Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/114
Sana21.06.2024
Hajmi7,65 Mb.
#264904
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   114
Bog'liq
bosh

Shoxlar 
bilan 
ishlashda 
kuzatishlar, 
tajribalar 
va 
ko`rsatishlar. 
III sinfda turli o`yinchoqlarni yasash uchun turli daraxt 
shoxlaridan foydalanish imkoniyati katta. Diqqat bilan qaralsa, deyarli 
har bir shoxda biron bir hayvon, odam, ertak qahramonining yashirin 
belgilarini ko`rish mumkin. 
O`quvchilarga yozda turli daraxtlardan tushgan shoxlarni terish 
vazifasi beriladi. Turli daraxt shoxlarini diqqat bilan qarab chiqib, 
o`quvchilar ularning o`ziga xos belgilarini aniqlaydilar. Shoxlarni 
pichoq bilan kesib ko`rib, ulardan qaysilari eng qattiqligini 
aniqlaydilar. Oxirigacha qurimagan shoxlarni bukib, ulardan qaysilari 
eng egiluvchan ekanligini aniqlab oladilar.
Kuzatishlar, tajribalar, sinashlar natijasida o`quvchilar turli daraxt 
shoxlarini po`stlog`i, yog`och rangi, barglar shakli va boshqa belgilari 
bo`yicha aniqlash mumkinligini bilib oladilar. Hamma daraxtlarning 
quruq shoxlari nam shoxlardan qattiqroq, qurishda shoxlar 
qattiqlashib, sinuvchan bo`ladi. 
8-rasm. O`yinchoqlar tayyorlashda shoxlarga ishlov berish 
yo`llari 
O`quvchilar shoxlardan po`stloqni ajratish, yo`nish, shoxlardan 
taxta ustida parcha kesib olishni mashq qiladilar (8-rasm). O`quvchilar 


253 
nam shoxlardan po`stloq osonroq olinishi, yog`ochni tolalar bo`ylab 
yo`nish osonligiga ishonch hosil qiladilar.
O`quvchilar amaliy ishlar uchun turli shoxlarni tanlab, ulardan 
turli figurachalar yasaydilar (9-rasm). Masalan, bolalar butun shoxdan 
yugurayotgan odamchani eslatuvchi figurachalar kesadilar; turli shakl 
va qalinlikdagi shoxlardan turna, kiyik figurachalarini hosil qiladilar, 
yong`oq va patlar qo`shib raqqosa figurachasini yasaydilar. 
9-rasm. Mayda shoxlardan o`yinchoqlar namunasi 
O`quvchilar to`g`ri shoxlarni kuzatish va tajribalar o`tkazib, ular 
ajoyib qurilish materiali degan xulosaga keladilar. Ulardan o`yinchoq 
uycha, sol yasash mumkin. Bunda ikkinchi sinf o`quvchilari detallarni 
mustahkamlashning ratsional usullarini (masalan, loy, plastilin, yelim, 
iplar va hokazo yodamida) aniqlaydilar.
Oxirida o`quvchilar nam majnuntol shoxlarini kuzatish va sinab 
ko`rish ishlarini amalga oshiradilar. Ular nam majnuntol shoxchalari 
juda egiluvchanligini aniqlaydilar. Ulardan turli o`yinchoqlarni o`rab 
yasash mumkin. 

Download 7,65 Mb.
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   114




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o

Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish