Kartonning asosiy turlari va undan foydalanish. (III sinf)




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/114
Sana21.06.2024
Hajmi7,65 Mb.
#264904
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   114
Bog'liq
bosh

Kartonning asosiy turlari va undan foydalanish. (III sinf) 
Yupqa karton bilan ishlashni o`quvchilar III sinfda qog`oz bilan 
ishlashning asosiy usullarini o`zlashtirish va bu material tasnifi hamda 
muhim sifat xususiyatlari, qog`ozning muhim xususiyatlari to`g`risida 
yetarlicha tasavvur to`plagandan keyin boshlaydilar. 
3-sinf o`quvchilari karton, uning turlari, tasnifi, muhim 
xususiyatlari, qo`llanishi va ishlov berish usullari to`g`risidagi 
ma‘lumotlarini umumlashtirish uchun o`qituvchi texnologiya darslari 
da turli metodlardan foydalanadi: aytib berish va tushuntirish, 
suhbatlar, ko`rsatib berishlar, kuzatishlar va eng oddiy tajribalar. 
Amaliy ishlar jarayonida kartondan turli buyumlar va ularning 
detallarini tayyorlashda o`quvchilar bularni bilib oladilar. 
Turli amaliy maqsadlarda qo`llaniluvchi material sifatida karton 
to`g`risidagi ma‘lumotlarni o`quvchilarga asta-sekin berib borish 
maqsadga muvofiq bo`lib, ular o`quvchilar bu material turlari, uning 
muhim xususiyatlari, qo`lda ishlov berish xususiyatlari, buyumlardan 
foydalanish sharoitlari to`g`risida tasavvurlarning to`planishiga qarab 
beriladi. Bunday ma‘lumotlarni o`quvchilarga berish uchun materialni 
tanlashda 
o`qituvchi 
odatda 
o`quvchilarda 
to`plangan 
hayot 
tajribalaridan foydalanadi. 
O`quvchilar odatda kartondan jilddan, kitob muqovalari, qutilar, 
stol 
usti 
o`yinlar, 
poyafzal 
tayyorlashda 
qo`llanish, 
o`quv 
ko`rgazmalar tayyorlashda foydalanilishini eslaydilar. O`quvchilarga 
kartondan ishlab chiqarishda, qurilishda foydalanilishi, masalan asosi 
bitum shimdirilgan kartondan iborat bo`lgan tol va ruberoidning 
qo`llanishi to`g`risida hikoya qilib berish foydali. 
Ko`p tarqalgan karton turlari namunalarining sinf to`plamini 
birgalikda tuzish karton, uning qo`llanishi, asosiy turlari va 
xususiyatlari 
to`g`risidagi 
bilimlarni 
umumlashtirish 
va 


218 
tizimlashtirishga yordam beradi. Vazifasiga ko`ra hamda karton 
tayyorlash tarkibi bo`yicha tizimlangan karton namunalarini to`plash 
alohida qiziqish kasb etadi. O`quvchilar e`tiborini kartonlarning 
qalinligi, zichligi, yuza pardozi, rangiga ko`ra tasniflashga qaratish 
muhim. Masalan, aytish mumkin: pressshpan – yuqori zichlik va 
mustahkamlikdagi karton, elektrokarton – silliq yaltiroq yuzali zich 
karton, rangli karton. Karton bilan umumiy tanishib chiqqach 
o`quvchilar ishlarni bajarish uchun karton tanlashga ongli yondasha 
boshlaydilar. 
13-rasm. Karton xususiyatlarini o`rganish: 
1 – kartonning sinf ko`rgazmali majmuasi; 2 – karton asosiy 
xususiyatlarini o`rganish uchun karton tarqatma namunalari to`plami 
O`quvchilarga kartonning hamma turlari ham kichik maktab 
o`quvchilari kuchlari bilan ishlov berishga to`g`ri kelmasligini 
tushuntirish zarur. Masalan, texnologiya darslari da nisbatan yupqa - 
qalinligi 1-1,5 mm bo`lgan kartonlardan foydalanish mumkin. 
Kartonning ba‘zi turlari, masalan pressshpan, poyabzal kartoni, 
elektrokarton, shunchalik yuqori zichlik va mustahkamlikka egaki, 
ularni nafaqat oddiy qaychi, bichish qaychilari bilan ham kesib 
bo`lmaydi. Boshlang`ich sinf o`quvchilariga kartonni chiziq bo`ylab 
Makalatura 


219 
pichoq bilan kesish operatsiyasi to`g`ri kelmaydi, chunki katta 
mushaklar kuchini talab etadi. 
Karton to`plamini tuzishda qog`oz to`plamini tuzishdagidek 
namuna tanlash, joylashtirish va belgilashga bo`lgan yondashuv 
saqlanib qoladi (13-rasm). 

Download 7,65 Mb.
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   114




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kartonning asosiy turlari va undan foydalanish. (III sinf)

Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish