O`quvchilarni sopol bilan tanishtirishda kuzatishlar




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/114
Sana21.06.2024
Hajmi7,65 Mb.
#264904
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   114
Bog'liq
bosh

O`quvchilarni sopol bilan tanishtirishda kuzatishlar. 
IV sinf 
o`quvchilari texnologiya darslari da o`zlarining amaliy mashg`ulotlar 
va ishlab chiqarishga ekskursiyalar vaqtida olingan loy to`g`risidagi 
bilimlarini tizimga soladilar. Kuydirilgan loydan buyumlar keng 
tarqalgan. Sanoat sopol buyumlari, qizil qurimcha g`ishti, cherepitsa, 
chinni buyumlarni ko`rsatib, o`qituvchi ularning ishlab chiqarilishi 
to`g`risida hikoya qiladi (35-rasm). 
15-rasm. Xalq ustalarining sopol va chinnidan yasagan 
buyumlari: 
1 – skopin sopoli (Ryazan viloyati); 2 – dmitrov chinnisi (Moskva 
viloyati) 


260 
Loydan tayyorlangan, yuqori harorat ostida kuydirilgan buyumlar 
sopol deb ataladi. Sopol tayyorlash bir necha bosqichni o`z ichiga 
oladi. Avval loydan xamir tayyorlanadi, keyin undan buyum shakli 
yasalib, bir hafta atrofida quritiladi, shundan keyin u kuydiriladi. 
Kuydirishda loy pishadi, undan suv yo`qotiladi va ba‘zi aralashmalar 
kuydiriladi. Kuydirishdan keyin qizdirilgan loy asta-sekin soviydi. 
Quritish va kuydirishni tezlatish uchun loyga sopol uvoqlari, pemza, 
yog`och poxollari qo`shiladi. 
Sopolni ishlov berish, ayniqsa badiiy-dekorativ ahamiyatga ega 
buyumlarni ishlov berish muhim operatsiya hisoblanadi. Buyumning 
o`ng yuzasiga ko`pincha relef solinadi. Ba‘zan pardoz uchun maxsus 
bo`yoqlar qo`shilgan bo`yalgan loydan foydalaniladi. Rangli 
pardozlash kuydirishdan oldin bajariladi. Rasm solingan buyumlar 
yuqoriroq haroratda yana kuydiriladi. Bunda rangli pardoz yanada 
yaqqolroq tus olib, buyum yuzasi silliq, shishasimon bo`ladi. Qadimgi 
Samarqand sopollari juda mashhur.
Chinni buyumlar namunalarini ko`rsatib, o`qituvchi ularni 
sopolning boshqa turlaridan quyidagi belgilar bo`yicha farqlash 
mumkinligini aytib o`tadi: chinni yupqaroq va yaqqolroq bezakda 
bo`ladi, chinni idish devorlari yupqaroq bo`lib, yorug`likka tutilsa, sal 
ko`rinib turadi, yengil urishda chinni nozikroq, baland va uzoqroq 
jaranglaydi. 

Download 7,65 Mb.
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   114




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`quvchilarni sopol bilan tanishtirishda kuzatishlar

Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish