Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/114
Sana21.06.2024
Hajmi7,65 Mb.
#264904
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   114
Bog'liq
bosh

Turli 
tolalardan 
tayyorlangan 
iplar 
mustahkamligini 
taqqoslashni 
bilish muhim hisoblanadi.
 
IV sinfga kelib o`quvchilarda 
iplar, ular tayyorlanuvchi tolali materiallar, ularning assortimenti va 
qo`llanish sohasi to`g`risida bilimlar to`planadi. Bolalar to`plagan 
bilimlarni umumlashtirishga texnologiya darslari da tolali materiallar, 


289 
iplar mustahkamligini o`rganish bo`yicha qator kuzatishlar va 
tajribalar yordam beradi. 
O’qituvchi tolali materiallar, ularning kelib chiqishi, muhim 
xususiyatlari, tasnifi, ulardan turmush va texnikada foydalanish 
to`g`risida qisqa suhbat qilishi o’quvchilar ushun foydali bo’ladi. 
Shundan keyin o`quvchilarga tarqatma material sifatida bir bo`lak 
paxta, yamash ipi va bir bo`lak ip-gazlama tikuv ipi №10 tarqatiladi. 
O`qituvchi taklifiga ko`ra o`quvchilar bu materiallarni diqqat bilan 
ko`rib chiqadilar va ularning hammasi tolalardan iboratligini qayd 
etadilar. Paxtada tolalar tartibsiz chirmashgani, yamash ipida bir-biri 
bilan eshilgani, tikuv ipida ham tolalar eshilgani, biroq eshilish 
yamash ipidan ko`ra zichroq ekanligini bolalar birgalikda aniqlaydilar. 
Bolalar tikuv iplari sirti sal yaltirashi va ularda alohida tolalarning 
uchlari ko`rinmasligi, bu tolalar yelimlangandek ekanligini qayd 
etadilar.
O`quvchilar paxta bo`lagi va ip uchlaridan bir necha tolalani 
tortib oladilar va diqqat bilan o`rganadilar, ko`rib chiqadilar, 
uzunligini aniqlaydilar, uzilishga chidamliligini sinaydilar, rangi, 
yaltirashi va boshqa xususiyatlarini taqqoslaydilar. O`quvchilar bir 
bo`lak paxtani olib, uning qarama-qarshi tomonlaridan turli tomonga 
tortib ko’radilar va tolalar osongina bir-biridan ajralishi, ularda 
bog`lanish ahamiyatsiz ekanligiga ishonch hosil qiladilar. O`quvchilar 
xuddi shunday paxta bo`lagidan uni turli tomonga cho`zib, kichik 
qo`lbola ip eshadilar va uni uzishga harakat qiladilar. Buni qilish 
qiyinroq ekanligi va bir-biriga eshilish bilan bosilgan tolalar 
sirpanmasligi 
hamda 
birgalikda 
uzilishga 
to`sqinlik 
qilshini 
anglaydilar. O`quvchilar yamash va tikish ipi bilan ham xuddi 
shunday uzilishga sinashni bajaradilar. Bu materiallarning uzilishga 
qarshiligi yana ham ko`proq ekanligiga ishonch hosil qiladilar.. 
Keyingi texnologiya darslarining birida ip-gazlama iplarning sifat 
xususiyatlarini o`rganishni davom ettirish va keyingi amaliy ishlarda 
ahamiyatga ega bo`lgan jiddiyroq umumlashtirishlar va xulosalar 
chiqarish foydali. O`qituvchi bolalarga bir xil qalinlikdagi fabrikada 
ishlab chiqarilgan tikuv ipi yamash ipidan mustahkamroqligi, 
keyingisi esa, o`z navbatida, paxtadan eshilgan qo`lbola ipdan 
mustahkamroq ekanligini tushuntirish maqsadida tajriba ko’rsatadi: 
Buning uchun kichik karton qutichani avval paxtadan qilingan 


290 
qo`lbola ipga osamiz. Qutichaga asta-sekin qum yoki kichik 
toshchalar solinsa, ip ko`tarolmay, uziladi. Yuk og`irligini 
o`zgartirmay, shu qutichaning o`zini boshqa ip – yamash ipi uchun 
ipga osamiz. Bu ip qo`lbola ipdan mustahkamroq bo`lib, yukni 
ko`taradi. Yamash ipi uzilmaguncha qutiga qum yoki toshchalar 
solaveramiz. Xuddi shu ishni tikish ipi bilan takrorlaymiz. U yana 
ham mustahkamroq ekanligi aniqlanadi.
Iplar «kuchi yetmagan» yuklar og`irligini solishtirib korish uchun 
tajriba o’tkaziladi: o`quvchilar qo`lbola ip, yamash uchun ip, tikish 
ipining teng uzunlik va bir xil qalinlikdagi bo`laklarini ketma-ket 
bog`laydilar. Keyin hosil bo`lgan ipning uchlaridan turli tomonga 
tortishadi. Uzilish qo`lbola ip joyida ro`y beradi: uning mustahkamligi 
eng kam. O`quvchilar qolgan ipni xuddi shu tarzda tortadilar. endi 
yamash ipi uziladi. Xulosa bitta: yamash ipining mustahkamligi tikish 
ipidan kamroq ekanligiga ishonch hosil boladi. (Bu tajribalar 4-
rasmda ko`rsatilgan.) 
4-rasm. Bir xil qalinlikdagi ip-gazlama iplarning uzilishga 
mustahkamligini taqqoslash uchun tajribalar 
Oxirgi 
tajriba 
xulosalarining 
o`quvchilar 
tomonidan 
o`zlashtirilishini tekshirish uchun o`qituvchi ularga shunday savol 
berishi mumkin: oxigi tajribadagidek uch-to`rt bo`lak turli 
qalinlikdagi iplarni (masalan, №10, 30 va 50) bog`lab, turli 
tomonlarga tortilsa, avval eng yupqa ip – elliginchi, keyin o`ttizinchi 
va hokazo uziladi. Bu ushbu iplar mustahkamligi turlicha ekanligini 

Download 7,65 Mb.
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   114




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o

Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish