Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/114
Sana21.06.2024
Hajmi7,65 Mb.
#264904
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   114
Bog'liq
bosh

Texnologiya”
darsligida “ Qog’oz va uning 
turlari” 
mavzusi 
bilan 
tanishadilar. 


190 
1-rasm. 
Qog`oz va karton bilan ishlash texnologiyasi II sinf texnologiya 
darslari ni tashkil etishda o’ziga xos xususiyatligi bilan ahamiyatli 
hisoblanadi. 
Birinchi 
navbatda, 
o`quvchilar 
qog`ozdan 
tayyorlanadigan buyumlarni yaxshi tayyorlashlari uchun ularni qog`oz 
turi va navlarini yaxshi bilishga, bu materialning ko`p ishlatiladigan 
turlarining muhim sifat xususiyatlarini farqlashga o`rgatish muhim. 
O`quvchilar qog`oz turlaridan ba‘zi namunalarning nomi va farqli 
xususiyatlarini bilmasligi mumkin. Dars jarayonida o’qituvchi 
o’quvchilarga ko`p miqdorda qog`oz turlarining borligi, mamlakatda 
turli xususiyatga ega bir necha yuz turdagi qog`oz ishlab chiqarilishini
misollar va ko’rgazmali materiallar orqali ko’rsatib, tushucha berib 
borishi lozim.. 
O’qituvchi o`quvchilarni o`zlari ko`p ko`radigan va ishlatadigan 
qog`ozning asosiy xususiyatlarini farqlash, ularni ayta olishga 
o`rgatishi maqsadga muvofiq. Yozuv qog`ozi, muqova qog`ozlari, 
bosmalash, rasm chizish, o`rash uchun qog`oz, rangli qog`ozlar 
haqida, keyinchalik esa bu ro`yxatni papiros qog`ozi, stol usti 
qog`ozlari va gulqog`ozlar bilan to`ldirish mumkin. 
O`quvchilar texnologiya darslari uchun materiallarni, xususan, 
qog`ozlarni hamma vaqt ham ehtiyotkorona asramaydilar. Birinchi 


191 
texnologiya fani darslaridayoq bolalar bilan kuzatishlar o`tkazib, 
qog`ozni asramay saqlanishi undan tayyorlanuvchi buyumlar sifatiga 
qanday ta‘sir etishini yaqqol va ishonchli ko`rsatish muhimdir. 
Keyinchalik, III va IV sinflarda o`qituvchi oddiy va g`ijimlangan 
qog`oz xususiyatlarini solishtirishga bir necha marta qaytishi zarur. 
Tajriba ko`rsatishicha, o`qituvchi tomonidan bolalar turmushda 
va maktabda doimo foydalanadigan qog`oz turlari va navlarining eng 
muhim xususiyatlari va sifatlarini yaqqol aniqlash maqsadida tashkil 
etiluvchi ko`rsatishlar va maxsus jamoa bo`lib kuzatishlari katta foyda 
keltiradi. 
Qog`oz xususiyatlari bilan tanishish o`quvchilarga turli amaliy 
maqsadlar – yozish, chizish, buyumlar yasash, turli predmetlarni 
o`rash uchun qog`ozdan to`g`ri foydalanishga yordam beradi. Qog`oz 
xususiyatlari to`g`risidagi bilimlarni o`quvchilar texnologiya fani 
darslarida va atrofdagilarning qog`ozdan foydalanishini har kuni 
kuzatish orqali egallaydilar.O`z qog`oz namunalari va o`qituvchi 
tayyorlagan va ko`rsatayotgan namunalarni ko`rib chiqib, o`quvchilar 
o`qituvchi yordamida turli maqsadlarda qo`llanuvchi qog`ozlarning 
katta miqdordagi turlari mavjudligini qayd etishadi. Vazifasiga ko`ra 
har bir tur va nav qog`ozi muayyan xususiyatlar, sifatlarga ega. Bu 
xususiyatlar qog`ozga uni qog`oz fabrikalarida tayyorlashda yoki 
keyingi qo`shimcha pardozlashda maxsus beriladi.O`quvchilar oddiy 
ko`rib chiqish va ushlab ko`rish, hamda o`zlari to`plagan hayot 
tajribalarini ishga solib osongina aniqlash mumkin bo`lgan 
qog`ozning quyidagi umumiy xususiyatlarini qayd etishadi: 
- qog`oz – varaqli material. Qog`oz katta varaqli (chizish va stol 
usti qog`ozi), o`ramlarda (applikatsiyalar uchun qog`oz, texnologiya 
darslari uchun rangli qog`ozlar va pochta qog`ozi to`plamlari, qog`oz 
salfetkalar), rulonlarda (gulqog`ozlar, gofri qog`oz) va hokazo holatda 
sotiladi; 
- qog`oz qalin va yupqa bo`ladi (masalan, rasm chizish va 
chizmalar uchun qog`oz, papiros va nusxalash qog`ozi); 
- qog`oz oq va rangli (yozuv qog`ozi va rangli yaltiroq qog`oz). U 
to`liq ranglangan, bo`yoq eritmasi qog`oz tayyorlash massasiga 
qo`shilgan bo`ladi yoki uni tayyorlangandan keyin bir tomonidan 
bo`yashadi (applikatsiyalar uchun rangli qog`ozlar, gulqog`ozlar, 
o`rash uchun qog`ozlar); 


192 
- qog`oz yuzasi silliq va nosilliq bo`lishi mumkin. Masalan, 
yozuv qog`ozi unda yozish mumkin bo`lishi uchun albatta silliq 
bo`lishi kerak, namni shimib oluvchi va o`rash uchun qog`ozlar 
nosilliq yuzali bo`ladi. Ba‘zi qog`ozlarning bir tomoni silliq, ikkinchi 
tomoni nosilliqroq bo`ladi. Misol sifatida afisha yoki chiptalar uchun 
qog`ozni keltirish mumkin – teatr afishalari, tramvay va avtobus 
biletlari matni faqat silliq tomonda bosmalanadi; 
- qog`ozning ba‘zi turlari yarim tiniq bo`lib, undan hamma narsa 
ko`rinib turadi, boshqalari esa aksincha. Qog`oz kalka tayyorlashda 
uni iloji boricha tiniqroq bo`lishiga harakat qilinadi, aks holda 
chizmalardan nusxa ko`chirish qiyin bo`ladi yoki umuman ko`chirib 
bo`lmaydi. Papiros qog`ozi va pergamin tiniq bo`ladi. Bosmalash va 
yozuv qog`ozlari, ularning ikki tomonida yozuv bajarish uchun tiniq 
bo`lmasligi kerak; 
- qog`oz zich va g`ovak bo`ladi. Masalan, chizma va namni 
shimib oluvchi qog`ozlarni taqqoslash bunga misol bo’la oladi; 
- qog`oz rasm bilan bezatilgan, yaltiroq yoki yaltiramaydigan 
yuzali bo`lishi mumkin. Bunday qog`ozlarga muqova qog`ozlar, 
gulqog`ozlar, qog`oz-lederinlar kiradi. 
Oxirida o`qituvchi maxsus mo`ljallangan qog`ozlarni ko`rsatadi, 
ularga 
tayyorlashda 
muayyan 
xususiyatlar 
beriladi. 
Bunday 
qog`ozlarga hujjatlar uchun qog`oz (ularda pul, lotereya chiptalari, 
pasport va boshqa hujjatlar bosiladi); fotoqog`oz (fotoemulsiyaning 
maxsus qatlami bilan qoplangan); parafinlangan qog`oz ho`llanmaydi, 
muzqaymoq o`rash va sut mahsulotlari uchun o`ramlar tayyorlashda 
qo`llanadi; pergamin – yog`ni o`tkazmaydigan qog`oz (yog`, 
margarin, vetchina o`rash uchun qo`llanadi); metallashtirilgan qog`oz 
(metall folga bilan yelimlangan qog`oz, choy qadoqlash uchun 
qo`llanadi), silliqlovchi qog`oz (silliqlovchi kukun yupqa qatlami 
yelimlangan).Har qanday material yoki predmet majmuasini tuzish, 
ularni maqsadli tanlash, ishlov berish, tizimlashtirish va joylashtirishni 
talab etadi. Majmuada namunalar muayyan mantiqiy tartibda 
joylashtiriladi, u qabul qilingan tasniflash to`g`risida yaqqol tasavvur 
beradi.
Qog`oz majmuasini har bir qog`oz turi va navining vazifasini 
ko`rsatishga qarab tanlash va tasniflash kerak. Buning maqsadga 
muvofiqligi shundaki, eng ko`p tarqalgan qog`oz turlarining nomlari 


193 
odatda ularning vazifasini aks etiradi: yozuv – yozish uchun, 
bosmalash – bosmalash uchun, chizish – chizish uchun, stol usti – stol 
ustini qoplash uchun, gulqog`oz – devorlarga yopishtirish uchun va 
hokazo.
1-rasm. O`quvchilar tomonidan qog`oz namunalari majmuasining 
joylashtirilishi: 
1 – alohida varaqda; 2 – o`quvchi daftarida. 
To`plam tuzishda o`quvchilar qog`ozning ko`p namunalarini 
ko`rib chiqadilar va ushlab ko`radilar hamda o`ziga xoslarini tanlab 
oladilar. Bunda ular qog`ozning sifat xususiyatlari va muhim jihatlari 
to`g`risidagi dastlabki tasavvurlarga ega bo`ladilar. Bolalar qog`oz 
tayyorlashda unga vazifasiga qarab u yoki bu xususiyat berilishini 
o`zlashtirib oladilar. 
1-rasmda o`quvchi ish daftarining qog`oz majmuali sahifalari 
ko`rsatilgan. 
O`quvchilar qog`oz namunalarini tanlash va majmuasini 
tayyorlash bo`yicha o`z ishlarining ma‘nosini tushunib olishlari 
muhim bo`lib, u nafaqat muhim qog`oz turlari va ularning nomlarini 
amaliy bilib olishdan iborat, balki qog`ozni uning tashqi ko`rinishi va 
xarakterli xususiyatlari: qalinligi, rangi, yaltirashi, yuzasining pardozi 
va hokazo bo`yicha farqlashga yordam beruvchi qo`lbola lug`at 
tayyorlashdan ham iboratdir. 
2-rasmda ko`p ishlatiladigan qog`oz turlari majmuasi ko`rsatilgan 
devoriy jadval keltirilgan. Albatta, bu jadvalda ko`rsatilgan qog`oz 
mahsulotlarining barchasini o`qituvchi darsga olib kelib ko`rsatishi 
mumkin. Biroq ushbu jadvalning didaktik qimmati shundaki, u 
ikkinchi sinf o`quvchisi xotirasida qog`ozlar tasnifi va ularning inson 
tomonidan bevosita vazifasiga ko`ra foydalanilishi muhimligini saqlab 
qolishga imkon beradi. 


194 
2-rasm. Qog`oz devoriy majmuasi 

Download 7,65 Mb.
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   114




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o

Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish