Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/114
Sana21.06.2024
Hajmi7,65 Mb.
#264904
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   114
Bog'liq
bosh

Qurilish 
materiallari 
bilan 
o`quvchilarni 
tanishtirish 
darslarini tashkil qilish. 
Qurilish maydonchasiga ekskursiya oldidan 
o`quvchilarga yashash binosining asosiy qismlarini qarab chiqish va 
qurilish materiallarining namunalarini: beton bo`laklari, qizil va oq 
g`isht bo`laklari, gudron, shifer, yog`och, yupqa metall, sement, gips 
(alebastr) bo`laklarini yig`ishni topshiradi. 
Ekskursiyadan keyin o`quvchilar o`zlarining qurilish va qurilish 
materiallari to`g`risidagi bilimlarini tizimlashtiradilar.
O`qituvchi bino rasmini diqqat bilan ko`rib chiqib (16.1-rasm), 
uning qismlarini aytishni taklif qiladi. Uchinchi sinf o`quvchilari bino 
poydevor, devorlar, tom, deraza, eshiklar, tutun o`tuvchi va 
shamollatish quvurlaridan iborat ekanligini aytadilar. O`quvchilar 
binoning alohida qismlari qaysi materiallardan qilinishini aytib 
o`tadilar: tutun o`tish quvurlari - g`ishtdan, devorlar - g`isht va 
temirbeton plitalardan, poydevor – temirbeton bloklardan, pol va 


261 
derazalar – yog`ochdan, tom – yog`och, yupqa temir, shifer, tol - qora 
smola shimdirilgan kartondan; tashqi eshiklar – DSP dan, ichki 
eshiklar – DVP dan qilinadi. 
16-rasm. Yashash binosi arxitekturasi va qurilishi bilan tanishish: 
1 – binoning asosiy qismlari; 2 - qurilish materiallariga suvning 
ta‘sirini aniqlash tajribalari; 3 – material yonuvchanligini tekshirish; 4 
– bino qurishda ishlatiluvchi materiallar 
Bino va uning qismlari bilan tanishgandan keyin uchinchi sinf 
o`quvchilari 
ekskursiyada 
to`plangan 
qurilish 
materiallari 
namunalarini diqqat bilan qarab chiqish, bu materiallar rangini, 
ularning qattiqligini aniqlash vazifasini olishadi. O`quvchilar beton va 
shifer kul rang, g`isht - qizil va oq, gudron - qora rangdaligini 
aniqlashadi. Bu materiallarning hammasi qattiq. 
Ko`rsatish tajribalari jarayonida o`qituvchi bolalarni bu 
materiallarning suv va olovga munosabati bilan tanishtiradi. 
O`qituvchi navbat bilan beton, g`isht, shifer va gudron bo`laklarini 
suvli stakan ichiga solib oladi, o`quvchilar ularni qarab chiqadi. 
Bolalar bu materiallar suvda cho`kishi va ho`llanmasligini qayd 
etadilar (16.2-rasm). Qurilish materiallarini alanga ustida qizitish 
jarayonida o`quvchilar beton, g`isht va shifer qattiqligicha qolishi
gudron esa yumshashini aniqlaydilar (16.3-rasm). 
Zamonaviy qurilish materiallarining asosiy xususiyatlari – 
mustahkamlik, namga chidamlilik va olovga qarshilik. Bunday 
materiallardan qurilgan binolar uzoq saqlanadi. Ular yomg`ir va 
olovdan qo`rqmaydi. 


262 
O`qituvchi o`quvchilarga beton va g`isht parchalarini yana bir 
marta qarab chiqishni taklif qiladi. U bu materiallar zamonaviy 
binolarni qurishda asosiy ekanligini aytadi. Qizil g`isht loydan, oq 
silikat g`isht – sof kvarts qumiga (92-95 %) ohak qo`shib (5-8 %) 
tayyorlanadi. Beton qum, sement, suv aralashmasidan olinadi. Beton 
qisilishda yuklanishga yaxshi chidaydi, lekin cho`zilishdagi 
yuklanishni yaxshi ko`tarmaydi. Undan detallar cho`zilishda 
sinmasligi uchun avval metall xivichlardan to`r yasalib, keyin uning 
ustiga beton quyiladi. Beton quyilgan metall to`rlardan tayyorlangan 
detallar temirbeton deb ataladi. Yirik temirbeton bloklardan uylar 
qurish g`ishtdan ko`ra tezroq amalga oshiriladi. Hozir temirbeton 
zavodlarida plitalar bilan birga butun xonalar, ba‘zan esa butun 
xonadonlar tayyorlanmoqda. Tayyor xonalar yoki xonadonlarni 
qudratli avtomashinalarda qurilishga tashib kelib, katta kranlar bilan 
ko`tarib, joyiga o`rnatiladi. Bir hafta ichida bunday bloklardan 
quruvchilar beshqavatli uy yig`a oladilar. 
Ekskursiya vaqtida o`quvchilar qurilishda yog`och keng 
qo`llanishini kuzatganlar. Yog`ochdan romlar, deraza va eshiklar, 
pollar qilinadi. Katta yuzalarni qoplashda yog`ochdan foydalanish 
maqsadga muvofiq emas. Ularning o`rniga DSP va DVP dan 
foydalaniladi. DSP tayyorlash uchun yog`och qirindilari, DVP 
tayyorlash uchun tolalari maydalanib ishlatiladi. Ular smolalar bilan 
aralashtirilib, press yuzasiga muayyan qalinlikda eyiladi va qizitilgan 
holatda katta bosim ostida qisiladi. Shunday tarzda bir necha kvadrat 
metr kattalikdagi tekis plitalar hosil qilinadi. DSP qalinligi odatda 10-
12 mm, DVP esa 3-5 mm bo`ladi. 
Uchinchi sinf o`quvchilari DSP va DVP bo`laklarini diqqat bilan 
ko`rib chiqib, ular yuzasi silliq ekanligini aniqlaydilar; DSP ning 
yuzasida mayda qirindilar, DVP da esa tolalar ko`rinib turadi. DVP 
ning teskari yuzasi odatda unchalik silliq bo`lmaydi. 


263 
17-rasm. Qurilish materiallari mustahkamligi va egiluvchanligini 
sinash 
O`qituvchi 
yog`och 
materiallarining 
tarangligi 
va 
mustahkamligini ko`rsatuvchi tajribani ko`rsatadi (17-rasm). U 
yog`och DSP va DVP dan kesib olingan 150x20x3 mm o`lchamli 
bo`laklarni navbat bilan olib egadi. O`quvchilar yog`och bo`lagi bir 
tekis egilishi, DSP bo`lagi sinishi, DVP bo`lagi esa bukilib qolishini 
kuzatadilar. Tajriba asosida o`quvchilar eng tarang va mustahkam 
material bu yog`ochligi, ikkinchi o`rinda DVP turishi, eng nozik va 
mustahkam bo`lmagani DSP ekanligi haqida xulosa chiqaradilar. 

Download 7,65 Mb.
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   114




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o

Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish