlangan kelajagi buyuk davlatga aylantirishning asosiy shartlaridan birudir:

    Istiqlol yo’lida qadam tashlab borayotgan vatanimizdagi mavjud madaniy omillarga ahamiyat berish bilan birga maorif, ta’lim, tarbiya ishlariga e’tibor kuchaytirilmoqda.

    Kadrlar tayyorlash milliy dasturini yaratish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi komissiyasining majlisida so’zlagan “Zamonaviy kadrlar-taraqqiyotimizning muhim omilidir” nutqida yurtboshimiz quyidagi fikrlarni aytdilar.

    “Kadrlar masalasini hal etmas ekanmiz, saiy-harakatlarimiz kutilgan natijani berishi, hayotimiz, ma’naviyatimiz o’zgarishi qiyin bo’ladi. Demakki zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilish, zamon talablariga mos bo’lgan kadrlar tayyorlash ishini yo’lga qoyish faoliyatimizning bosh yo’nalishi bo’lmog’I lozim. Yo’qsa biz yoshlarimizni mustaql fikrga egabo’lmagan odam esa har qanday olomonga ergashib ketaveradi”.

    Zamonaviy elektron va optik texnika sanoatlarida fizikaviy hodisalarning nazariy jihatdan matematik modellar yordamida ifodalanishi muhim ahamiyatga ega.



    Ishning dolzarbligi: Yorug`likning muhit bilan tasirlashishida sodir bo`ladigan fizikaviy hodisalarni amaliyotda olingan natijalar hamda ularni nazariy tushintirilishi fundamental fanning rivojlanishining asosiy dolzarb masalasidir. Shuningdek moddalarni tarkibiy va sifatiy tahlil qilishda dispersiya hodisasiga asoslangan qurilmalariga ehtiyoj oshib bormoqda.

    Ishning maqsadi: Malakaviy bitiruv ishida yorug`lik to’lqinlarining chiziqli izotrop muhitda tarqalishi bilan bog`liq fizikaviy hodisalarni o`rganishni maqsad qilib qo`yildi. Shuningdek, ilmiy manbalardan foydalanib siyraklashtirilgan muhitlar uchun dispersiya qonunini tahlil qilishni rejalashtirildi.

    Malakaviy bitiruv ishida qilingan maqsadga erishish uchun quyidagi ishlarni rejalashtirildi:



    • Yorug’likning modda bilan ta’sirlashishi nazariyasi ni o’rganish.

    • Chiziqli izotrop muhitlarda dispersiya va yutilishi ni o’rganish.

    • Koshi dispersion formulasi yorug’likda pastchastotali sohadagi dispersiyani o’rganish ni o’rganish.

    Ilmiy yangilik: Yorug`likning moddalar bilan ta`sirlashishida sodir bo`ladigan dispersiya hodisalari haqida yetarlicha ma’lumotlar to`pladim. Malakaviy bitiruv ishida yorug`lik, elektromagnit to`lqinlarining fizikaviy kattaliklari hisoblangan elektromagnit kuchlanganliklari hamda muhit uchun xarakterli qutblanish vektori kattaliklari orasidagi bog`lanishlar nazariy tahlil qilindi. Buning uchun elektromagnit maydonning yagona nazariyasi bo`lmish Maksvel tenglamalaridan foydalanib muhit va to`lqin kattaliklar orasidagi bog`lanish ko`rib chiqildi. Bu esa muhitning sindirish ko`rsatkichini va elektromagnit to`lqinining to`lqin uzunliigi orasidagi bog`lanishni tushuntirish imkonini beradi.

    Malakaviy bitiruv ishini birinchi bobida yorug`likning dispersion muhitda tarqalishi o`rganildi. Anizatropik muhitlarda bo`ladigan optik hodisalar kristallarda sodir bo`ladigan fozoviy siljishlar ko`rib chiqildi.

    Malakaviy bitiruv ishining ikkinchi bobida Maksvel tenglamalariga asoslangan yorug`likni modda bilan ta’sirlashishi nazariyasi batafsil ko`rib chiqildi. Chiziqli izotrop muhit uchun sindirish ko`rsatkichi va to`lqin uzunligining orasidagi bog`lanishni o`rganildi. Dispersiya hodisasini turli xil muhitlardagi xususiy hollari ko`rib chiqildi. Siyraklashgan muhit uchun Koshining dispersiyon formulasini ilmiy manbalardan olingan natijalarga mosligi nazariy ko`rib chiqildi. Malakaviy bitiruv ishida to`plangan ma’lumotlarni tahlil qilib aytish mumkinki bu yo`nalishdagi ilmiy izlanish o`z nihoyasini to`liq topmagan.

    Ishning tadqiqot obyekti va predmeti: Chiziqli izotrop muhitlarda yorug`lik tarqalishida sodir bo`ladigan optik hodisalarning dispersiya nazariyasiga asoslanib tadqiqot qilish. Elektromagnit maydonning yagona nazariyasi Maksvel tenglamalaridan foydalanib muhit va to`lqin kattaliklar orasidagi bog`lanish ko`rib chiqildi.

    Ishning tadqiqot usuli va uslibiyoti: Adabiyotlardan va ilmiy manbalardan olingan ma’lumotlarni nazariy tekshirish va xulosalar qilish. Bitiruv ishida yorug`lik, eletromagnit to`lqinlar hamda muhit uchun xarakterli qutblanish vektori kattaliklari orasidagi bog`lanishlar nazariy tahlil qilindi.

    Ishning asosiy natijalari: Chiziqli izotropik muhitda yorug`likning tarqalishi bilan bog`liq optik hodisalar haqida ma’lumotlar to`plandi. Siyrak muhitlar uchun dispersiya hodisasi o`rganildi. Siyraklashgan muhitning ta’sirlashish kattaliklari bilan eklektromagnit to`lqin orasidagi munosabatlar va ularning xususiy hollardagi yechimlari o`rganiladi.

    Ishning hajmi tuzilishi: Bitiruv malakalaviy ishi kirish, 2 ta bob va 6 ta paragrafdan iborat bo’lib 60 betda yoziladi. Shuning hodisalarni tushunarli ravishda ifodalash uchun 6 ta chizma 1ta jadval keltirildi. Yigilgan manbalarning adabiyot nomlari va elektiron manzillari keltirildi. Olingan ma’lumotlar bazasida uchta ilmiy maqola, ikkita darslik va to’rtta o’quv qo’llanma ishlatildi.


    Download 0,79 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0,79 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buxoro davlat universiteti fizika-matematika fakulteti

    Download 0,79 Mb.