Qog`oz va karton xususiyatlarini taqqoslash




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/114
Sana21.06.2024
Hajmi7,65 Mb.
#264904
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   114
Bog'liq
bosh

Qog`oz va karton xususiyatlarini taqqoslash. 
Qog`ozning eng 
yaqin qarindoshi karton bilan tanishishda, uning buyumlar yasashda 
amaliy qo`llanishida uning xususiyatlarini qog`ozning o`xshash 
xususiyatlari bilan taqqoslash foydali. Bunday qiyoslash, taqqoslashlar 
birinchi darajali politexnik ahamiyatga ega, barcha materiallarning 
texnologik 
xususiyatlari 
to`g`risida 
o`quvchilar 
bilimlarining 
to`planishi va tizimlanishiga yordamlashadi – bu xususiyatlarni 
bilmasdan materiallarda ishlov berishni amalga oshirib bo`lmaydi. 
O`qituvchi qog`oz va karton namunalarini ko`rsatib, bu 
materiallarning o`rtasida tayyorlanish materiallari bo`yicha ham, 
usullari bo`yicha ham ahamiyatli farq yo`qligini ma‘lum qiladi. 
Bundan tashqari 1 m
2
250 g og`irlikdagi kartonni ko`pincha qog`oz 
deb ta‘riflaydilar. 
Oddiy tajriba va kuzatishlar qatori bilan o`quvchilar karton 
qog`oz kabi tolali tuzilishli varaqli material ekanligini aniqlaydilar. 
Qog`oz kabi karton ham asosan o`simlik tolalaridan iborat bo`lib, 
ularning oralari yyelimli maxsus to`ldiruvchilar bilan to`ldirilgan. 
O`quvchilar qog`oz va kartonning kichik bo`laklarini yirtib olib 
ularni yirtilish chiziqlarini kuzatadilar. Ular qog`ozda tolalar mayda 
va bir turli, kartonda esa ancha yirikroq, qo`polroq va bir turda 
emasligini aniqlaydilar. O`qituvchi yordamida o`quvchilar bu nafaqat 
qog`oz tayyorlashda asosiy xom ashyo – tolali massa yaxshiroq 
maydalanib aralashtirishishiga, balki kartonni tayyorlashda odatda 
qo`polroq va arzonroq materiallar poxol va qamishning qo`llanishiga 
ham bog`liq ekanligini tushuntiradilar. 
O`qituvchi yirtishda yoki ko`p marta bukishda qatlamlarga 
ajraluvchi karton namunalarini ko`rsatib, sinfga savol beradi: nima 
sababdan qatlamga ajralish ro`y beradi. U karton ishlab chiqarishda 
uni tayyorlashning ikki usuli qo`llanishini gapirib beradi. Birinchi usul 
bo`yicha karton taxminan qog`oz quyilishidek qo`yiladi: ortiqcha suv 
siqib olinadi, quritiladi, yuzasi pardozlanadi. 


220 
Ikkinchi usul bo`yicha dastlab qo`pol qog`oz varaqlari 
tayyorlanadi, ular keyin bir necha qatlam qilib yyelimlanib, ancha-
muncha qalin va mustahkam karton olinadi. Ba‘zan bunday 
kartonning ustki qatlami yuqoriroq sifatli yoki boshqa rangdagi 
qog`oz bilan yyelimlanadi. Bunday karton ba‘zan qatlamlarga ajraladi. 
O`qituvchi taklifi bilan uchinchi sinf o`quvchilari qo`lbola 
kartonni bir necha qog`oz qatlamini yelimlab tayyorlashlari mumkin. 
Bunday qo`lbola karton qurishda tirishib qolmasligi uchun uni bir 
necha qatlam qog`ozga o`rab, press ostida quritish kerak. Quritish 
jarayonida qog`ozni bir necha marta almashtirish yana yaxshiroq - bu 
qurishni tezlashtiradi va karton yuqoriroq sifatli bo`ladi. 
Qo`lbola karton tayyorlash ishini amalga oshirishda politexnik 
taqqoslash – yelimlangan kartonni yyelimlangan fanera va qatlamli 
plastiklar bilan solishtirish, shuningdek bolalarni pape-mashedan 
buyumlar tayyorlash bilan tanishtirish foydali. 
Qog`oz va karton namunalarini bir vaqtda ko`rib chiqish va 
o`quvchilarga ularning sifatli xususiyatlarini ko`rsatib, o`qituvchi 
o`quvchilarga karton qog`oz kabi yupqa va qalin, silliq va g`adir-
budir, zich va g`ovak, egiluvchan va sinuvchan, yaltiroq va 
yaltiramaydigan yuzali, rangli bo`lishi mumkinligini ko`rsatib beradi. 
Materiallarning sifat xususiyatlarini taqqoslash o`quvchilarning 
barcha 
materiallarning 
muhim 
xususiyatlari 
to`g`risidagi 
tasavvurlarini aniqlashtirish va umumlashtirishga yordam beradi. 
O`quvchilarning karton to`g`risidagi bilimlarini umumlashtirish 
va 
mustahkamlashtirish 
uchun 
tayyorlanishida 
kartondan 
foydalaniladigan buyumlar ro`yxatini birgalikda tuzishni taklif qilish 
foydali. O`quvchilar sanoat va oziq-ovqat tovarlarini joylashtirish 
uchun qutilar, kitob muqovalari, jildlar, albomlar, chemodanlar, 
poyabzal astarlari, o`quv qo`llanmalarini aytadilar.
O’quvchilarga karton va qog’oz bilan ishlashda qaychi bilan 
qirqish, elimlash, ishlob berishda asbob-uskunalrni ishlatish 
usullarini, ehtiyotkorlik qilish lozimligini xavfli tomonlarini 
tushuntirib, texnik xavfsizlik malakalari singdiriladi

Dars jarayonini 
boshlashdan avval o’qituvchi o’quvchilarga har bir mavzuga oid 
texnika xavfsizlik qoidalarini aytib o’tadi va o’quvchilarni dars 
jarayonida kuzatib boradi, ba’zi eslatmalarni eslatib o’tadi: 
1.
Ish joyini to’g’ri tashkil qilish; 


221 
2.
Foydalanadigan jihozlarni tayyorlab qo’yish;
3.
O’tkir tig’li asboblardan ehtiyotkorona ishlash ; 
4.
Qaychini uzatishda o’tkir tomonidan ushlab uzatish; 
5.
Yelimdan foydalanib bo’lgandan so’ng, qo’lni sovunlab yuvish; 
6.
Ish stolini tozalab qo’yish. 

Download 7,65 Mb.
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   114




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qog`oz va karton xususiyatlarini taqqoslash

Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish