Yong`oq po`stlog`i bilan ishlash texnologiyalari




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/114
Sana21.06.2024
Hajmi7,65 Mb.
#264904
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   114
Bog'liq
bosh

Yong`oq po`stlog`i bilan ishlash texnologiyalari:
Yong`oqlarning o`sishi va rivojlanishini kuzatish imkoniyati 
bo`lmasada, ularning po`chog`ini to`plash qiyin emas. Birinchi sinf 
o`quvchilari yong`oq po`chog`iga boshqa tabiiy materiallarni qo`shib 
ko`pgina qiziqarli o`yinchoqlar tayyorlashi mumkin (4-rasm). 
4-rasm. Yong`oq po`chog`idan o`yinchoqlar 
O`qituvchi bolalarni o`yinchoqlar tayyorlash uchun faqat yaxshi 
po`choq yarashi to`g`risida ogohlantiradi, shuning uchun yong`oqlarni 


248 
ikkala po`choq bo`lagi butun qolishi uchun pichoq yordamida 
ehtiyotkorona sindirish kerakligini uqtiradi. Bu ishda birinchi sinf 
o`quvchilarining texnik xavsizligiga rioya qilishi va buning uchun 
ularga kattalar yordam berishi kerak. 
Yong`oq po`chog`ini kuzatish va ishlov berish bo`yicha eng 
oddiy tajribalar jarayonida o`quvchilarga quyidagi savollarga javob 
topishlari vazifa sifatida beriladi: Yong`oqlar qanday shakl va rangda 
bo`ladi? Ular dub daraxti yong`oqlaridan nima bilan farq qiladi? 
yong`oqlarni qaysi asboblar yordamida ishlov berishi mumkin? 
Yong`oq po`chog`idan qanday o`yinchoqlar yasash mumkin? 
O’qituvchi o’quvchilarga yong`oqning yumshoq mag`zi olingach, 
bo`sh po`stlog`i qolishini tajribada ko’rsatadi. Uni ehtiyotkorona 
sindirishda, aylana qayiqchilarga o`xshash ikki qismga ajratish 
mumkinligi, yong`oq po`stlog`ini bigiz bilan teshishi, pichoq va 
arracha bilan ishlov berish, BF-2 va PVA yelimlari bilan yelimlash, 
lak bilan qoplash usullarini ko`rsatib beradi. 
Tozalangan yong`oq po`chog`iga dasta yasalsa, savatcha hosil 
bo`lishi; parusli machta o`rnatilsa, kemacha hosil bo`lishi; ikki 
po`choq bo`lagini biriktirib, ularga qog`oz, loy, shoxchalardan oddiy 
detallarni qo`shib jo`jacha, baliqcha, ukkicha yasash mumkinligi 
amalda ko’rsatib bveriladi.. 
Shunday qilib, yong`oq po`chog`idan o`yinchoqlar yasash 
jarayonidagi kuzatishlar va tajribalar paytida o`quvchilar predmetlar 
kattaligi, shakli, rangi, ularning fazoda joylashuvi, buyumlarning 
ishlov berilishi, o`rnatilishi va pardozi to`g`risidagi bilimlarini 
mustahkamlaydilar. 
Bolalarning yong`oq po`chog`idan kemachalar, kolyaskalar, 
tarozilar tayyorlashi ayniqsa qimmatli. Bu o`yinchoqlar bilan 
o`quvchilar qo`shimcha kuzatishlar va tajribalar o`tkazadilar. 
Kemachani suvda sinab ko`rib, bolalar o`yinchoq haqiqiy kemadek 
suzishiga ishonch hosil qiladilar; kolyaskani yurgizib, o`quvchilar u 
haqiqiydek harakatlanishini qayd etadilar; ba‘zi predmetlarni qo`lbola 
o`yinchoq tarozida o`lchab bolalar haqiqiy tarozi ishlashi haqida 
tasavvurga ega bo`ladilar. 

Download 7,65 Mb.
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   114




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yong`oq po`stlog`i bilan ishlash texnologiyalari

Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish