arqoq va tanda iplarning polotno (tasma)




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/114
Sana21.06.2024
Hajmi7,65 Mb.
#264904
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   114
Bog'liq
bosh

arqoq va tanda iplarning polotno (tasma)
 o`ralishi, 
gazlama namunalarini o`rganish hazarda tutiladi. 
Mazkur 
masalalar II sinf o’quvchilariga qanday usul va shakllarda o’rgatish 
mumkinligini bir qator misolidan bilish mumkin.
Ma’lumki, o`quvchilar arqoq va tanda iplarning polotno 
o`ralishiga oid matolar namunalari: doka, xaltalik, astarlik 


283 
gazlamalarni ko`rib chiqib, gazlamalar o`zaro o`ralgan iplardan iborat 
degan xulosaga keladilar. O`qituvchi iplarning bu usulda o`ralishi eng 
oddiy ekanligini aytadi. Bu o`ralish polotno o`ralish deb ataladi (1-
rasm). Bu o`ralishli turlidam: polotno, doka, astarlik, chit, bo`z va 
boshqa matolar chiqariladi.
1-rasm. Oddiy karton to`quv romchalaridan foydalanib tanda va 
arqoq iplari polotno o`ralishi xususiyatlarini o`rganish 
O`quvchilar oddiy karton to`quv romchalaridan foydalanib tanda 
va arqoq iplarining polotno o`ralishi xususiyatlarini o`rganishlari 
orqali matoda iplar ikki o`zaro perpendikulyar yo`nalishlarda, bir-
biriga to`g`ri burchak ostida joylashishini aniqlaydilar. O`qituvchi 
katta mato bo`lagini ko`rsatadi va ikkinchi sinf o`quvchilari bu 
bo`lakda iplarning biri bo`ylama (tanda iplari), boshqalari esa – 
ko`ndalang, bir chetdan ikkinchisigacha (arqon iplari) bo`lishini 
ko`radilar. Keyin esa o`quvchilar o`zlaridagi polotno o`ralishli mato 
namunalarini turish tomondan (o`ng va teskari) qarab chiqib, bu 
tomonlar bir xil ko`rinishga ega degan xulosa chiqaradilar. O`qituvchi 
gazlamalar maxsus to`quv dastgohlarida tayyorlanishini aytadi. 
Polotno o`ralishli gazlamada har bir arqoq ipi navbatma navbat har bir 
tanda ipi bilan o`raladi, deb tushuntiradi . 
Texnologiya darslari da o`quvchilarni to`qimachilik sanoati 
mahsulotlari bilan tanishuv ishlari ham amalga oshiriladi.
 
O`qituvchi 
III sinf o’quvchilarning politexnik tasavvurlarini kengaytirishga 
alohida e’tibor qaratishi lozim. To`qimachilik hamda tikuvchilik 
sanoatlarida chiqariladigan mahsulot, to`quvchilik va tikuvchilikn 
bilan shug’ullanidganlarning ish faoliyatlari, kasb-kori to`g`risida 
o’quvchilarda umumiy tasavvur hosil qilish uchun bu sanoat sohalari 
tipik mahsulotlarini ko`rsatib suhbat o`tkazish foydali. Bunday 
ko`rsatishlar uchun o`qituvchi mahsulot namunalari (masalan, 


284 
o`quvchilar kiyimi), rasmlar, suratlar, kitob va jurnal rasmlari, 
diafilmlar, slaydlardan foydalanishi mumkin. Shuningdek, gazlamalar, 
iplar, kiyim, uy-ro`zg`or buyumlari bilan bir qatorda o`quvchilarga 
lentalar, tasmalar, to`rlar, trikotaj mahsulotlari, kashta uchun kanvani 
ko`rsatish ham maqsadga muvofiq bo’ladi. 
O`quvchilarni 
to`qimachilik 
sanoati 
mahsulotlari 
bilan 
tanishtirishda ekskusiyaning ahamiyati katta. Bunday ekskusiyalarni 
korxonalar, tikuvchilik atel‘elari yoki gazlama va kiyimlar bilan savdo 
qiluvchi do`konlarga uyushtirish mumkin. Bolalarning to`qimachilik 
hamda tikuvchilik sanoatlari va ularning yetakchi kasblari 
to`g`risidagi umumiy tasavvurlari yanada yaqqolroq bo`ladi.
Gazlamani asosiy xususiyatlariga ko`ra qog`oz bilan taqqoslashni 
o’quvchilar 
bilishi 
kerak.
 
