• Panno va applikatsiyalar uchun gullar terishda kuzatishlar va tajribalar.
  • IV sinfda xalq ustalari mahsulotlarini ko`rsatish




    Download 7,65 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet88/114
    Sana21.06.2024
    Hajmi7,65 Mb.
    #264904
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   114
    Bog'liq
    bosh

    IV sinfda xalq ustalari mahsulotlarini ko`rsatish. 
    Barglar, 
    gullardan applikatsiyalar va panno va somonchalardan dekorativ ishlar 


    255 
    tayyorlash bo`yicha amaliy ishlardan oldin o`qituvchi to`rtinchi sinf 
    o`quvchilariga o`simlik naqshlari bilan bezatilgan xalq ustalarining 
    ishlarining namunalarini ko`rsatadi. 
    Xalq ustalarining ishlarini diqqat bilan kuzatib o`quvchilar 
    ularning vazifasi, naqsh shakli va xarakterini aniqlaydilar. 
    Ishlarni ko`rsatishda o`qituvchi yog`och va metalldan ko`pchilik 
    buyumlarni bezashda shoxlar, barglar, gullardan tuzilgan o`simlik 
    naqshi asos qilib olinganini ma‘lum qiladi. 
    Xalq ustalari buyumlari namunalarini ko`rsatishda o`qituvchi, 
    quyidagi savollarga javob berishni so`raydi: Bu buyumlar nima uchun 
    mo`ljallangan? Xalq ustalari buyumlari sizga nimasi bilan yoqadi? 
    Xalq ustalari dastlab buyumni yog`ochdan yo`nilb yoki kesib 
    oladi, keyin uning yuzasi loy, yog` va alyuminiy kukuni eritmasi bilan 
    surtadilar. Buyum metall kabi silliq va yaltiroq bo`lgach, bo`yoqlar 
    bilan bezatilib, lak bilan qoplanadi. Shundan keyin ular pechkada 
    toblanadi. Yuqori harorat ta‘siri ostida lak plenkasi to`q rangga kirib, 
    buyum yuzasi iliq qahrabo tusini oladi. Kukun bilan bo`yalgan 
    yog`och yuzasi lak ostidan ko`rinib turib, oltinga o`xshab ketadi. 
    Panno va applikatsiyalar uchun gullar terishda kuzatishlar va 
    tajribalar. 
    Yozda o`quvchilarga dala, o`tloq va o`rmonlarda yozning 
    boshida, o`rtasida va oxirida paydo bo`luvchi gullarni terish, ularning 
    nomlarini aniqlash, ularning qaysi biri o`tloqda, o`rmonda, dalada 
    o`sishini eslab qolish topshirig`i beriladi. Bunda o`quvchilari 
    tabiatshunoslik va tasviriy san`at darslarida olingan bilim va 
    tushunchalarni mustahkamlaydilar. 
    Bolalar gul turlari yozda doimo o`zgarib turishini aniqlaydilar. 
    Iliq bahor kunlari kelishi bilan baxmaldek to`q-ko`k rangli 
    chuchmomalar paydo bo`ladi, keng bargli daraxt cho`qqilari birlashib, 
    o`rmonda quyuq soya paydo bo`lishi bilan nozik oq marvarid – gullar 
    ochiladi. Iyun boshida o`tloq chinnigullari paydo bo`ladi. Keyin 
    yarongullar, moychechaklar yashnab ketadi. Kech kuzgacha 
    mingyaproq gullari ochilib turadi. Terilgan gullarni darhol quritish 
    kerak. O`qituvchi bolalarga turli o`simlik gullarini quritish qoidalari 
    to`g`risida gapirib beradi. Katta bo`lmagan gullarni, masalan 
    chinnigul, mingyaproq, geran, oddiy usulda botanika apapkasi orasiga 
    gazeta qog`ozi qavatlarini qo`yib quritiladi. Yirikroq gullarni, 
    masalan, moychechaklar, yarongullar va hokazo, quritish uchun 


    256 
    paxtadan ikkita yostiqcha tayyorlab, ular orasiga quritiluvchi 
    o`simliklar joylashtiriladi. Gulli yostiqchalar gazeta qog`ozi bilan 
    yopilib, botanika pressiga joylashtiriladi.
    Gullarni turli fonlarga joylashtirib, uchinchi sinf o`quvchilari eng 
    mos rang qo`shilishlarini topib, kontrast tuslarni aniqlaydilar. 
    O`quvchilar qizil chinnigul yashil fonda yaxshi ko`rinishi, oq 
    marvaridgul qorada; ko`k chuchmomalar to`q sariq fonda yaqqolroq 
    ko`rinishini aytadilar. 
    Tasviriy san`at darslaridan o`quvchilar ranglar sovuq va iliq 
    bo`lishni biladilar. Amaliy ishlar jarayonida bolalar mos ranglarni 
    tanlab gullardan applikatsiyalar va panno tayyorlaydilar (11-rasm). 
    11-rasm. Quritilgan o`simliklardan panno namunalari 

    Download 7,65 Mb.
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   114




    Download 7,65 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    IV sinfda xalq ustalari mahsulotlarini ko`rsatish

    Download 7,65 Mb.
    Pdf ko'rish