Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/114
Sana21.06.2024
Hajmi7,65 Mb.
#264904
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   114
Bog'liq
bosh

Somon 
bilan 
ishlashda 
kuzatishlar, 
tajribalar 
va 
ko`rsatishlar. 
Somondan turli o`yinchoqlar yasash imkoniyati juda 
katta. 
Amaliy ishlardan oldin o`quvchilar kuzatishlar va tajribalar 
jarayonida quyidagi savollarga javob topadilar: Qaysi somon arpa 
yoki bug`doy ochiqroq tusda? Bu somonlardan qaysi biri 
egiluvchanroq? Qaysi somon kesish va tekislashda kamroq yoriladi? 
O`simlik poyasining qaysi qismi – pastki, o`rtacha yoki ustki – ish 
uchun eng qulay? 
Kuzatishlar va tajribalar jarayonida o`quvchilar arpa somoni 
ochiq va nafis tusga egaligi, u juda egiluvchan bo`lib, kesish va 


257 
tekislashda kamroq yorilishini aniqlaydilar. Ish uchun poyaning o`rta 
qismi eng yaxshi hisoblanadi. 
12-rasm. O`yinchoqlar tayyorlashda foydalanish uchun somonni 
tayyorlash 
Ba‘zi amaliy ishlar uchun yumshoq, elastik somon kerak bo`ladi. Uni 
quyidagicha olish mumkin. Somon poyalari keng tog`orachaga solib, 
qaynoq suv quyiladi. Suv sovigach, somon tog`oradan olinadi, u 
yumshoq va elastik bo`ladi (12-rasm). Bunday somondan qutichalar, 
savatlar, o`yinchoqlar yasash osonroq (13-rasm). 
13-rasm. Somondan o`yinchoq namunalari 


258 
Bu 
o`yinchoqlarni 
tayyorlashda 
o`quvchilar 
somonning 
texnologik xususiyatlarini o`rganadilar. Ular somonni bog`larga 
bog`lash, o`rash, pichoq va qaychi bilan kesish mumkinligini bilib 
oladilar. O`yinchoqqa yakunlangan ko`rinish berish uchun somonga 
boshqa materiallar, masalan, rangli iplar, gazlama bo`laklari va 
hokazo qo`shishi mumkin. 
Tekislangan somonchadan applikatsiyalar tayyorlashda uchinchi 
sinf o`quvchilari qator kuzatish va tajribalarni o`tkazadilar. 
O`quvchilar somonchalarni barglardan tozalaydilar, tugunoralarini 
kesib oladilar, eng yaxshi bo`laklarni tanlab oladilar, ularni qaynoq 
suvda 
damlaydilar, 
ikkiga 
bo`ladilar, 
ochib, 
dazmol 
bilan 
tekislaydilar. Bunda o`quvchilar qaynoq suvda damlangan va kesilgan 
somoncha dazmol bilan oson tekislanishi, tor yassi tasmachaga 
aylanishini aniqlaydilar.
14-rasm. Somondan applikatsiya 
Tekislash jarayonida to`rtinchi sinf o`quvchilari dazmol 
isitilishiga va ishlov berish vaqtiga qarab somonchaga turli tus – och-
sariq, sariq, och-jigar rang, to`q jigar rang – berish mumkin degan 
xulosaga keladilar. Rasmlarni somoncha bilan yelimlab chiqishdagi 
amaliy ishda kuzatishlar bevosita davom ettiriladi (14-rasm). Detalni 
kesib, yopishtirishdan oldin o`quvchi shunday somonchani tanlaydiki, 
u o`z fakturasi, shakli va rangi bilan o`ylangan kompozitsiya g`oyasini 


259 
muvaffaqiyatliroq ifodalasin. Tajribalar jarayonida o`quvchilar 
somondan applikatsiyalarni qog`oz, karton, yog`ochdan fon ustida 
bajarish mumkinligini bilib oladilar. Biroq fon uchun eng yaxshi 
material ko`p qatlamli qayin fanera yoki yupqa qayin taxtadir. 
Applikatsiyani ustidan duradgorlik yelimi qatlami qoplangan to`q 
fonda bajarish qulayroq. Bu holda somondan detallar bir oz ho`llab, 
qaychi uchi bilan bosishda planshet yuzasiga mustahkam yopishadi. 
Applikatsiyalarni yopishtirishdan keyin o`quvchilarga somondan 
applikatsiyalar boshqa materiallarga nisbatan (masalan, qog`ozdan 
applikatsiya) vaqtda qancha saqlanishini kuzatish topshirig`i beriladi. 
O`quvchilar qog`ozdan tayyorlangan applikatsiyalar vaqt o`tishi bilan 
rangi o`chishi, o`zining boshlang`ich bo`yoqlarini yo`qotishi, 
somondan applikatsiyalar esa o`zgarmay qolishini aniqlaydilar. 

Download 7,65 Mb.
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   114




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o

Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish