iplarning vazifasi, qalinligi va




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/114
Sana21.06.2024
Hajmi7,65 Mb.
#264904
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   114
Bog'liq
bosh

iplarning vazifasi, qalinligi va 
rangiga ko`ra taqqoslashni bilishlari kerak. 
O`qituvchi o’quvchilar
 
bilan
 
«Qanday iplarni bilamiz» mavzusida suhbat o`tkazishi orqali 
o`quvchilarning iplar to`g`risida nimalarni bilishini, ularni vazifasiga 
ko`ra farqlay olishi, ulardan o`z amaliy zaruratlarida foydalana 
olishini aniqlaydi. 


282 
O’qituvchining iplarning vazifasi, qalinligi va rangiga ko`ra 
taqqoslash ishlariga oid suhbat va u bilan bog`liq ko`rsatishlari 
birinchi sinf o`quvchilarining ko`p qo`llanuvchi iplarning vazifasi, 
qalinligi, 
rangiga 
ko`ra 
havlari 
to`g`risidagi 
tasavvurlarini 
umumlashtiradi. O’qituvchining oddiy tikuvchilik iplari o`ramini 
o’quvchilarga ko`rsatib berishi va qator savollar beriv o`quvchilar 
bilmini oshirishi natijasida: tikuvchilik iplari, ulardan kiyimlar, bosh 
kiyimlari, yostiq anjomlari, pardalar, xaltalar va ko`pgina boshqa 
narsalarni tikish uchun foydalanilish mumkinligini o’quvchilar 
tushunib olishga da’vat etadi. Shuninglek, o`qituvchi oq va qora ip 
o`ramini ko`rsatib, ulardan qayerda foydalanilishini so`rashi ham 
ahamiyatlii. Oq ipdan oq matodan detallarni tikish, qora ipdan - qora 
matolardan detallarni tikishda foydalaniladi. Oq tugmalar oq ip bilan 
qadaladi. Rangli gazlamalardan narsa tikish kerak bo`lsa-chi? Ranggi 
gazlama rangiga mos tanlanuvchi rangli iplardan foydalaniladi va 
hokazo. 
O`qituvchi o’quvchilarga bir xil rangli, biroq tusi farqlanuvchi bir 
necha ip o`ramlarini, masalan, to`q qizil, och qizil, qip-qizil iplarni 
ko`rsatadi. Keyin esa nima uchun turli qalinlikdagi iplar ishlab 
chiqarilib, sotuvga chiqarilishini o`quvchilarga tushuntirib beradi va 
yupqa gazlamalar yupqa iplar bilan, qalinlarini qalin va mustahkam 
iplar bilan tikilishiga aniqliklar kiritadi. Shu o’rinda o`qituvchi tajriba 
o’tkazib, bir xil rangdagi, lekin turli qalinlikdagi ip-gazlama iplarning 
bir necha o`ramini ko`rsatib, bu iplar qalinligini birgalikda aniqlashni 
taklif qiladi (iplarni ko`rinishi bo`yicha va ushlab ko`rib taqqoslash 
mumkin). Ip qalinligini aniq bilish uchun har bir o`ramda bo`luvchi 
etiketkaga qarash kerak: masalan, 10, 40, 50 raqami iplar qalinligini 
ko`rsatadi. G`altakli tikuvchilik iplarining yog`och g`altagi turli 
o`lchamda ekanligi, iplar qanchalik qalin bo`lsa, g`altak shunchalik 
kattaligiga qaratish kerakligini o’rgatadi. 
Boshlang’ich sinf texnologiya fani dasturi talablariga muvofiq 
o`quvchilarga 

Download 7,65 Mb.
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   114




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish