Qog`oz namlanishida nima ro`y beradi? Bu borada




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/114
Sana21.06.2024
Hajmi7,65 Mb.
#264904
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   114
Bog'liq
bosh

Qog`oz namlanishida nima ro`y beradi? Bu borada 
o’quvchilar II sinf jarayonidayoq q
og`oz va karton bilan ishlashda 
paydo bo`luvchi ko`pgina savollarni to`g`ri hal etish uchun bu 
materiallarni bo`yash, kleyster yoki yelim surtish jarayonida 


211 
namlanishi tufayli nima ro`y berishini yaqqol tasavvur etishlari 
muhim. 
Qog`oz varag`idan ikki o`zaro perpendikulyar chetlardan 
o`quvchilar shakli va o`lchami bir xil qog`oz yo`llar kesib oladilar 
(20x200 mm) (bu tajriba uchun gazeta, o`rash uchun qog`oz va oddiy 
gulqog`oz olish tavsiya etiladi). Boshqa istalgan qog`ozdan bolalar 
yana bitta shunday qog`oz yo`l qirqib oladilar. U tajriba o`tkazish 
paytida nazorat qilish uchun xizmat qiladi. 
Dastlab ikkinchi sinf o`quvchilari birinchi ikki qog`oz yo`llar 
bilan tajriba o`tkazib ularning qaysi biri bo`ylama, qaysisi esa 
ko`ndalang 
yo`nalishda 
kesilganini 
aniqlaydilar. 
Natijalarni 
o`quvchilar qog`oz yo`l uchlarida belgilaydilar - qalam bilan bo`ylama 
yoki ko`ndalang strelka qo`yadilar yoki B va K harflarini yozadilar. 
Keyin qog`oz yo`llarni eski qog`oz varag`iga yonma-yon qo`yib, bir 
vaqtda namlaydilar. Buni katta mo`yqalam yoki toza yumshoq 
matodan tampon bilan bajaradilar. Keyin qog`oz butun qalinlikda bir 
tekis namlanishi uchun 2-3 daqiqa kutib ular qog`oz varag`iga yonma-
yon yotqiziladi. Nazorat qog`oz yo`ldan foydalanib, namlangan ikkala 
qog`oz yo`l uzunroq bo`lganini aniqlaydilar (10.4-rasm). O`quvchilar 
birinchi xulosani ifodalaydilar: qog`oz namlanishda o`lchamlari 
kattalashadi, uzayadi. 
Diqqat bilan o`lchash natijasida o`quvchilar namlangan qog`oz 
yo`llar uzayishi bir xil emasligini aniqlaydi: biri ko`proq, ikkinchisi 
kamroq. Qog`oz yo`llardagi belgilarga e`tibor berib, ikkinchi xulosani 
chiqarishadi: qog`ozning namlanishida uning bo`ylama yo`nalishida 
cho`zilishi ko`ndalangga nisbatan kamroq (10-rasm). 
10-rasm. Namlashda qog`oz detallar o`lchamining o`zgarishi:


212 
1 – tajriba uchun tayyorlangan ikki bir xil qog`oz yo`llar; 2 
– ustkisi namlanib uzunroq bo`lgan o`sha qog`oz yo`llar; 3 – 
ikkinchisi tajriba uchun tayyorlanmalar – bo`ylama, ko`ndalang va 
nazorat uchun kesilgan qog`oz yo`llar; 4 – birinchi ikki qog`oz yo`l 
namlangandan keyingi qog`oz yo`llar 
Tajriba natijalari bo`yicha suhbatda o`quvchilar qog`ozning 
aniqlangan xususiyatlarini uni bo`yash va yyelimlashda, ya‘ni 
qog`ozdan tayyorlangan detallar namlanuvchi barcha hollarda hisobga 
olish zarur. Bir necha misollar bilan o`quvchilarga qog`ozning 
namlanishida cho`zilish xususiyatini hisobga olmaslik buyum 
sifatining pasayishi va hatto buzilishiga olib kelishini ko`rsatib berish 
juda muhim. 
II-IV sinfda o’quvchilar qog`oz detallarni yelim bilan qoplashda 
saqlab turish ahamiyatini o’rganib olishi muhim.
 
Oldingi tajribada 
o`quvchilarga qog`oz yo`llarni namlashdan keyin ularni 2-3 daqiqa 
saqlab turish taklif etiladi. Bu vaqt ichida qog`oz namni shimish va 
cho`zilishga ulguradi. 
O`qituvchi so`raydi: - Biz kutib o`tirmay detalni kleyster yoki 
yelim bilan qoplashdan keyin darhol uni joyiga yotqizib yelimlasak 
nima bo`ladi? (Detal namni shimish va o`lchamlari kattalashishda 
davom etaveradi. Natijada unda burmalar hosil bo`ladi va ish 
buziladi). 
Xulosa: Qog`ozdan tayyorlangan detallarni yopishtirishda, ularga 
yelim yoki kleyster surtishdan keyin 2-3 daqiqa kutib turish kerak. 
Ayniqsa detallar o`lchami katta bo`lsa, buni qilish muhim. 
O`qituvchi maslahat beradi: - Ustalar devorlarga gulqog`oz 
yopishtirishini kuzating. Gulqog`ozga kleyster surtib, uning namlanib, 
cho`zilishini kutib turadilar va shundan keyin uni devorga rasmini 
kelishtirib yopishtiradilar. Ba‘zan ustalar ketma-ket ikki, uch, hatto 
to`rt yo`l gulqog`ozga kleyster surtib, o`sha ketma-ketlikda ularni 
devorga yopishtiradilar. Bu vaqt ichida qog`oz yaxshi namlanib, 
cho`zilishga ulguradi. Devorda qurib, gulqog`ozlar taranglashadi va 
burmalar hosil qilmaydi. 
Karton va qog`ozdan tayyorlangan buyumlar yuzasida burmalar 
hosil bo`lishi sabablarini o`rganish.
 
Kichik maktab o`quvchilari karton 
va qog`oz bilan bajaruvchi ishlarining ko`pchiligi kleyster yoki 
yelimdan foydalanib bajariluvchi ishlardir. O`quvchilar bu ishlarni 


213 
toza bajarishlari uchun ular qog`oz detallar, applikatsiyalar, mozayika, 
rasmlar, suratlarni yopishtirishda yo`l qo`yadigan xatolardan saqlab 
turish kerak. O`quvchilar bajaradigan amaliy ishlar misolida qog`oz 
buyumlar yuzasida burmalar paydo bo`lishi sabablarini ko`rsatish 
kerak. 
Qog`oz detallarga kleyster yoki yelim surtishda ko`pchilik 
o`quvchilar yetarlicha tez ishlamaydilar. Buning natijasida detalning 
bir qismida, ayniqsa u katta o`lchamda bo`lsa, qog`oz yelimni shimib 
boshqa qismiga qaraganda ko`proq uzayishga ulguradi. Bunda 
qog`ozning turli joyida turlicha cho`zilish ro`y berib, buyum yuzasida 
burmalar hosil bo`ladi. 
Ko`pchilik o`quvchilar qog`oz yuzasiga yelimni turli qalinlikda 
surtadilar, ba‘zan yyelimlanmagan joylarni qoldiradilar. Bu holda ham 
qog`ozning notekis namlanishi ro`y beradi, buyum yuzasida burmalar 
paydo bo`ladi, ish esa pala-partish ko`rinishga ega bo`ladi. 
Qog`oz detallarni faqat uchlari yoki chetlariga yelim surtib 
yopishtirishda qo`pol, xunuk ko`rinishga ega bo`ladi. Bu holda 
burmalanishlar hosil bo`lishi kuzatiladi.Qog`ozni yyelimlashda ish 
sifati uchun o`quvchilar tomonidan quyidagi qoidaga rioya qilish 
muhim ahamiyatga ega: yelim surtilgan detalni joyiga yotqizishdan 
keyin uning ustiga toza qog`oz varag`ini quyish, uni ushlab turib 
o`rtasidan chetlarga qarab bosish kerak. Lekin yopishtirilayotgan 
detalni qog`oz bo`lagi yoki barmoqlar bilan bosib yurgizish mumkin 
emas: detal yirtilishi va buyum yelim bilan kirlanishi mumkin. 
Bu ish nima uchun qilinishini o`quvchilar yaxshi tushunib olishi 
uchun quyidagi tajribani ko`rsatish foydali. Yozuv, o`rash yoki gazeta 
qog`ozdan taxminan 100x200 mm o`lchamli to`g`ri burchakli qog`oz 
kesib olinadi, uni ikki bukib, teskari tomoniga yelim surtib qalin 
qog`oz yoki karton varag`iga yopishtiriladi. Uning ustini toza varaq 
bilan yopib, bosib chiqiladi. Ikkinchi bo`lak ham bosib chiqiladi, lekin 
ustiga toza varaq qo`yilmaydi. Yelim qurigach, o`quvchilar 
yelimlangan to`g`ri burchakni qarab chiqadilar va yelimlash sifatidagi 
farqlarni aniqlaydilar. Odatda, usti qog`oz bilan yopilib ishlangan 
detal usti toza, tekis, burmalarsiz bo`ladi. 
Qog`oz namlanishida nima sodir bo`ladi? (II sinf) Qog`oz 
varag`ida (buning uchun yozuv, rasm qog`ozini olish mumkin) 
o`quvchilar 90x90 yoki 100x100 mm o`lchamli kvadratlarni 


214 
belgilaydilar. O`zlariga ma‘lum usullarning biri bilan varaqdagi 
bo`ylama 
yo`nalishni 
aniqlab, 
kvadratlarida 
kerakli 
belgilar 
qo`yadilar, masalan, 11-rasmdagidek strelkalar bilan ko`rsatiladi. 
11-rasm. Bir tomondan qog`oz namlanishi tajribalari: 
1 – ikki o`zaro perpendikulyar chetlar bo`yicha qog`oz 
varag`ining namlanishi; 2 - qog`oz aylanani suv yuzasiga joylashtirib 
pastki yuzasining namlanishi; 3 - qog`oz tarnovchadek egilib, uning 
uchlari qog`oz varag`ining bo`ylama yo`nalishiga mos keladi. 
Kvadratlarni kesib olib, o`quvchilar ularni oldilariga qo`yib 
mo`yqalam yoki yumshoq matodan tampon bilan varaqning ikki 
o`zaro perpendikulyar chetlarini suv bilan namlab, qog`oz bilan nima 
yuz berishini kuzatadilar. Bir necha soniyadan keyin qog`oz 
chetlarning biri bo`ylab tarnovsimon egiladi, uning uchi kvadrat 
chetlariga parallel bo`ladi (11.1-rasm). Kvadratning ikkinchi 
namlangan uchi bo`ylab taxlamalar hosil bo`ladi. O`quvchilar 
kvadratlarning birinchisida uning cheti qog`oz varag`ining bo`ylama 
yo`nalishiga, ikkinchisida ko`ndalang yo`nalishga to`g`ri kelishini 
aniqlaydilar. 
Xulosa chiqariladi: qog`oz varag`i chetlari namlanishida 
o`zgarishi 
bo`yicha 
bu 
qog`ozda 
bo`ylama 
va 
ko`ndalang 
yo`nalishlarni aniqlash mumkin. 
O`quvchilarga yuqorida ta‘riflangan tajriba varintini ko`rsatish, 
keyin esa o`zlariga qilib ko`rishni taklif qilish foydalidir. O`qituvchi 
qog`oz varag`ida radiusi 90-100 mm bo`lgan aylana belgilab, uning 
ichida strelka bilan bo`ylama yo`nalishni belgilaydi. Keyin 


215 
belgilangan aylanani kesib olib, likopcha yoki surat vannachasiga 
solingan suv yuzasiga joylashtiradi (11.2-rasm). 2-3 soniyadan keyin, 
aylanacha suvdan olinib, ho`l tomoni bilan kaftga qo`yiladi. 
O`quvchilar qog`oz ancha tez tarnovdek egilishini ko`radilar, u 
ko`pincha o`ralib qoladi. Tarnovcha uchi va qog`ozning bo`ylama 
yo`nalishi mos kelishini o`quvchilarga ko`rsatish qoladi (11.3-rasm). 
O`qituvchi o`quvchilar diqqatini chetlari yuqoridan namlangan 
kvadratda bo`ylama uchda tarnovcha yuqoriga tomon egilgani, 
pastdan namlangan aylana tarnovchasi ham yuqoriga tomon 
egilganiga qaratadi. Bu tasodifmi? yo`q. Bu savolga o`quvchilarni 
qiziqtirish va uning amaliy ahamiyatini yaxshiroq o`zlashtirilishi 
uchun ularga mustaqil nazorat tajribasini o`tkazishni taklif qilish 
mumkin. 
Bolalar qog`oz varag`ida ikkita bir xil aylana belgilab, ularni 
kesib oladilar va suv yuzasiga turli tomonlari bilan qo`yadilar: 
birining belgisi yuqorida, ikkinchisi – pastga. Ularni oldingi tajribada 
qilingandek, bir vaqtda kaftga o`tkazilsa, qanday o`zgaradi? (Bir xil: 
aylanachalar uchlari tarnovcha hosil qilib yuqoriga ko`tariladi; 
ularning uchlari qog`oz varag`ining bo`ylama yo`nalishiga to`g`ri 
keladi) Nima uchun? (Suv yuzasiga joylashtirilgan qog`oz darrov 
namlanmaydi. Uning pastki qatlami tezroq namlanib, uning tolalari 
ustki qatlam tolalariga nisbatan oldinroq shishib cho`ziladi. Bunday 
cho`zilish qog`ozning tarnovchadek egilishiga olib keladi). 
Yuqorida ta‘riflangan tajribalarni o`tkazishda qog`oz qanday 
o`zgarishini o`quvchilar yaxshiroq tushunib olishlari uchun darsdan 
tashqari mashg`ulotlarda qog`oz bir paytda ikki tomonidan 
namlanuvchi tajribalarni o`tkazish vazifasini berish foydali. 

Download 7,65 Mb.
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   114




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qog`oz namlanishida nima ro`y beradi? Bu borada

Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish