• Gazlamalardan texnika va ishlab chiqarishda foydalanish
  • Gazlamadan detallarni yopishtirish.
  • Gazlamalardan turmushda foydalanish




    Download 7,65 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet109/114
    Sana21.06.2024
    Hajmi7,65 Mb.
    #264904
    1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   114
    Bog'liq
    bosh

     
    Gazlamalardan turmushda foydalanish: 
    1. Kiyim (uy, ish, chiqish, yozgi, qishki, mavsumaro, o`quvchilar 
    formasi va hokazo); 
    2. Ichki kiyim (ayollar, erkaklar, bolalar ichki kiyimi); 
    3. Yostiq anjomlari; 
    4. Sochiqlar; 
    5. Oshxona anjomlari (dasturxon, sochiqlar); 
    6. Bosh kiyimlar; 
    7. Poyabzal; 


    297 
    8. Yumshoq va yarimyumshoq mebellarni qoplash; 
    9. Uy anjomlari (pardalar); 
    10. O`yinchoqlar (yumshoq o`yinchoqlar, qo`g`irchoq kiyimlari); 
    11. Xo`jalik anjomlari (sumkalar, xaltalar, chang artish, pol 
    yuvish uchun lattalar va hokazo). 
    Gazlamalardan texnika va ishlab chiqarishda foydalanish: 
    1. Maxsus ishlab chiqarish kiyimi; 
    2. O`rash materiallari (doka, kolenkor, lederin); 
    3. Parashyutlar; 
    4. Fazogirlar skafandrlari; 
    5. Changyutgich filtrlari; 
    6. Metro, avtobus, samolyot o`tirg`ichlari qoplami (sun`iy charm 
    asosi – gazlama); 
    7. Kinoteatr ekranlari; 
    8. Sayyohlar palatkasi va yotoq xaltalar; 
    9. Plastmassa – tekstolit. 
    Gazlamadan detallarni yopishtirish. 
    Gazlamadan tayyorlangan 
    buyum detallari odatda ip bilan tikiladi. Keyingi yillarda tikuvchilik 
    ishlab chiqarishida detallarni yopishtirishdan ko`proq foydalanib
    buning uchun maxsus yelim va moslamalardan foydalaniladi. Karton 
    va muqovalar ishlab chiqarishida ham gazlamani qog`oz va karton 
    bilan yyelimlanishini kuzatish mumkin. Bunda maxsus muqovalash 
    gazlamalari – kolenkor, lederin, granitoldan keng foydalaniladi. Bu 
    matolar oddiy ip-gazlama matolardan, tanda va arqoq iplari orasidagi 
    hamma g`ovak va oraliqlarni to`ldiruvchi maxsus tarkiblar bilan 
    shimdirilgani bilan farq qiladi. Shuning uchun bu gazlamalarning 
    teskari tomoniga yelim tarkibi surtilganda, yelim o`ng yuzaga 
    o`tmaydi va uning ko`rinishini buzmaydi. Yelim tarkiblar bilan ishlov 
    berilgan gazlamalar deyarli cho`zilmaydi, namlanishda shakli 
    buzilmaydi. 
    Boshlang`ich sinf o`quvchilari texnologiya fani darslarida 
    gazlamalarni yelimlash hamda gazlamadan detallarni qog`oz va 
    kartonga 
    yopishtirish 
    xususiyatlari 
    to`g`risida 
    dastlabki 
    tushunchalarga ega bo`ladilar. Ba‘zi o`quv buyumlarni tayyorlashda 
    o`quvchilar gazlamadan detallarni qog`oz va kartonga yopishtiradilar, 
    masalan, gazlama to`plamlarini tuzish va joylashtirish, gazlamadan 


    298 
    applikatsiyalarni o`rnatish, kitob muqovalarini tayyorlash, qo`g`irchoq 
    teatri personajlarini tayyorlash va hokazolarda. 
    Bu amaliy masalalarni o`quvchilar ongli hal etishlari, ularga 
    kerakli ahamiyat berishlari uchun ular gazlamadan detallarni boshqa 
    materiallarga yelimlash jarayonida nima ro`y berishini aniq tasavvur 
    etishlari kerak. 

    Download 7,65 Mb.
    1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   114




    Download 7,65 Mb.
    Pdf ko'rish