Gazlamalarning turmush va texnikada qanday ahamiyat kasb




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/114
Sana21.06.2024
Hajmi7,65 Mb.
#264904
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   114
Bog'liq
bosh

Gazlamalarning turmush va texnikada qanday ahamiyat kasb 
etishini 
o’rganish ahamiyatlidir. 
IV 
sinfga 
kelib 
odatda 
o`quvchilarda gazlamalar, ularning turli turlari va navlari to`g`risida 
ko`pgina alohida tasavvurlar to`planadi. Dasturda ko`zda tutilgan 
«Turmush va texnikada gazlamalar» suhbatining o`tkazilishi bu 
alohida tasavvurlarni umumlashtirish, o`quvchilar bilimlarini tizimga 
solishga yordam beradi. 
Bu suhbatga tayyorlanish jarayonida o`quvchilar material 
to`plash, rasmlar tanlash, to`plamlar tuzish bo`yicha ta‘limiy jihatdan 
qiziqarli mustaqil ishni amalga oshirishlari mumkin. Suhbat 


296 
o`tkazilishidan bir hafta oldin o`quvchilarga uning mavzusini e‘lon 
qilish, 
uning 
maqsadlarini 
tushuntirib, 
o`quvchilarga 
unga 
tayyorlanishni topshirish foydalidir. 
O`qituvchi tomonidan suhbat jarayonida qo`yiluvchi asosiy 
masalalarni aytish va o`quvchilarga o`z savollarini tayyorlashni 
topshirish maqsadga muvofiq bo`ladi. Maktab yoki shahar bolalar 
kutubxonasidan gazlamalar, ularning ishlab chiqarilishi, turmush va 
texnikada foydalinishi to`g`risida hikoya qilinuvchi kitoblarni olishni 
maslahat berish mumkin. 
Masalan, uchinchi sinf o`quvchilariga suhbat uchun materiallarni 
to`plashning yana bir yo`lini tavsiya qilish mumkin – uyda kattalar 
bilan suhbatlashish, ular yordamida gazlamalardan foydalanishning 
qiziqarli hollarini yaqqol ko`rsatuvchi materiallar va gazlama 
namunalarini tayyorlash. O`quvchilardan birontasi sinfga fazogirlar 
suratini olib kelib, insonning fazoga uchishi uchun skafandrlar 
gazlamadan tayyorlanishini gapirib berishi mumkin. Boshqasi 
parashyutchi suratini ko`rsatib, parashyut ipak gazlamadan tikilishini 
aytadi. 
Uchinchi o`quvchi esa o`rtoqlariga bir parcha sun`iy charm yoki 
mo`ynani ko`rsatib, bu matolar asosini gazlama tashkil etishini 
isbotlab beradi. Ota-onasi bayroqlar suratini ko`rsatib, ular ham 
gazlamadan tayyorlanishini gapirib berishni maslahat bergan bola ham 
topiladi. 
Tekstolit (plastmassa) – asosi maxsus smola bilan shimdirilib
ko`p qatlamdan tuzilgan va yuqori haroratda presslangan gazlamadan 
iborat plastik massadan kichik detal – shesterenkaning ko`rsatilishi 
o`quvchilarda katta qiziqish uyg`otadi. 

Download 7,65 Mb.
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   114




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Gazlamalarning turmush va texnikada qanday ahamiyat kasb

Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish