Tabiiy materiallar bilan ishlashga oid ish joyini tashkil etish




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/114
Sana21.06.2024
Hajmi7,65 Mb.
#264904
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   114
Bog'liq
bosh

Tabiiy materiallar bilan ishlashga oid ish joyini tashkil etish 
talablari. 
O’simliklarning gullari, barglari, poyasi va shu kabilarni 
to‘plash maqsadida ekskursiyaga chiqilganda bir juft gazeta, qaychi 
bo‘lishi shart, Gazeta daftarsimon taxlanib, orasiga materiallar tartib 
bilan joylanadi. Gullarni qo‘l bilan sindirib olib bo‘lmaydi, aks holda 
poyasi zararlanishi mumkin.Quritib olishga mo‘ljallangan o‘simliklar 
har qanday namlik (yomg‘ir yoki shudring)dan xoli bo‘lishi kerak, aks 
holda o‘simlik quritilganda unda dog‘larning izi qoladi. Quritilayotgan 
o‘simliklarda tabiiy rangni asrab qolishning eng muhim sharti ularni 
shamol o‘tib turadigan joyda, elvizakda, quyosh nurida tez kuritib 
olishdir. O’simliklarni quritish 3 sutkadan ortiq davom etmasligi 
kerak. Turli o‘simliklarni to‘plashni o‘z muddatlari bor.Gerbariy olib 
kiriladi. 
Murakkab gullilar quritilganda to‘pgullilar poyasidan ajratilib 
pastgacha joylashtiriladi, so‘ngra uning ustiga paxtani aylana qilib 
qo‘yiladi, bunda faqat barglar usti yopilib, gulning o‘rtasi ochiq 
qoldiriladi.Yirik to‘pgulli o‘simliklarning gulini quritish murakkab 
tayyorgarlikni talab qilganligi uchun ham kuyi sinflar o‘quvchilari 


266 
ularni quritish bilan shug‘ullanmaydilar. O’simliklarni gerbariylar va 
applikatsiya ishlari uchun quritishda ishlov berish hamda tayyorlash 
usullari M. P. Berimchgauzenning «O’simliklarni tabiiy rangini 
saqlagan holda quritish», 3. A. Mamatovaning «O’simliklarning tabiiy 
rangi va shaklini saqlagan holda gerbariy qilish» kitoblarida yaxshi 
bayon etilgan. Pressda kuritish. Orasiga o‘simlik solingan qog‘ozlar 
gerbariy papkasi o‘rniga ikkita faner listlari o‘rtasiga joylanib, og‘ir 
narsa 
bostirib 
qo‘yiladi. Og‘irlik pressga qancha o‘simlik 
joylashtirilganiga bog‘liq bo‘ladi. Mayda nozik o‘simliklar kam 
og‘irlikni va kuritish uchun kamroq vaqtni talab qiladi. 2—3 soatdan 
so‘ng qog‘oz prokladka almashtiriladi. Quritish shu usulda davom 
ettiriladi. Issiq dazmol bilan odatda barglar, poyalar, maysalar 
quritiladi. Qavat-qavat gazeta yoki yumshoq qog‘oz orasida o‘simlikni 
qo‘yib, ustidan dazmol yurgiziladi. So‘ngra ustki qavatdagi gazetani 
olib, quritilayotgan narsani shamollatiladi va quruq joyga suriladi, 
so‘ngra gazetani yopib yana dazmollanadi. O’simlik 2—3 minutda 
quriyda va u o‘zining tabiiy rangini yo‘qotmaydi. Agarda quritilgan 
narsa ko‘tarilganda o‘z tanasini ushlab tursa, u yaxigi quritilgan 
hisoblanadi, agarda u sinib, maydalanib ketsa, demak, u ortiqcha 
quritib yuborilgan hisoblanadi. Quritilgan o‘simliklar, ayniqsa gullar 
gigroskopik bo‘lib, nam tekkanda ular tezda ildiz otadi, shuning uchun 
foydalanishga qadar ularni quritilgan joylarida, varaqlar orasida, yopiq 
papka, quti, shkaflarda saqlagan ma’qul. Bunda ular pechka va shu 
kabi isitish asboblaridan uzoqroqda bo‘lishi kerak, aks holda ular 
ortiqcha qurib, sinuvchan bo‘lib qoladi. Zarang, jo‘ka, shumtolning 
urug‘larini kuzda urug‘lar pishib daraxtdan to‘kilganda teriladi. Biroq 
bu ishni kech kuzga qoldirib bo‘lmaydi, aks holda ular ortiqcha qurib 
sinuvchan bo‘lib qoladi. To‘plangan urug‘lar qutichalarda quruq, 
ammo issiqlik manbalaridan uzoqroq joyda saqlanadi. 

Download 7,65 Mb.
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   114




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tabiiy materiallar bilan ishlashga oid ish joyini tashkil etish

Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish