Barglar shakli va tuzilishini kuzatish, yog`och bilan




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/114
Sana21.06.2024
Hajmi7,65 Mb.
#264904
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   114
Bog'liq
bosh

Barglar shakli va tuzilishini kuzatish, yog`och bilan 
tajribalar.


249 
Kuzda III sinf o`quvchilari o`qituvchi rahbarligi ostida qayin, 
dub, terak, o`rik, sosna daraxtlari barglarini to`playdilar. Ularni 
botanik presslarda quritadilar. Quritishda barglar o`rtasida 8-10 qavat 
gazeta qog`ozi yotqizadilar. Yetarlicha quritilmagan va qiyshaygan 
barglarni issiq dazmol bilan taxta ustida tekislaydilar. 
Amaliy ishdan oldin birinchi sinf o`quvchilariga quritilgan 
barglarni diqqat bilan qarab chiqib, savollarga javob berish 
topshirig`ini beradi: quritilgan barglar oxirigacha quritilmagan 
barglardan qanday farq qiladi? Nima uchun panno tayyorlash uchun 
yaxshi quritilgan barglar olinadi? Quritilgan barglar rangi qanday 
bo`ladi? Nima uchun quritishda barglar orasiga bir necha gazeta 
qog`oz qatlami qo`yiladi? Botanik papkada quritish va issiq dazmol 
bilan dazmollashda barglar nima bo`ladi? 
Keyin o`quvchilar quritilgan barglarni iplar, qog`oz yo`llar va 
yelimlar yordamida qalin qog`ozga o`rnash ishini bajaradilar (5-
rasm). O`quvchilar to`plamlarda barglarni iplar va qog`oz yordamida 
joylashtirish qulayligiga ishonch hosil qiladilar. Papkada barglarni tez 
quriydigan BF-2 va PVA yelimlari yordamida yopishtirish qulay. 
O`qituvchi unchalik qurimagan dub barglarini o`rtasidan bukishni 
topshiradi. Bu tajriba natijasida o`quvchilar bargning ikkala yarmi 
mos kelishini aniqlaydilar. 
5-rasm. Daraxt barglari gerbariy namunalarini o`rnatish 


250 
Ikkinchi sinf o`quvchilari barglar va ular o`rnatilayotgan fon 
ranglarining uyg`unligini kuzatadilar. Bir rangli barglarni turli 
fonlarga joylashtirib, bolalar barglar turlicha ko`rinish olishini 
aniqlaydilar. O`qituvchi turli daraxt yog`ochlari namunalarini 
ko`rsatib bu yog`och turlari bir-biridan rangi va mustahkamligi bilan 
farq qilinishini ko`rsatadi. Osina yog`ochi oq, archa – och-sariq, dub – 
och jigar rangda bo`ladi. Ulardan eng yumshoq va mustahkam 
bo`lmagani osina yog`ochi, eng qattiq va mustahkami – dub 
yog`ochidir. O`qituvchi to`plamdan osina, archa va dub barglarini 
topishni taklif qiladi. 
Keyingi ko`rsatish tajribalarida o`qituvchi bolalarni yog`och 
materiallar yonuvchanligi bilan tanishtiradi. O`qituvchi yondirilgan 
gugurt cho`pini quruq loy bo`lagi va yupqa quruq yog`och parchasiga 
navbat bilan yaqinlashtiradi. Ikkinchi sinf o`quvchilari tajribani diqqat 
bilan kuzatib, loy yonmaydigan, yog`och esa yonuvchi material degan 
xulosaga 
keladilar. 
Bolalarning 
kuzatishlarini 
umumlashtirib, 
o`qituvchi gugurt cho`plari yumshoq, tez yonuvchi osina yog`ochidan 
tayyorlanishini aytadi.
Ish turli barglardan panno tayyorlash bilan yakunlanadi. Qayin va 
osina barglaridan birinchi sinf o`quvchilari yo`lda ko`k fonda, ryabina 
va dub barglaridan kvadratda yashil fonda, dub va tol barglaridan qizil 
fonda aylana ichida panno tayyorlaydilar (6-rasm). 
Panno tayyorlashda o`quvchilar tajribalar jarayonida ranglar va 
material joylashuvining eng uyg`un holatlarini topadilar. 
6-rasm. Yo`l, kvadrat va aylanada barglardan panno tayyorlash 


251 

Download 7,65 Mb.
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   114




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Barglar shakli va tuzilishini kuzatish, yog`och bilan

Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish