|
Buxoro davlat universiteti huzuridagi
|
bet | 1/6 | Sana | 19.06.2023 | Hajmi | 2.82 Mb. | | #74363 |
Bog'liq B B QOBILOV bosh matem mustaqil 3 Chiziqli tеnglamalar sistеmasi va ularni yеchish usullari, Biofizika 2, AVARIYA qutqaruv, O\'zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va monopoliyaga qarshi qonunchilik., IELTS-Simon-Writing-Task2-2part-question-worksheet-part10, ???? Modal fe, Bukhoro, РПД Системы бронирования в сервисе и туризме (1), Professional buxgalteriya amaliyoti mustaqil Xo’jalik hisobi, uning mohiyati va ahamiyati, Afferent tizimlar ro‘li Reja Nerv sistemasi haqida , Pages from [TA\'LIM FIDOYILARI 12 SON 25.12.2021], 159 КИЙИМЛАР, ЎРИНДИҚ АНЖОМЛАРИ, ОЁҚ КИЙИМИ ВА БОШҚА НАРСАЛАРНИ ДЕЗ,КАМЕРАДА ДЕЗИНФЕКЦИЯ (ДЕЗИНСЕКЦИЯ) ҚИЛИНИШИНИ ҲИСОБГА ОЛИШ ЖУРНАЛИ, 167 СУТ ВА СУТ МАҲСУЛОТЛАРИНИ БРУЦЕЛЛЁЗГА СЕРОЛОГИК ТЕКШИРИШУВНИ ҚАЙД ЭТИШ ЖУРНАЛИ, 61916
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI HUZURIDAGI
PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH MINTAQAVIY MARKAZI
Qobilov Baxtiyor Badriddinovich
“Fizika” malaka oshirish yo‘nalishi tinglovchisi
MAVZU: ““BIRINCHI VA IKKINCHI RENESANS. IBN SINO, AL- FARG’ONIY, ULUG’BEK, BERUNIYNING ASTRONOMIYA VA KOSMOLOGIYA RIVOJIGA QO’SHGAN HISSASI”
B I T I R U V L O Y I H A I S H I
Rahbar – O’zF.A Astronomiya institutining
bo’lim mudiri f.m.f.d.prof., B.J.Axmedov
Buxoro 2021
Yangi O’zbekistonni barpo etish – yaqin va olis tariximiz, betakror va noyob madaniy boyliklarimizni yanada chuqur o’rganib, ularga tayanib, mustaqil milliy taraqqiyot yo’limizni yangi bosqichda davom ettirish demakdir.
Bugungi kunda butun xalqimizning qalbidan chuqur joy olgan, umummilliy harakatga aylanib borayotgan “Yangi O’zbekiston” g’oyasi zamirida ulug’ ajdodlarimiz, umuman olganda, milliy tariximizda Birinchi va Ikkinchi uyg’onish davrlariga asos solgan alloma bobolarimizning orzu-intilishlari va armonlari ham mujassam, desak, adashmagan bo’lamiz.
Insoniyat tarixi shundan dalolat beradiki, har qaysi xalq hayotidagi ma’naviy uyg’onish jarayonlari milliy o’zlikni anglashga olib keladi hamda mamlakatning iqtisodiy, madaniy taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradi. Bunday ijtimoiy noyob hodisa “Renessans” – uyg’onish, qayta tiklanish, yuksalish deb atalishi barchamizga ayon.
Ma’lumki, bugungi O’zbekiston zamini qadimda ikki buyuk uyg’onish davriga – Birinchi (ma’rifiy – IX-XII asrlar) va Ikkinchi (Temuriylar – XIV-XV asrlar) Renessansga beshik bo’lgan. Bu – jahon ilm-fanida o’z isbotini topgan va tan olingan tarixiy haqiqatdir.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda yana bir muhim Uyg’onish jarayoni kechmoqda. Shuning uchun “Yangi O’zbekiston” va “Uchinchi Renessans” so’zlari hayotimizda o’zaro uyg’un va hamohang bo’lib yangramoqda, xalqimizni ulug’ maqsadlar sari ruhlantirmoqda.
Bitiruv loyiha ishining maqsadi: Talabalarda vatanparvarlik tuyg’usini rivojlantirish, ajdodlarimiz merosiga muhabbat ruhida tarbiyalash, astronomiya faniga bo’lgan qiziqishini oshirish.
|
| |