O’quvchilarning 
to`qimachilik 
materiallarining asosiy xususiyatlarini amaliy jihatdan o`rganish 
ishlari III sinfda ham davom ettirriladi. Texnologiya darslari da 
ishlatiluvchi materiallarning muhim xususiyatlarini o`rganish uchun 
kuzatishlar va oddiy tajribalar katta politexnik ahamiyatga ega bo`lib, 
ular 
jarayonida 
bolalar 
qog`oz 
va 
gazlamaning 
tuzilishi, 
mustahkamligi, egiluvchanligini taqqoslaydilar.
Dastlab 
o`quvchilarga 
qog`oz 
va 
gazlamada 
nimalar 
umumiyligini aniqlashni o’rgatish zarur. Jumladan, o’quvshilar:
1) qog`oz va gazlama yupqa materialligi, ularning uzunligi va 
enini taqqoslashdagi qalinligi ahamiyatsizligini; 
2) qog`oz va gazlama tolalardan iborat materiallar bo`lib, bu 
tolalar qog`ozda chirmashtirilib, yelimlangan, gazlamalarda esa tolalar 
dastlab ip hosil qilish uchun yigirilgan, keyin esa to`qilganligini; 
3) qog`oz va gazlama tuzilishiga ko`ra turli yo`nalishlarda – 
bo`ylama va ko`ndalang – turlicha bo’lishini (gazlamalarda bu 
yo`nalishlarni ko`pincha tanda va arqoq yo`nalishlari deb atashadi). 
Shuning uchun qog`oz va gazlama xususiyatlari turli yo`nalishlarda 
turlichaligini (masalan, bu materiallar mustahkamligi va cho`zilishini 
solishtirish kifoya); 
4) qo`lda ishlov berishda qog`oz va gazlama bir xil asbob - qaychi 
bilan kesilishni; 
5) qog`oz va gazlamadan mahsulot detallari yelimlash yoki tikish 
orqali birlashtirilishini; 


285 
6) qog`oz va gazlama, kerak bo`lsa, bo`yalishi, ularda rasmlar, 
bezaklar, naqshlar, yozuvlar bosmalanishini qayd etilishini o’rganib 
olishi kerak. 
O`qituvchi o`quvchilaga qog`oz va gazlamaning muhim 
xususiyatlardagi 
farqlarni 
o’rgatishi kerak. Buning uchun 
o’quvchilarga o`lchamlari bir xil bo`lgan qog`oz va gazlama berib 
ularni yo`llarni yirtishga harakat qildirish tajribasini o’tkazish 
mumkin. Bunda o’quvchilar gazlamalar qog`ozga qaraganda 
yirtilishga nisbatan ancha ko`proq mustahkamlikka ega ekanligini 
tushunib oladilar. O`quvchilar qog`oz va gazlamani bukish va egishga 
harakat qiladilar. Ular qog`oz oson bukilishi va tekislanishi, uni 
hamma taxlamalar yaxshi saqlanib qolishida ishonch hosil qiladilar. 
Gazlamada taxlamalar uzoq saqlanib qolishi uchun ularni issiq dazmol 
bilan bosishga to`g`ri keladi (masalan, shimlar, yubkalarda va hokazo 
taxlamalar). 
Qog`oz va gazlama namunalarini suv bilan ho`llab yoki oldin 
o`tkazgan 
tajribalarni 
eslab, 
o`quvchilar 
qog`oz 
namlanib 
mustahkamligi kamayishi, qog`oz buyumlar buzilishini qayd etadilar. 
Gazlamalar esa sifati buzilmay, ko`p martalab yuvilishni ko`taradi. 

Download 7,65 Mb.
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   114




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



arqoq va tanda iplarning polotno (tasma)

Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish