Turli vazifali iplar sifat xususiyatlarini taqqoslash malakalari




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/114
Sana21.06.2024
Hajmi7,65 Mb.
#264904
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   114
Bog'liq
bosh

Turli vazifali iplar sifat xususiyatlarini taqqoslash malakalari 
o’quvchilarda shakllantirilishi kerak. 
 
II sinf texnologiya darslarida 
o`quvchilar gazlama iplardan tashqari hayvondan olinuvchi tolalardan 
tayyorlangan iplarning, tabiiy ipak va junning sifat xususiyatlarini 
o’rganishlari lozim. Buning uchun oddiy ko’rinishga ega bo’lgan 
amaliy ishlardan foydalanish mumkin. O`quvchilarga bu iplar ip-
gazlama iplar bilan nimasi bilan o`xshash va nimasi bilan farqlanishini 
aniqlashga oid topshiriq beriladi. Bu topshiriq natijasida bolalar 
o`zlariga ma‘lum bo`lgan ip turlarini tola tuzilishi xususiyatlari, qatlar 
soni, 
mustahkamligi, 
yumshoqligi, 
qalinligini, 
etiketkalarini 
taqqoslaydilar, keyingilaridan iplarning aniq amaliy ishlarni bajarish 
uchun yaroqliligini aniqlashda foydalanishga o`rganadilar. 
Turli vazifali iplar sifat xususiyatlarini taqqoslash
 
malakalarining 
o’quvchilarda shakllanganlik darajasini bilish uchun tirish ularga 
quyidagi savollar bearish mumkin: Nima uchun paypoqlarni oddiy ip-
gazlama tikuvchilik iplari bilan yamash mumkin emas? (Ular ko`proq 
eshilib, yelimlangan, shuning uchun ko`proq qattiqroq. Ular bilan 
yamoqlangan paypoq joyi oyoqni qavartiradi. Yamoqlash ipi 


286 
yumshoq, g`ovak, elastik. Ularning mos rangini tanlash osonroq. Ular 
bilan yamoqlangan joy yaxshiroq ko`rinishga ega). Nima uchun 
tugmalarni yamoq qo`yish iplari yoki muline iplar bilan emas, 
tikuvchilik iplari bilan qadashadi? (Tikuvchilik iplari mustahkamroq). 
Nima uchun qo`lqoplar jun iplardan to`qiladi? (Ulardan to`qilgan 
qo`lqop va paypoqlar issiqroq). Qalinligi bir xil, lekin turli narsalardan 
olingan yoki turli vazifalardagi ikki ipning uzilishga mustahkamligini, 
masalan ip-gazlama va jun yoki kashtachilik va tikuvchilik iplarini, 
qanday oddiygina taqqoslash mumkin? (Bu ip bo`laklarini bog`lab, 
turli tomonga tortish mumkin. Mustahkamligi past ip uziladi). 

Download 7,65 Mb.
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   114




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Turli vazifali iplar sifat xususiyatlarini taqqoslash malakalari

Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish